Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

18.2.
 
O‘ZBEKISTONDA BOZOR ISLOHOTLARINI AMALGA 
OSHIRISH VA UNING ASOSIY YO‘NALISHLARI 
 
Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining bir 
turidan butunlay boshqa yangi turiga o‘tish, iqtisodiy islohotlar 
strategiyasini ishlab chiqish va uning asosiy yo‘nalishlarini aniqlab 
olishni taqozo qiladi. Iqtisodiy islohotlar – iqtisodiyotda tub 
o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora-tadbirlar 
majmui. 
Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi 
uchun yashash va faoliyat ko‘rsatishning eng yaxshi sharoitlarini 
yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, 
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat. 
Islohotlarni amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning 
nazariy modeli yaratildi (bu boradagi ma’lumotlar mazkur bobning 2-
bandida bayon etildi). 
Bu modelda yangi iqtisodiyotga o‘tishning umumiy tomonlari va 
milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotlarning asosiy yo‘nalishlari 
belgilanadi. 
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning 
asosiy 
yo‘nalishlari 
quyidagilardan iborat bo‘ldi: 

mulkiy munosabatlarni isloh qilish;

agrar islohotlar;

moliya-kredit va narx-navo islohoti;

boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;

tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;

ijtimoiy islohotlar.


450 
Iqtisodiy islohotlarning bosh bo‘g‘ini mulkchilik munosabatlarini 
tubdan o‘zgartirishdir, chunki shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va 
raqobatlashish muhiti shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga 
o‘tishning shart-sharoitlari vujudga keltiriladi. Shu sababli respublikada 
mulkiy munosabatlarni isloh qilishdan ko‘zda tutilgan maqsad davlat 
mulki monopolizmini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga 
ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iborat. 
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki 
bosqichidayoq qishloq xo‘jaligini isloh qilishga ustunlik berildi. Bunga 
quyidagilar sabab bo‘ldi: 

Respublikamiz iqtisodiyotida agrar sohaning ustunlikka egaligi, 
aholining ko‘pchiligi qishloq xo‘jaligida bandligi, iqtisodiy o‘sishning 
ko‘p jihatdan shu tarmoq ahvoliga bog‘liqligi; 

Respublika butun sanoat potensialining yarmiga yaqinini tashkil 
qiladigan 
sanoatning 
ko‘pgina tarmoqlarini (paxta tozalash, 
to‘qimachilik, yengil, oziq-ovqat, kimyo sanoati, qishloq xo‘jalik 
mashinasozligi va boshqalar) rivojlantirish istiqbollari bevosita qishloq 
xo‘jaligiga bog‘liqligi; 

qishloq xo‘jalik mahsulotlari (asosan paxta) hozirgi vaqtda valuta 
resurslari, respublika uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-
darmonlar, texnika va texnologiya uskunalarini chetdan sotib olishni 
ta’minlayotgan asosiy manba ekanligi; 

mustaqillik 
sharoitida 
qishloq 
xo‘jaligining 
oziq-ovqat 
muammosini hal etishdagi rolining ortib borishi. 
Mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor munosabatlariga 
o‘sib o‘tishida moliya-kredit sohasini isloh qilish alohida o‘rin tutadi. 
Moliyaviy munosabatlarda davlat budjeti taqchilligini kamaytirib borish, 
budjetdan beriladigan dotatsiyalar va subsidiyalarni bosqichma- bosqich 
qisqartirish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari 
uchungina budjetdan mablag‘ ajratish, iqtisodiyotni rivojlantirishda 
investitsiya kreditlaridan keng foydalanish islohotlarning asosiy 
yo‘nalishlari hisoblanadi. 
Iqtisodiyotni isloh qilishning eng asosiy muammolaridan biri 
narxlarni erkinlashtirishdir. Narxlarning erkin shakllanishi uchun narxlar 
tizimini isloh qilish ham zarurdir. Dastlab davlat xarid narxlarining amal 
qilish doirasi qisqartiriladi va keyin ichki narxlar 


451 
jahon narxlariga muvofiqlashtirib boriladi. Shuningdek, narxlarni 
erkinlashtirishda ayrim turdagi xomashyo va mahsulot narxlari bilan 
aholi va korxonalar daromadlari o‘rtasidagi tenglikka erishishga harakat 
qilinadi. 
Narxlar islohoti boshlangandan 1994-yilgacha hamma turdagi 
xomashyo va mahsulotlar bo‘yicha erkin narxlarga o‘tildi, barcha 
iste’mol mollari narxi ustidan davlat nazorati bekor qilindi. 
Isloh qilishning 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin