Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Mingyillik rivojlanish deklaratsiyasi e’lon 
qilindi. 189 mamlakat 
tomonidan qabul qilingan ushbu Deklaratsiyada davlatlar o‘z zimmasiga 
qashshoqlikka barham berish uchun yangi global sheriklini yo‘lga 
qo‘yish majburiyatini oldilar. Shuningdek, 2015-yilga borib erishilishi 
kerak bo‘lgan boshqa maqsadlar ham belgilandi. Ular 
Mingyillik 
rivojlanish maqsadlari 
nomini oldi. 
Rivojlanish soxasidagi maqsadlar BMT tomonidan qator yillar 
davomida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalarning bitimlari va 
rezolyutsiyalari asosida ishlab chiqildi. Ushbu maqsadlar 1996-yilda 
“Rivojlanish sohasidagi xalqaro maqsadlar” 
sifatida shakllantirilgan 
edi. Shundan keyin bu maqsadlarni takomillashtirish davom ettirildi. 
Mingyillik rivojlanish deklaratsiyada insonni global rivojlantirish va 
inson xavfsizligini ta’minlashga erishish uchun umumiy harakat rejasi 
o‘z ifodasini topdi. Shu bilan bir qatorda mazkur maqsadlarda ko‘zda 
tutilgan hal qiluvchi yo‘nalishlar bo‘yicha jahonda erishilgan 
muvaffaqiyatlarni o‘lchash va ular monitoringini o‘tkazishning miqdor 
mezonlari taklif etildi. Mingyillik rivojlanish maqsadlari 8 maqsad, 18 
vazifa va 48 ko‘rsatkichdan iborat (9-jadval). Mazkur vazifalarining 
aksariyat ko‘pchiligi 1990-yillarda jahonda tarkib topgan ahvolni 
hisobga olgan holda 2015-yilga qadar hal qilinishi rejalandi. 


419 
 
Mingyillik rivojlanish global maqsadlari doirasida mamlakatlar o‘z 
milliy muammolarini hal etishga qaratilgan maqsadlarini belgilab 
olishlari mumkin edi. Ayni paytda Mingyillik rivojlanish maqsadlari 
faqat rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidangina emas, shuningdek 
rivojlangan davlatlar tomonidan ham aniq choralar ko‘rilishini talab 
etadi. Rivojlangan davlatlar belgilangan global maqsadlarda erishishga 
o‘z hissalarini qo‘shishlari ko‘zda tutilgan. 


420 
Mingyillik rivojlanish maqsadlarining monitoringi umuman BMT 
tizimi bo‘yicha ham, shuningdek, ayrim davlatlar darajasida ham amalga 
oshiriladi. Umumiy darajada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh 
kotibi BMTning Bosh Assambleyalarida Mingyillik rivojlanish 
maqsadlari ayrim vazifalarining bajaralishi to‘g‘risida har yili hisob 
berishi shart. Mingyillik rivojlanish maqsadlari to‘g‘risidagi hisobot 
mamlakatlar tomonidan har 5 yilda bir marta taqdim etiladi. 
Mingyillik rivojlanish maqsadlarining dastlabki yetti maqsadi bir- 
birini o‘zaro to‘ldiradi hamda kambag‘allikning barcha ko‘rinishlarini 
kamaytirishga qaratilgan. Mazkur muammolarga ochlik, tirikchilik 
uchun mablag‘ning yetishmasligi, ta’lim va sog‘liqni saqlash 
darajasining pastligi, erkak va ayollarning tengsizligi hamda atrof- muhit 
ahvolining yomonlashishi kiradi. Ushbu har bir maqsad o‘zicha muhim 
bo‘lishiga qaramasdan ular jamlanma holda kambag‘allik muammosini 
hal etishga kompleks yondashuvni nazarda tutadi. Masalan, sog‘liqni 
saqlash samaradorligini oshirish maktab o‘quvchilarining soni 
ko‘payishiga va kambag‘allik darajasi pasayishiga olib keladi. 
Aholining ta’lim darajasini oshirish odamlar sog‘lig‘ini yaxshilashga 
ham xizmat qiladi. 
Daromadlarning ortishi insonga o‘z ta’limi darajasini oshirish, 
sog‘lig‘ini mustahkamlash imkoniyatlarini kengaytiradi, shuningdek, 
atrof-muhitni sog‘lomlashtirishga yordam beradi. Mingyillik rivojlanish 
maqsadlarining sakkizinchi maqsadi rivojlanish maqsadlarida global 
sherikchilikni shakllantirishni nazarda tutadi. U mohiyat jihatidan 
yuqoridagi dastlabki yettita maqsadga erishish vositalarini belgilab 
beradi. Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish boy davlatlardan 
qo‘shimcha yordamni, shu jumladan, kambag‘al mamlakatlar qarzlarini 
kamaytirish va o‘zaro savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish orqali yordam 
ko‘rsatishni talab qilishi mumkin. 
1990-yilgi Insonni rivojlantirish to‘g‘risidagi birinchi ma’ruzada 
insonni rivojlantirish o‘z ko‘lami va yalpi qamrovi tufayli barcha 
mamlakatlar uchun xos ekanligi alohida ta’kidlanadi: “Insonni 
rivojlantirish ishlab chiqarish bilan tovarlarni taqsimlashni birlashtiradi, 
inson qobiliyatlarini kengaytiradi va undan foydalanishni yaxshilaydi. 
Bu, shuningdek, odamlar nimaga ega bo‘lishi kerak, 


421 
tirikchilik o‘tkazishga mablag‘ topish uchun nima qilish lozimligi 
muammosiga ham e’tiborni qaratadi. Bundan tashqari insonni 
rivojlantirish faqat uning asosiy ehtiyojlarini qondirishnigina emas, balki 
insonni umumiy va jo‘shqin jarayon sifatida rivojlantirishga ham 
taalluqlidir. Bu ham kamroq rivojlangan, ham yuqori darajada 
rivojlangan mamlakatlar uchun bir tarzda qo‘llanila oladi”. 
BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlari qabul qilingan davrdan 
o‘tgan yillar davomida ko‘p narsalarga erishildi. Jahon hamjamiyati 
2015-yilda 1990-yilga nisbatan kuniga 1 AQSH dollaridan kam 
daromadga ega aholi salmog‘ini ikki barobarga qisqartirish vazifasini 
bajarish yo‘lidadir. Xalqaro e‘tirof etilgan kambag‘allik darajasi – kuniga 
1,25 AQSH dollari miqdorida daromad hisobiga yashayotgan odamlar 
soni 1990 yildagi 1,8 milliard kishidan 2005-yilga kelib 1,4 milliard 
kishiga kamaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda nihoyatda qashshoq 
yashayotgan aholining ulushi 46,0 
% dan 27,0 % gacha kamaydi. Ya’ni jahonda bu vazifa muvaffaqiyatli 
hal etilishi kutilmoqda. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin