Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

16.7.
 
VALUTA KURSI NAZARIYALARI 
 
Valuta kursini belgilashda har bir mamlakat o‘z iqtisodiy holatidan 
kelib chiqib hozirgi kunda tadqiq qilinayotgan valuta kursi nazariyasiga 
suyanadi. Valuta kursi nazariyasi turli valutalar orasidagi nisbat, uning 
omillar ta’sirida o‘zgarish darajasini o‘rganadi. 
Aniq va ishonchli xulosalar, tadqiqotlar natijasi mamlakatda qanday 
valuta kursi rejimini tanlash, ya’ni valuta kursini o‘rnatilish 


411 
usulini hamda uni tartibga solish yo‘llarini aniqlashga imkoniyat 
yaratadi. 
Valuta kursini o‘rnatilishi hozirgi amaliyotda valutaning to‘lov 
qobiliyati paritetiga asoslangandir. Valuta kursi ilgari oltin standart va 
qat’iy belgilangan kurslar pariteti orqali o‘rnatilan. 
To‘lovga qobiliyatlilik pariteti asosida o‘rnatilgan kurs valutaning 
real kursini ifoda etadi. Shuningdek, to‘lovga qobiliyatlilik pariteti 
ko‘rsatkichi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni (YaIM va boshqalar) bir 
valutada hajmini hisoblash orqali xalqaro taqqoslashda keng qo‘llaniladi. 
50-yillar o‘rtalaridan boshlab to‘lovga qobiliyatlilik pariteti asosida 
mamlakatlar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari yagona valutada hisoblanadi 
va taqqoslanadi. 
To‘lovga qobiliyatlilik pariteti – bu V mamlakatning bir birlik 
valutasida sotib olish mumkin bo‘lgan ma’lum bir mahsulotlar va 
xizmatlar majmuini A mamlakat valutasi sotib olish uchun yetarli 
bo‘lgan pul miqdori. 
Ammo biz bilamizki hozirgi kunda valutalar kursi to‘lovga 
qobiliyatlilik paritetiga nisbatan haqiqiy baho kasb etmaydi. 
90-yillarga kelib to‘lovga qobiliyatlilik pariteti va haqiqiy valuta 
kursi orasidagi nisbatni o‘rganish keng miqyosda amalga oshirila 
boshlandi. Sababi shu paytga kelib bu ko‘rsatkichlar orasidagi nisbat 
keskin o‘zgara boshladi. Natijada mamlakatalarning iqtisodiy holatini 
baholovchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni taqqoslash birmuncha 
noaniqliklarni keltirib chiqardi. Bu taqqoslashlarni amalga oshirish 
uchun nazariy valuta kursi funksiyasini bajaruvchi to‘lovga 
qobiliyatlilik pariteti foydalanila boshlandi. Shuningdek, bu paritetning 
o‘zgarishi orqali valuta kursini o‘zgarishi darajasi ham aniqlana 
boshlandi. Erkin suzib yuruvchi valuta kursi rejimida valuta kursi 
muvozanatini ta’minlash shu paritet orqali amalga oshirilishi mumkin. 
Hozirgi xalqaro iqtisodiyotda valuta kursi va to‘lovga qobiliyatlilik 
pariteti orasidagi nisbat rivojlangan mamlakatlar uchun saqlanib 
qolmoqda. Boshqa mamlakatlarda bu nisbat birmuncha farq qiladi. 
To‘lovga qobiliyatlilik pariteti AQSH dollariga nisbatan belgilanadi. 
Uzoq muddatli rejada tashqi iqtisodiy aloqalar yordamida 
aniqlangan davlatlararo to‘lovga qobiliyatlilik pariteti valuta kurslarida 
akslanadi va ularning o‘zgarishiga olib keladi. Shu munosabat bilan 


412 
to‘lovga qobiliyatlilik pariteti valuta kursining muvozanat nuqtasi bo‘lib 
xizmat qiladi. Erkin suzib yuruvchi valuta kursi rejimiga o‘tish 
davlatning to‘lovga qobiliyatlilik pariteti orqali ifodalangan iqtisodiy 
potentsiallarini muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi. Ammo bugungi 
dune bozori sharoitida valuta kursining muvozanat nuqtasi paritet bilan 
muvofiqlashuvi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad yuqori bo‘lgan 
davlatlarda saqlanmoqda. Jon boshiga daromad o‘rta va past bo‘lgan 
davlatlarda mazkur muvozanat nuqta surilgan. Ya’ni o‘rtacha 
rivojlangan davlatlarda valuta kursi undagi paritetning ikki baravari yoki 
undan ortiq darajada belgilanmoqda. Boshqacha qilib aytganda, milliy 
valutaning mos ravishda 50% va 25% darajasida belgilanmoqda. Unda 
valuta kursi undagi paritetning ikki, to‘rt baravari darajasida belgilanadi. 
Ana shu yangi nuqtalar atrofida valuta kurslari o‘zgarmoqda. Tashqi 
iqtisodiy faoliyatning milliy iqtisodiyotga bo‘lgan ta’sirining o‘sib 
borishi har bir davlat tomonidan valuta kursi va to‘lovga qobiliyatlilik 
pariteti o‘rtasidagi munosabatni, uning boshqa davlatlar bilan farqini 
o‘rganishni taqozo etadi. 
To‘lovga qobiliyatlilik pariteti va valuta kursi orasidagi tafovut 
asosida guruhlangan mamlakatlar o‘rni iqtisodiy rivojlangan va 
rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rniga, yoki jon boshiga to‘g‘ri keladigan 
daromadiga ko‘ra o‘rniga nisbatan mos tushadi. 
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi daromad yuqori bo‘lgan davlatlar 
uchun valuta kursini to‘lovga qobiliyatlilik paritetiga nisbatining 
qiymati 1 dan kichik yoki teng. Bu davlatlar valutalarining xarid 
qobiliyati ichki bozorga nisbatan tashqi bozorda yuqoridir. Bu holat 
kuchli valutaga ega davlatlarning tashqi bozordagi xaridorlik o‘rnini 
ta’minlaydi. 
Shunday qilib, iqtisodiy rivojlanish darajasining valuta kursi 
darajasiga bo‘lgan ta’ siri kuzatilmoqda: paritetining asosi bo‘lgan 
iqtisodiy rivojlanish darajasi valuta kursining paritetdan farqini 
ifodalaydi. 
Milliy valuta kursini to‘lovga qobiliyatlilik paritetiga nisbatan past 
darajadaligiga ega davlatlar quyidagi xususiyatlarga ega. Birinchidan, 
aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM hajmi rivojlangan 
mamlakatlarda rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan yuqori, AQSH 
darajasiga nisbatan 80-85 % ni tashkil qiladi. O‘tish iqtisodiyotidagi 
davlatlarda bu ko‘rsatkich past bo‘lib, AQSH darajasining 20-25%ini 


413 
tashkil qiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar guruhida bu ko‘rsatkich 
juda ham past bo‘lib 10-15% ni tashkil qiladi. 
Tabiiyki, milliy valutani dollar ekvivalenti darajasida belgilasak, 
yuqoridagi ko‘rsatkichlarda o‘zgarish yuz beradi. 
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki valutani tartibga solishning turli 
usullarini qo‘llash orqali ba’zi rivojlanayotgan mamlakatlar (Xitoy, 
Malayziya va boshqalar) milliy valutani barqarorligini oshirishga 
erishmoqdalar. 
Rivojlanish orqasidan borayotgan O‘zbekiston va boshqa 
davlatlarda valuta kursiga bo‘lgan ta’sir ikki yo‘nalishda bo‘lmoqda. 
Devalvatsiyaga undovchi faktorlar ikki tomonlama, ya’ni ijobiy va 
salbiy jihatdan ta’sir etadi. Bunda salbiy ta’sir qarzning oshishini 
hisoblashsa, ijobiy faktor bo‘lib kelajakda raqobatning va eksportning 
milliy valutaning arzonlashuvi asosida amalga oshirilishi hisoblanadi. 
Eksportni oshirish ijobiy savdo balansini ta’minlash, ichki 
jamg‘armani to‘ldirishga, oltin valuta rezervlarini ko‘paytirishga 
yordam beradi. O‘zbekistonda eksport hajmi YaIMga nisbatan 23% 
(2008-yilda). Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda savdo balansini 
ijobiy saldosiga erishish uchun xomashyo resurslari eksport qilinmoqda. 
Ammo xomashyoning eksportiga asoslangan iqtisodiy siyosat natijasida 
davlat tashqi bozordagi o‘zgarishlarga va narx-navo dinamikasiga 
bog‘liq bo‘ladi. 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida xomashyo narxlari 
haddan ziyod pasaydi va bu holat arzon xomashyo eksportini vujudga 
keltirdi. 
Valuta kursini o‘rnatishda to‘lovga qobiliyatlilik bilan birga 
quyidagi nazariyalar ham qo‘llaniladi. 
1.
Boshqariladigan valuta nazariyasi. 
Bu nazariya 1929–1933-yillardagi xalqaro iqtisodiy krizis davrida, 
davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi tarafdorlarining nazariyalariga 
qarshi holatda vujudga keldi. Bunda valuta davlat tomonidan tartibga 
solinish nazariyasi ilgari surilgan. Bu ikki yo‘nalishda mavjud bo‘lgan. 
Birinchi yo‘nalish – suriladigan paritet yoki boshqariladigan 
standart nazariyasi. Bu nazariya I.Fisher va J.M. Keyns tomonidan 
yaratilgan. I.Fisherning fikricha, pul birligini oltin pariteti asosida 
boshqarish pulning to‘lovga qobiliyatini barqarorlashtiradi. Keyns esa 
egiluvchan paritetni tarafdori bo‘lgan. U milliy valuta kursini tushirib 


414 
bahoga ta’sir o‘tkazish va shu orqali eksportni, mamlakatdagi ishlab 
chiqarish va bandlikni yaxshilash, shuningdek, tashqi bozor uchun 
kurashni taklif qilgan. 
Ikkinchi yo‘nalish – muvozanat yoki neytral valuta kursi nazariyasi, 
bunda to‘lovga qobiliyatlilik pariteti o‘rniga milliy iqtisodiyot uchun 
mos neytral valuta kursini o‘rnatish ilgari surilgan. 
2.
Yetakchi valutalar nazariyasi. 
Bu nazariyaning asoschilari amerikalik iqtisodchilari J.Vilyams, A 
Xansen, ingliz iqtisodchilari R.Xoutri, F.Grexem va boshqalardir. Bu 
nazariyaning mohiyati quyidagilarni e’tirof etadi: 
1)
valutalarni yetakchi (dollar va funt sterling), qattiq (boshqa 
rivojlangan mamlakatlar valutalari: Yaponiya eni, Shveysariya franki 
va boshqalar) va yumshoq, ya’ni xalqaro iqtisodiy munosabatlarda aktiv 
bo‘lmagan valutalarga bo‘linishi lozimligi; 
2)
dollarning oltinga qaraganda yetakchi roldaligi; 
3)
barcha mamlakatlarning valuta siyosatida dollarga tayanishi va 
uni rezerv valutaligini mamlakatning milliy manfaatiga teskari bo‘lgan 
taqdirda ham qo‘llab-quvvatlashi zarurligi. 
Bretton-Vuds tizimi inqirozi dollarning yetakchiligiga bir oz bo‘lsa 
ham putur yetkazdi. Shuningdek, AQSH valutasi ham boshqa valutalar 
singari barqaror emasligi o‘z tasdig‘ini to‘di. 
3.
Qat’iy belgilangan paritet va kurslar nazariyasi. 
Bu nazariya tarafdorlari (J.Robinson, J. Bikerdayk, A.Braun, 
F.Grexem) qat’iy belgilangan paritet rejimini qo‘llashni taklif qilishgan. 
Bunda to‘lov balansi muovazanatini saqlash uchungina kursning 
o‘zgarishiga yo‘l qo‘yilgan. Ularning fikricha, valuta kursining 
o‘zgarishi – to‘lov balansini tartibga soluvchi samarali vosita emas
chunki tashqi bozordagi narxlarning o‘zgarishiga valuta kursining 
o‘zgarishi yetarlicha ta’sir qilmaydi. Bu nazariya Bretton-Vuds tizimi 
prinsiplarida o‘z ifodasini topgan. 
4.
Suzib yuruvchi valuta kurslari nazariyasi. 
Bu nazariyaning mohiyati qat’iy belgilangan valuta kursiga nisbatan 
suzib yuruvchi valuta kursi rejimining quyidagi ustunliklarini 
asoslashdan iboratdir: 

to‘lov balansining avtomatik tekislanishi; 

tashqi muhitga bog‘liq bo‘lmagan holda milliy iqtisodiy siyosat 
usullarini erkin tanlanishi; 


415 

valuta spekulyatsisi oldini olish, chunki suzib yuruvchi valuta 
kursida valuta operatsiyasida qatnashuvchi tomonlar foydasi nolga teng 
bo‘ladi, ya’ni biri foyda qilsa, ikkinchisi shu miqdorda zarar ko‘radi; 

xalqaro savdoni rag‘batlantirishi; 

davlatning valuta kursini o‘rnatishiga ko‘ra valuta bozorining 
o‘rnatgan valuta kursi yaxshiligi. 
Monetar iqtisodchilar fikriga ko‘ra, valuta kursi bozordagi talab va 
taklifga asosan erkin tebranib turishi lozim, davlat esa kursni tartibga 
solishi lozim emas. 
5.
Valuta kursi normativligi nazariyasi. 
Bu nazariyaga ko‘ra valuta kursi iqtisodiyotni tartibga soluvchi 
qo‘shimcha vositadir. Bunda egiluvchan kurs rejimi taklif qilingan 
bo‘lib, bu kursni davlat nazorat qilishi lozim. Bu nazariyaning normativ 
nazariya deb atalishiga sabab, bunda valuta kursi paritetga va xalqaro 
tashkilotlar tomonidan belgilangan kelishuvlarga asoslanadi. 
Barcha valuta kursi nazariyalari tarafdorlarini ikki guruhga 
ajratishimiz mumkin. Birinchi guruhdagilar eksportyorlar manfaatini 
himoyalash maqsadida valuta kursini pasaytirishga qaratilgan davlat 
valuta siyosatini yuritishni xohlasalar, ikkinchi guruhdagilar iqtisodiy 
qonun-qoidalar asosida valuta kursini erkin tebranishini tarafdorlaridir. 
Ikkinchi 
guruhdagilar 
iqtisodiy 
muvozanatga 
davlatning 
aralashuvisiz erishishni ko‘zda tutadilar. Bunda valuta kursi nazariyalari 
valuta kursini oshishiga hamda iqtisodiy rivojlanishga yordam beradi 
degan fikrni ma‘qullaydilar. Shuningdek, bu valuta kursi nazariyalari 
asosida mamlakat iqtisodiyoti uchun to‘lovga qobiliyatlilik paritetiga 
nisbatan valuta kursini tushirish davlat uchun foydali emasligini 
isbotlashgan. 
Eksporterlar tarafdorlari fikrlarini davlatning valuta kursini 
pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarini (devolvatsiya) ma’qul- 
laydilar. Buning asosiy maqsadi eksportni rivojlantrish va to‘lov 
balansining ijobiy saldosini ta’minlashdir. Lekin valuta kursini 
o‘rnatishda barcha makroiqtisodiy parametrlarni (YaIM o‘sish darajasi, 
inflyatsiya va boshqalar) hisobga olish lozim. 


416 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin