Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

16.8.
 
BMTNING INSON RIVOJLANISH KONSEPSIYASI 
VA MING YILLIK DEKLARATSIYASI 
 
Jahon amaliyotidan faqat YaIM ortishining o‘zi ta’lim darajasi 
yuksalishi, odamlar salomatligi mustahkamlanishi, inson huquq va 
erkinliklari ta’minlanishiga olib kelmasligiga doir ko‘plab misollar 
keltirish mumkin. Hatto daromadlarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari deyarli 
bir xil bo‘lgan mamlakatlarda turmush sifati ko‘rsatkichlari bir- biridan 
jiddiy ravishda farq qilishi mumkin. 
Insonni rivojlantirish konsepsiyasida an’anavaiy makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlar, shu jumladan YaIM hajmi va jon boshiga o‘rtacha 
daromad ijtimoiy resurslarni taqsimlashda yoki mamlakatlarni 
rivojlantirish darajasi bo‘yicha tasniflashda universal mezon vazifasini 
o‘ta olmaydi. Tobora ko‘proq miqdorda tovarlar ishlab chiqarish va 
xizmatlar ko‘rsatish turmush darajasini oshirish hamda boshqa 
umummilliy vazifalarni eng oqilona hal etish vositasi ekanligi 
to‘g‘risidagi tasavvurlar muayyan darajada bir yoqlama yondashuvdir. 
Bunday 
qarashlar 
noiqtisodiy 
hisoblangan 
ko‘pgina boshqa 
rivojlantirish mezonlariga yetarli darajada baho bermaslikka sabab 
bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari rasmiy jihatdan yuqori bo‘lganda ham 
odamlarning turmush darajasi nisbatan past bo‘lishi mumkin. Buning 
aksi – iqtisodiy o‘sishdagi natijalar salmoqli bo‘lmaganda ham turmush 
darjasining nisbatan yuqoriligi kuzatiladi. 
Ijtimoiy rivojlanishda insonga faqat ma’naviy sohadagina emas, 
balki takror hosil qilish aloqalarida ham markaziy o‘rin ajratila 
boshlandi. Zero, bevosita inson avloddan avlodga meros bo‘lib qoladigan 
bilimlarni egallash va ulardan samarali foydalanish qobiliyatiga egadir. 
“Inson kapitali” iqtisodiy kategoriyasida o‘z ifodasini topgan bu g‘oya 
jahon BMT ekspertlari tomonidan inson salohiyatining insonni 
rivojlantirish dinamikasiga ta’sirini aniqlaydigan modellar yordamida 
ishlab chiqilgan yangi “Insoniyatni barqaror rivojlantirish” nazariyalari, 
“Milliy boylik konsepsiyasi” kabi ijtimoiy tafakkur negizini tashkil 
etadi. 
Insonni rivojlantirish – odamlarning uzoq va sog‘lom, munosib 
turmush kechirishlari, ma’lumotli bo‘lishlari uchun zarur vositalardan 
foydalanishlari 
imkoniyatlarini 
kengaytirishdir. 
Ammo 
bu 
imkoniyatlarni odamlarning o‘zlari tanlaydilar. Rivojlantirish jarayoni 


417 
insonga uning ehtiyojlari va manfaatlariga muvofiq ravishda o‘zini 
rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratishga xizmat qilishi kerak. 
Insonni rivojlantirishning asosiy mezoni umr ko‘rish davomiyligi, 
savodxonlik darajasi va resurslardan foydalanish imkoniyatini ifoda 
etadigan Insonni rivojlantirish indeksidir. Davlatning farovonligi faqat 
daromad darajasiga emas, balki bu daromaddan qanday foydalanilishiga 
ham bog‘liqdir. Daromadlar mo‘may bo‘lishining o‘zi insonni 
rivojlantirishni kafolatlamaydi. Shunday ekan, insonni rivojlantirishning 
ikki xususiyati – imkoniyatlarni shakllantirish va ulardan foydalanishni 
farqlash kerak. Insonni barqaror rivojlantirish faqat iqtisodiy o‘sishni 
ta’minlabgina qolmasdan, uning natijalarini adolatli taqsimlashni ham 
nazarda tutadi. Bunday rivojlanish aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj 
toifalariga birinchi darajali ahamiyat berilishini, ular imkoniyatlarini 
kengaytirishni, ularning o‘z turmushlariga ta’sir ko‘rsatadigan qarorlarni 
qabul qilishda ishtirok etishlarini ta’minlashni nazarda tutadi. Bunday 
rivojlanish insonlar manfaatini ko‘zlaydi, ular uchun ish joylarni 
ko‘paytirishga, jamiyat farovonligini oshirishga xizmat qiladi. 
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab taraqqiy etgan davlatlarda 
insonga va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasiga xarajatlar moddiy 
jamg‘armalar miqdoriga qaraganda yuqoriroq bo‘lmoqda. Ishlab 
chiqarishga investitsiyalar kiritish qanchalik muhim bo‘lmasin, insonni 
rivojlantirishga sarmoyalarga tobora ko‘proq ustuvorlik berilmoqda. 
Ya’ni mazkur mamlakatlarda takror hosil qilish jarayonidagi eng jiddiy 
o‘zgarishlar moddiy ishlab chiqarish sohasidan tashqarida sodir 
bo‘lmoqda. 
Insonni rivojlantirish konsepsiyasi nihoyatda ko‘p qirrali, uning 
inson va jamiyat hayotining turli tomonlarida qo‘llanilishi imkoniyatlari 
keng. BMT Rivojlanish dasturining har yilgi insonni rivojlantirish 
to‘g‘risidagi ma’ruzalari va turli mamlakatlarning milliy ma’ruzalari 
xuddi shundan dalolat beradi. BMT Rivojlanish dasturining 1990-
yildagi bunday birinchi ma’ruzasida insonni rivojlantirish nazariyasi va 
uni o‘lchash indikatorlari chuqur ishlab chiqilishi bilan bir qatorda 
urbanizatsiya muammolariga bag‘ishlangan qism ham mavjud edi. Ana 
shundan keyingi ma’ruzalar boblari hayotiy ehtiyojlar, odamlar 
xavfsizligining turli mezonlari, harbiy xarajatlarni qisqartirish hisobiga 
ijtimoiy rivojlanish imkoniyatlari, hamkorlikning 


418 
yangi yo‘nalishlari, qashshoqlik bilan kurash, ish biland bandlikka 
globallashuvning ta’siri, iste’mol modellari, insonni rivojlantirish bilan 
barqaror ekologik rivojlanish mezonlari o‘rtasidagi bog‘liqlik kabi 
ko‘pgina masalalarni qamrab olgan. 
Shu tariqa ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bosqichi insonni fakat 
ijtimoiy hayotning an’anaviy ma’naviy sohasidagina emas, takror hosil 
qilish jarayonlarida ham insonga markaziy o‘rinni ajratadi. Bunda inson 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning birlamchi va pirovard maqsadi 
ekanligi e‘tirof etiladi. Ya’ni rivojlantirishning insoniy yoki ijtimoiy 
mezoni dominanta bo‘lib, moddiy-ashyoviy salohiyat esa bu 
rivojlanishning sharti deb belgilanmoqda. 
2000-yilning sentabrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin