Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


Sobirov Hikmat Raximovich



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə244/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Sobirov Hikmat Raximovich 
– O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan 
iqtisodchi, iqtisod fanlari doktori, professor. 1923-yil 29-aprelda 
Toshkent shahrida o‘qituvchilar 
oilasida tug‘ilgan. 1938-yilda Xikmat Sobirov 
Toshkent Moliya-iqtisod institutiga o‘qishga 
kiradi. 1942-yilda institutni tamomlab, dastlab 
Yuqori Chirchiq, keyinchalik Toshkent qishloq 
va Yangiyo‘l rayon moliya bo‘limlarida soliq 
xizmati 
inspektori 
va 
bosh 
inspektor 
vazifalarida ishlaydi. 
Hikmat Sobirovga 
1949-yilda 
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining iqtisod 
instituti ilmiy kengashida “Turkiston avtonom respublikasi davlat 
budjeti” mavzusidagi nomzodlik, 1968-yilda esa “O‘zbekiston 
Respublikasi umumdavlat moliyasi tarixi” mavzusidagi doktorlik 
dissertatsiyasini himoya qiladi. Keyingi yillarda X. Sobirov ilmiy 


485 
rahbarligida moliya va budjet tizimi yo‘nalishlarida o‘nga yaqin 
nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. 
1970-yilda Xikmat Sobirovga professor unvoni berilgan. U 2002-
yilda «O‘zbekiston davlati moliya tarixi» nomli o‘zbek tilida 
monografiya nashr qilgan. Yarim asrdan ko‘prok davr ichida Hikmat 
Sobirov O‘zbekistoning moliya tarixi, uning o‘tmishi va istiqbollariga 
doir 400 ga yaqin monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, maqolalar 
e’lon qilgan. 
Hikmat Sobirov O‘zbekistonda moliya fani asoschilaridan biri 
hamda moliya ta'limini yirik tashkilotchisi edi. Iqtisod ilmining 
bilimdoni, moliyachi olimning butun hayoti Toshkent Xalk xo‘jaligi 
(hozirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) va moliya instituti 
tarixi bilan chambarchas bog‘liq. 
Ilmiy-pedagogik va jamoatchilik yumushlarida 50 yildan ortiq faoliyat 
ko‘rsatib, darslik va qo‘llanmalar chop ettirib, shu bilan birga, buyuk 
mutafakkirlarni iqtisod va moliya bobidagi fikrlari bo‘yicha ilmiy 
izlanishlar olib borgan. «O‘rta Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy 
qarashlari» nomli bu yo‘nalishdagi ilk maqolalari 6 tomlik « Всемирная 
история экономической мўсли» kitobining birinchi tomida chop 
etilgan. Bundan tashkari, mazkur izlanishlari mahsuli Xalqaro 
YuNESKO tashkiloti tomonidan Fransiya va O‘zbekistonda 1996-yilda 
chop etilib «Amir-Temur jahon tarixida» kitobida o‘z aksini topdi. 
Shuning uchun ham davlatimiz tomonidan iqtisodchi kadrlar 
tayyorlashdagi xizmatlari uchun unga 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin