486
T.Shodiyev
Soatov No‘mon Muhammadjonovich
–
iqtisod fanlari doktori, professor. 1934-yilning 15-
yanvarida Toshkent
shahrida xizmatchi oilasida
tavallud topgan. 1955-yilda Toshkent moliya-
iqtisod institutini tugatgan, so‘ngra
u shu
institutning “Statistika” kafedrasida uzluksiz
ravishda ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ul-
langan. No‘mon Soatov 1963-yilda nomzodlik,
1977-yilda esa Moskva iqtisodiy statistika institu-
tining ilmiy kengashida
doktorlik disertatsiyasini
yoqlagan.
Soatov N.M. 50 yillik ilmiy faoliyati natijalari va tajribalariga
tayanib, 2 ta monografiya, statistika fani bo‘yicha darslik va o‘quv
qo‘llanmalar, respublika va xalqaro nashrlarda esа 100 ga yaqin ilmiy va
o‘quv uslubiy maqolalarni nashr etgan. Uning ilmiy rahbarligida 5 nafar
fan doktori va 30 nafar fan nomzodlari tayyorlangan. Olimning barcha
ilmiy ishlari, xususan, sug‘orma dehqonchilik statistikasini tashkil etish
uslubiga bag‘ishlangan monografiya va doktorlik dissertatsiya
ilmiy
jamoachilik tomonidan yuqori baholangan.
Olimning ilmiy izlanishlari doirasi juda keng va serqirradir. U kishi
statistika tarixi va nazariyasi, mikro va makroiqtisodiy statistika, milliy
hisoblar tizimi, ayrim tarmoqlar statistikasi yo‘nalishlarida samarali ilmiy
pedagogik faoliyat olib borgan. Soatov No‘mon o‘zining faoliyati
davomida institut qoshidagi ilmiy laboratoriyaga 23 yil mudrlik qilgan,
undan so‘ng 27 yil statistika kafedrasini boshqargan va 5
yil davomida
institutning ilmiy ishlari bo‘yicha prorektor vazifasini bajargan. Uning
mehnatlari yuksak qadrlangan: “O‘zbekiston Respublikasida xizmat
ko‘rsatgan fan arbobi”
unvoni bilan va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligining qator mukofotlari bilan taqdirlangan.
Dostları ilə paylaş: