Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Iskandarov Ibrohimjon
226
– 
iqtisod fanlari 
doktori, 
professor, 
O‘zFA akademiyasining 
akademigi. 
I.Ibraximov 
1932-yil 
8-mayda 
Qozog‘iston 
Respublikasi 
Sayram 
tumani, 
Qoramurut qishlog‘ida tavallud topdi. U 1953- 
yilda Toshkent moliya-iqtisod institutini tugatgan. 
1962–1963-yillarda O‘zbekiston FA ijtimoiy fanlar 
bo‘limi kotibi, 1963–1968-yillarda Iqtisodiyot 
institutida bo‘lim mudiri, 1968–1969-yillarda 
O‘zbekiston davlat reja qo‘mitasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar 
institutida ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida 
ishladi. 1969-yilda iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini oldi. 1969– 
1971-yillarda O‘zFA iqtisodiyot instituti direktori o‘rinbosari, 1971– 
1975-yillarda mazkur institut direktori lavozimida faoliyat yuritdi. 1973-
yilda unga professor ilmiy unvoni berildi. 1974 yilda Beruniy nomidagi 
O‘zbekiston davlat mukofoti laureati bo‘ldi. 1975–1976- yillarda 
Toshkent Xalq xo‘jaligi instituti rektori lavozimida ishlagach, yana 
O‘zbekiston FAda faoliyatini davom ettirdi. 1976–1979-yillarda O‘zFA 
Falsafa, iqtisodiyot va huquq bo‘limi akademik – kotibi lavozimida 
faoliyat yuritdi. 1979-yilda u O‘zFA akademikligiga saylandi. 1979–
1984-yillarda O‘zFA Prezidiumi bosh ilmiy kotibi, 1984–1987-yillarda 
FA Falsafa, iqtisod va huquq bo‘limi raisi bo‘lib ishladi. 1989–1990-
yillarda O‘zbekiston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari – Davlat 
Reja ko‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritdi. 1990–1996-yillarda 
O‘zbekiston FA vitse-prezidenti va 1997-yilda O‘zFA Iqtisodiyot 
institutida iqtisodiy integratsiya muammolari bo‘limi boshlig‘i 
lavozimida ishladi. Olim ko‘p yillar mobaynida Toshkent shahridagi 
oliygohlarda iqtisodiy fanlardan talabalarga dars bergan. 
226
Иқтисодчи олимлар. Тўпловчи ва тузувчилар: Х.П.Абулқосимов, Т.Т.Жўраев. –T.: “Fan va 
texnologiya” нашриёти, 2016. 20–21-бетлар. 
I.Iskandarov 


471 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi 
Iqtisodiy fanlar kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 
I.Iskandarovning katta ilm-fan dargohiga kirib kelishi, 1976-yildan 
uni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Prezidiumi 
a’zosi va 1979-yili akademigi etib saylanishidan boshlandi va unga 
qariyb 20 yil mobaynida a’zo bo‘lishi davridan qator rahbarlik: O‘zR FA 
falsafa, iqtisod va huquq fanlari bo‘limining Akademik-sekretari, O‘zR 
FA bosh ilmiy kotibi va O‘ZR FA Vitse-prezidenti lavozimlarida faoliyat 
yuritdi va Akademiya tizimida ilmiy-tashkiliy ishlarni muvofiqlashtirish 
darajasini ko‘tarish hamda ijtimoiy-gumanitar fanlarni talablari asosida 
rivojlantirishga o‘zining munosib xissasini qo‘shdi. 
Bu davrdagi I.Iskandarovning fundamental-iqtisodiy muammolarni 
qamrab olgan ishlaridan “Problemq ekonomicheskoy nauki v 
Sovetskom Uzbekistane” (1979) monografiyasi mazmun va mafkuraviy 
jihatidan alohida e’tiborga molik. Unda iqtisod fanining o‘tmish tarixi, 
iqtisodiy tafakkurning shakllanishi, uning yirik namoyandalarining 
jahon iqtisodiy taraqqiyotiga qo‘shgan hissalariga munosib baho 
berilganligi holda, respublikamizda iqtisodiy qoloqlik darajasi va o‘z 
yechimini kutayotgan bu sohadagi metodologik yondoshishlar va keng 
qamrovli, yirik ijtimoiy-iqtisodiy muammolar murakkabligicha 
qolayotganligiga baho berilib, bularning sababchisi “Markaz”ning 
mustamlakachilariga iqtisodiy siyosati tufayli respublikamizni Sobiq 
Sovet Ittifoqi “Yagona xalq xo‘jaligi kompleksi”ga qo‘shayotgan 
tafakkurini 
shakllantirish 
asosida 
unga 
tobeligini 
yanada 
mustahkamlashga qaratilgan faoliyatiga qarshi, uning kuchli iqtisodiy 
salohiyati hisob-kitoblarda yaqqol ko‘rsatib berilgan. 
I.Iskandarovning O‘zR FA Vitse-prezidenti bo‘lib ishlagan davri 
sobiq Ittifoqning parchalanishi tufayli mamlakatimizning mustaqillikka 
erishgan yillarining oson bo‘lmagan ilk davriga to‘g‘ri kelishi, ijtimoiy-
gumanitar fanlarining mazmunini yangi mafkuraviy andozalar 
manbayida, ilm ahli salohiyatini istiqlol tafakkuri manfaatlari sari 
uyg‘unlashtirishni taqozo etar edi. 
Bunday sharafli burchni real holatga keltirish O‘zR FA rahbariyati, 
birinchi navbatda shu sohaga mutasaddi Vitse-prezident I.Iskandarov 
zimmasiga yuklatilishi bejiz emas edi. Binobarin u davr uchun o‘ta 


472 
dolzarb bo‘lgan mustaqil mamlakatimizning istiqlol mafkurasi ilmiy 
asoslarini yaratishga katta xizmat qildi. 
Akademik I.Iskandarov rahbarligida tashkil qilingan bu turkumdagi 
muhim strategik va ilmiy-amaliy tadbirlardan biri– “O‘zbekiston 
Suvereniteti va mustaqilligi sharoitida ijtimoiy-gumanitar fanlarning 
vazifalari”ni 
belgilashga 
bag‘ishlab 
o‘tkazilgan 
O‘zbekiston 
Respublikasi Fanlar Akademiyasining maxsus sessiyasi alohida o‘rin 
egallaydi. Qolaversa, mazkur maqsadning tarkibiy qismi sifatida 
o‘tmishda o‘zbek xalqining boy moddiy-ma’naviy merosiga beqiyos 
hissa qo‘shgan ajdodlarimizning xotirasini abadiylashtirish va muborak 
tavalludlariga bag‘ishlangan boshqa qator yirik xalqaro ilmiy 
konferensiyalarni tashkil qilib, o‘tkazishda I.Iskandarovning ilmiy- 
tashkiliy salohiyati muhim rol o‘ynagan. Axmad Yassaviy, Bahovuddin 
Naqshbandiy, Najmiddin Kubro, Mahmud Zamaxshariy, Imom 
Buxoriy, Buyuk Sarkarda – Sohibqiron Amir Temur, Alisher Navoiy
Mashrab, Haziniy, Mirzo Ulug‘bek, Mirzo Zahiriddin Bobur va Fayzulla 
Xo‘jayev, Sharof Rashidov, Ibrohim Mo‘minov, Xadicha Sulaymanova, 
G‘o‘fur G‘ulom va boshqalar shular jumlasidandir. Bu buyuk 
siymolarning har birining merosini tahlil qilish fanning yangi qirralarini 
ochib berganligi e’tiborga sazovordir. Bu 
jihatdan, respublika 
rahbariyati e’tiborida bo‘lgan Sohibqiron Amir Temurning 660 yillik 
tavalludiga bag‘ishlangan “Amir Temur va uning jahon tarixida tutgan 
o‘rni” bobiga (1996) bag‘ishlanib o‘tkazilgan xalqaro ilmiy 
konfyerensiya o‘zbek xalqining umumjahon tarix sahnasida tutgan 
mavqeini yanada yuksaltiradi. 
I.Iskandarovning ilmiy ishlari sanoat iqtisodiyoti, yalpi milliy 
mahsulotni hisoblash uslubiyati, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida 
O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi muammo- 
lariga bag‘ishlangan. U O‘zbekistonda ijtimoiy fanlarni va ayniqsa, 
iqtisodiy fanlarni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan. U muhim 
iqtisodiy dasturlarning muallifi bo‘lib, besh yuzdan ortiq ilmiy ishlarini 
nashr etgan. Uning ilmiy asarlari O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy 
yuksalishining 
nazariy, 
strategik 
masalalariga 
va 
mamlakat 
iqtisodiyotining 
jahon 
xo‘jaligi 
tizimiga 
integratsiyalashuvi 
jarayonlarining dolzarb muammolarini tahlil etishga bag‘ishlangan. 
I.Iskandarovning muhim izlanishlaridan yana biri jahon e’tiborini 
o‘ziga qaratgan soha – Orol dengizi ekologik fojiasi dasturidir. Bu Orol 


473 
dengizini tiklash konsepsiyasi – qurib borayotgan Orol dengiziga toshib 
borayotgan Kaspiy dengizi havzasi atrofini salbiy ekologik holatga 
mahkum etayotgan ortiqcha kanal qurilishi orqali keltirilishi, bu 
konsepsiya ikkala qit’ani ekologik fojiasidan halos etishning eng arzon 
va samarali yo‘li sifatida betakrordir. Izlanishlar natijasi bo‘yicha 
I.Iskandarov rahbarligida 1995-yil sentabr oyida Nukus shahrida Jahon 
banki, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan birgalikda o‘tkazgan “Orol 
bo‘yining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari tadqiqotlari” Xalqaro ilmiy-
amaly konferensiyasida keng jamoatchilik bilan muhokama qilinib, 
tegishli tavsiyalar qabul qilingan. 
Akademik I.Iskandarov respublikada ilmiy texnikaviy, iqtisodiy 
bilimlarini targ‘ibot qilinishiga muhim hissa qo‘shgan. Bunday faoliyat 
uning O‘zbekiston Respublikasi “Bilim” jamiyati a’zosi va uning eng 
yuqori organi – Respublika “Bilim” jamiyati boshqaruvining Raisi va 
butunittifoq “Bilim” jamiyati Pruzidiumining a’zosi sifatida namoyon 
bo‘ldi. 
Akademik I.Iskandarovning serqirra ijtimoiy va ilmiy faoliyatining 
natijalari xalqaro jamoatchilik tomonidan yuqori baholangan. Unga 
insoniyat taraqqiyotiga va ijtimoiy rivojlanishga qo‘shgan muhim 
hissasi uchun Amerika Biografiya Institutining “1998-yil kishisi” faxriy 
unvoni berilgan hamda mazkur institut tomonidan 1999-yilda “XX 
asrning buyuk yutuqlari” uchun beriladigan mukofotning sovrindori 
bo‘lib, jahondagi “500 atoqli liderlar” ro‘yxatiga kiritilgan. 
Alqissa, taqdir akademik I.Iskandarovni fan sohasida – kichik bir 
ilmiy xodimdan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 
akademigi va uning vitse-prezidenti lavozimigacha, davlat qurilishi 
yo‘nalishida – oddiy moliya mulozimida, O‘zbekiston Ruspublikasi 
Ministrlar Soveti raisining o‘rinbosari, ijtimoiy jamoatchilik faoliyati 
bo‘yicha – respublika “Bilim” jamiyatining oddiy lektorligidan, uning 
oliy organi hisoblangan – respublika “Bilim” jamiyati boshqaruvining 
raisi darajasigacha bo‘lgan mashaqqatli, olis va keng masofani bosib 
o‘tishga, mamlakatimizning ma’naviy hayotini mustahkamlash, 
ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish ishtiyoqida qalam tebratib, 
ijod etgan ibratli shaxsdir. 


474 
M.Sharifxo’jayev 
Iqtisod 
fanlari 
doktori, 
professor, 
akademik 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin