Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


Shok terapiyasi tanqidchilari



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Shok terapiyasi tanqidchilari. 
Naomi Klein, “shok doktrinasi” 
kitobida “shok terapiyasi” ning salbiy ta’sirlarini, masalan, mehnatga 
layoqatli aholining 20 foizidan 40 foizigacha ishsizlikka uchrashi, 
jinoyatchilik va qashshoqlikning kuchayishi, turmush darajasini 
pasayshi va sinflar o‘rtasida tabaqalanish kuchayishi kabi salbiy 
ta’sirlarni ko‘rsatdi. Boshqa iqtisodchilar esa bu holatni shok terapiyasi 
nazariyasini noto‘g‘ri ishlatishning oqibati deb hisoblashdi. 
Hech shak-shubhasiz aytish lozimki, iqtisodning tuzilishi va 
insonlar tafakkuridagi keskin o‘zgarishlar, moliya oqimidagi o‘zgarish, 
iqtisodning shok zarbasi natijasidir. Albatta bu o‘rinda kompaniyalar 
shakllanishi va ularni korporativ tuzilishdagi o‘zgarishlarga vaqt kerak; 
inson resurslari esa mahoratga ega bo‘lishi va yangi kasblarga 
moslashishi lozim. Tanqidchilar, shuningdek, rivojlangan G‘arb 
makroiqtisodiyotidan tayyor huquqiy asos, huquqni qo‘llash amaliyoti 
(jumladan, milliy va xalqaro iqtisodiy munosabatlar nuqtayi nazaridan)ni 
ko‘chirib olish va uning amaliyotiga asoslanish avtoritar jamiyatda yani 
qat’iy markazlashgan va bitta mulkdor bo‘lgan davlatda qo‘llash qiyin 
deb hisoblaydilar. Bu o‘rinda hatto mulk bo‘yicha yangi qonunlarning 
ishlab chiqish vaqt talab etadi. 
Raul Kastro
196
ta’kidlaganidek, “shok terapiyasi” ko‘pincha 
kambag‘al odamlarning zarariga ishlaydi. 
Tanqidchilarning bu yerda asosiy dalili bo‘lib: 

yuqori inflyatsiya, giperinflyatsiya; 

ishlab chiqarishdagi pasayishi, asosan, bu yuqori texnologiyali 
sohalarda; 

yuqori ishsizlik; 

mulk tabaqalanishi va turmush darajasining keskin pasayishi; 

ijtimoiy keskinlikning o‘sishi; 

ijtimoiy soha inqirozi, tug‘ilishning pasayishi va o‘limning 
keskin o‘sishi; 

jinoyatning keskin o‘sishi va iqtisodiyotni jinoyat deb e’lon 
qilinishi; 
196
Рауль Кастро исключил применение метода шоковой терапии для оздоровления экономики 
Кубы - ИА "Финмаркет" 


434 

bunday miqyosdagi islohotlarni amalga oshirish uchun moliyaviy 
resurslar mavjud bo‘lmagan taqdirda davlat qarzining o‘sishi; 

siyosiy beqarorlikning ortishi; 

iqtisodiyotni xorijiy investitsiyalarga yuqori darajada bog‘liqligi 
yuzaga kelishi; 

tashqi savdo beqarorligi. 
O‘tmishdagi muvaffaqiyatli tajribasiga asoslanib, D.Saks o‘tish 
davri bosqichida (Sharqiy Yevropa, sobiq SSSR va Lotin Amerikasi 
mamlakatlari) yangi makroiqtisodiyotga barcha narxlar nazoratidan 
butunlay voz kechish, subsidiyalarni bekor qilish, davlat mulkini sotish 
va erkin, o‘zgaruvchan kursni joriy etishni tavsiya qildi. Shok terapiyasi 
bu mamlakatlarda makroiqtisodiyotning tuzilishi va rag‘batlantirilishida 
keskin o‘zgarishlar shaklini oldi. Natijada, Polsha va boshqa Sharqiy 
Yevropa mamlakatlari Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish talablariga javob 
beradigan darajada iqtisodiy rivojlanish darajasiga erishdilar. Sobiq 
Sovet Ittifoq va Lotin Amerikasi makroiqtisodiyoti bu o‘rinda salbiy 
ta’sirga ega bo‘ldi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin