Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

revolyutsion 
yo‘l 
bilan, ya’ni jadal usulda yoki 
evolyutsion yo‘l 
bilan, ya’ni 
bosqichma-bosqich o‘tish mumkin. Birinchi holda, tub islohotlarni 
o‘tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni 
birdaniga va batamom sindirish talab etilib, «karaxt qilib davolash» usuli 
(«shokovaya terapiya») deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni 


426 
bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, 
samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish mumkin. 
Islohotlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, evolyutsion yo‘l kamroq ijtimoiy 
larzalarga olib keladi, ancha izchil va muqarrardir. 
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llarigina emas, 
balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng avvalo, ular shunday bozor 
iqtisodiyoti 
vujudga 
keltirilayotgan 
va 
amal 
qilib 
turgan 
mamlakatlarning milliy xususiyatlari va an’analari bilan farq qiladi. Shu 
boisdan bozor iqtisodiyotining ma’lum andozalari ularni amalga 
oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubligiga qarab ajratiladi. 
Masalan, Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha 
andozalari va hokazo
193

Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor 
iqtisodiyotiga o‘tishning zarurligi iqtisodiy o‘sish ekstensiv omillaridan 
foydalanish 
imkoniyatlarining 
tugab 
borishi 
bilan 
notovar 
iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi. 
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kamchilikka ega: 
1)
uning moslashuvchan emasligi, ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga 
juda sekinlik bilan moslashib borishi; 
2)
xo‘jalik yuritish tashabbuskorligini «yo‘qotib yuborish» 
oqibatida samaradorlikning o‘ta darajada pasayib ketganligi. 
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish 
ko‘plab mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon 
iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institutsional (eng avvalo, 
mulkchilik munosabatlarida) o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi, biroq, bir 
vaqtning o‘zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga 
oshirilishini taqozo etadi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimini o‘zgartirish 
mazkur tizim asosining o‘zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq 
qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi 
o‘zgarishlarni tizimiy islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
O‘tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy 
yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
1.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish – bu xo‘jalik 
hayotining barcha sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlarni, shuningdek, 
davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga 
193 
Karimov I.А. O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o

tishning o‘ziga xos yo

li. –Т.: O

zbekiston, 
1993, 23-bet. 


427 
yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga 
tatbiq etilib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor 
qilish; 

resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish; 

narxlarning 
asosan, 
talab 
va 
taklif 
nisbati 
asosida 
shakllantirilishiga o‘tish; 

ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat 
nazoratini pasaytirish. 
2.
Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini 
yaratish. Bu yo‘nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini 
taqozo etadi: 

barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va 
sharoitlar yaratilishi; 

bozorga xorijiy raqobatchilarning ham kirishi uchun imkon 
berilishi; 

kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma’muriy 
to‘siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo‘llab- 
quvvatlash va tarmoqqa kirishidagi to‘siqlarni pasaytirish

tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyosatini 
tartibga solish va boshqalar. 
3.
Institutsional o‘zgarishlar. Mazkur o‘zgarishlar quyidagi 
sohalarni qamrab oladi: 

mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish, jumladan, xususiy 
sektorni yaratish; 

bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, 
investitsiya fondlari va h.k.) shakllantirish; 

iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini 
yaratish; 

bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo‘jalik qonunchiligini qabul 
qilish va boshqalar. 
4.
Tarkibiy o‘zgarishlar. Tarkibiy o‘zgarishlar birinchi navbatda 
iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan 
qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga 
yo‘naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy 


428 
maqsad – ichki va tashqi bozorlarda to‘lovga qodir talabga ega bo‘lgan 
mahsulotlar ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat. 
5.
Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini 
olganda bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor 
iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez 
o‘tkazilib turadi. Bu yo‘nalishning muhim ahamiyati shundan kelib 
chiqadiki, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi eng avvalo va 
kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori inflyatsiya shaklida 
namoyon bo‘ladi. Inflyatsiyaning uzoq vaqt mavjud bo‘lishi bozor 
munosabatlarining me’yorda qaror topishiga to‘sqinlik qiladi, shuning 
uchun uni bartaraf etish o‘tish davri iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim 
hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari tizimiga 
pul emissiyasini cheklash, davlat budjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy 
foiz stavkasini ta’minlash va boshqalar kiradi. 
6.
Aholini ijtimoiy himoyalashning bozor xo‘jaligiga mos bo‘lgan 
tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini 
aniq ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga o‘tishga yo‘naltirilgan. 
Bozor tizimining ko‘rsatib o‘tilgan asosiy unsurlari shakllanishining 
yakuniga yetishi o‘tish davri tugaganligidan darak beradi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin