437
3.
Bozor munosabatlari dastlab iste’mol
tovarlarini ishlab
chiqarish va sotish sohasini qamrab oladi va keyin investitsiya sohasiga
yo‘naltiriladi.
4.
Aholi turmush darajasining keskin pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik
uchun narxlarni liberallashtirish islohotning keyingi bosqichlarida,
ko‘pincha kuchli monopolistik tendensiyalarga ega bo‘lgan tarmoqlarda
davlat nazorati ostida amalga oshiriladi.
5.
Yuqori inflyatsiyani oldini olish uchun qattiq moliyaviy siyosat
olib boriladi. Misol uchun Vengriyada chakana savdo
narxlari maksimal
yillik o‘sish 35% (1991), Xitoyda esa 24,1% (1994) ni tashkil etdi.
6.
Bozor
infratuzilmasi
jadal
rivojlantiriladi,
xususiy
tadbirkorlikni, asosan, kichik ishlab chiqarish va xizmatlarda
rag‘batlantiriladi.
Birlamchi iste’mol tovarlarini ishlab
chiqarish uchun qishloq
xo‘jaligi va tegishli sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, keyin esa bozor
mexanizmlarini yanada kengaytirish va shu bilan birga iste’mol bozorini
to‘ldirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish o‘tish davri ucun qulay
asos bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: