Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


O‘ZBEKISTONDAGI IQTISODIY O‘ZGARISHLARNI



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

O‘ZBEKISTONDAGI IQTISODIY O‘ZGARISHLARNI 
AMALGA OSHIRISHDAGI XISSALARI 
 
Ilm-fan rivoji jamiyat ma’naviy-intellektual taraqqiyotining uzviy 
bir qismi, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlariga 
yangicha turtki beradigan asosiy omildir. Hozirgi davrning o‘zi jahon 
miqyosidagi universitetlar, yetakchi institutlar, fanlar akademiyalari 
hamda ilmiy markazlar bilan mustahkam ilmiy hamkorlikni talab 
etmoqda. Mamlakatimiz Prezidentining 2016-yil 30-dekabrda yurtimiz 
ilm-fanining yetakchi vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvida 
mamlakatimiz yuksak salohiyatli, dunyoda e‘tirof etilgan olimlar 
ko‘pligini, ular o‘zlarining ilmiy maktablarini yaratishlari kerakligini 
alohida ta’kidlandi. 
Mustaqillik yillarida Respublikamizda ilmiy-tadqiqot faoliyatini 
tashkil etish, uslubiy fanlar majmualarini shakllantirish, oliy o‘quv 
yurtlarida salohiyatli ilmiy maktablarni yaratishda TDIUning 
xizmatlarini yuqori baholashimiz zarurdir. Republikamizning bir qator 
iqtisodchi olimlarini aynan ana shu oliy dargoh talabalari bo‘lganliklari, 
kelgusida iqtisodiyot fanining turli yo‘nalishlarini rivojlantirishda o‘z 
hissalarini qo‘shganliklarini alohida ta’kidlashimiz joizdir. Ushbu bobda 
ana shunday olimlarimiz ya’ni fan olamining eng yuksak cho‘qqilariga 
erishgan zahmatkash insonlar bilan yaqindan tanishamiz. 


470 
Avvalo Toshkent xalq xo‘jaligi instituti 1930- yilda shakllanib 
iqtisodchi kadrlarni tayyorlovchi dastlabki oliy o‘quv yurti bo‘lganligini 
ta’kidlashimiz zarurdir. Ushbu oliy o‘quv yurti Sobiq Ittifoq davrida 
nafaqat iqtisodichi kadrlarga bo‘lgan talabni bajardi balki, shu sohadagi 
ilm-fan yangiliklarini yaratgan iqtisodiyotdagi turli tarmoqlar talablarini 
o‘rganib, yangiliklar kiritgan va ilmiy xulosalar bergan, milliy kadrlarni 
ham shakllanishiga hissa qo‘shdi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin