452
muassasalari, sug‘urta, auditorlik, yuridik va konsalting firmalari
hamda kompaniyalarini, birja tizimini yaratish taqozo qilinadi.
Respublikada bozor infratuzilmasini yaratish bir qator yo‘nalishlar
bo‘yicha bordi. Birinchi yo‘nalish bo‘yicha
tovar-xomashyo birjasi
tizimi rivojlandi. Bu, o‘z navbatida, brokerlik va dilerlik idoralari,
savdo uylari, vositachi firmalar paydo bo‘lishiga olib keldi. Ikkinchi
yo‘nalishda kapital bozorining ishini ta’minlaydigan tuzilmalar
vujudga keltirildi. Kredit resurslari bozori
va valuta bozori vujudga
keltirildi hamda davlatga qarashli bo‘lmagan sug‘urta kompaniyalari
tuzildi. Uchinchi yo‘nalish ishchi kuchi bozorini shakllantirishdan
iborat bo‘lib, bu sohada 240 dan ortiq mehnat birjasini o‘z ichiga
oluvchi katta tarmoq tuzildi.
Bozor islohotlari tashqi iqtisodiy aloqalarga ham tegishlidir. Bu
sohada islohotlarni amalga oshirish borasida respublikaning
zamonaviy
tashqi
iqtisodiy
kompleksi
mutlaqo
yangidan
shakllantirildi, tashqi iqtisodiy faoliyatni
boshqarishning mohiyat
e’tibori bilan yangi mexanizmi vujudga keltirildi. Tashqi iqtisodiy
faoliyat bilan shug‘ullanishi zarur bo‘lgan muassasalar (Tashqi
iqtisodiy faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmati) barpo etildi.
Respublikaning barcha vazirliklari va idoralari, korxonalarida tashqi
iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi maxsus bo‘limlar, tashkilotlar
va firmalar tuzildi.
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asl maqsadi
insonga munosib yashash va faoliyat ko‘rsatish sharoitlarini vujudga
keltirishdan iborat. Shu sababli iqtisodiy
islohotlarni amalga
oshirishning butun davri davomida aholini ijtimoiy himoyalash
bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish obyektiv zaruratdir.
Respublikada aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari
quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirildi:
Dostları ilə paylaş: