17.2.
O‘TISH DAVRI IQTISODIYOTI: XUSUSIYATLARI,
KO‘RINISHLARI VA FUNKSIYASI
Iqtisodiyotda o‘tish davri iqtisodiyoti degan atama mavjud. O‘tish
davri iqtisodiyoti bu biror bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi iqtisodiy
tizimga o‘tish holatidir. Ushbu o‘tish jarayoni natijasida o‘tish
tizimining yangi xususiyatlari shakllanishi, rivojlanishi va ushbu
tizimning tarkibiy asoslarini tubdan o‘zgarishi amalga oshadi.
O‘tish iqtisodiyotining quyidagi asosiy xususiyatlari mavjud:
1.
O‘tish davri iqtisodiyotida yangi iqtisodiy tizim uchun asos
yaratishi kerak, bunda uning turli iqtisodiy tarmoqlari ham o‘z navbatida
qayta tiklanadi. O‘tish davri iqtisodiyotida "bazaviy" atama muhim
hisoblanadi va u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
▪
ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga egalik shaklini;
•
iqtisodiy munosabatlarning shakllari;
429
▪
iqtisodiy ishtirokchilar o‘rtasidagi faoliyatlarni muvofiq-
lashtirish shakli.
Yangi iqtisodiyotning bazasi yaratilgach, iqtisodiy tizimning o‘tish
davri tugallanib, yangi sifat bosqichga o‘tadi.
2.
O‘tish iqtisodiyotining muhim xususiyati bu uning murakkab
tuzilishidir. Bunda iqtisodiy tuzilishi o‘zgarishga uchrab, nafaqat
iqtisodiy aloqalar turini o‘zgarishi balki bu mamlakatda bir vaqtning
o‘zida turli xil mulkchilik shakllari ham o‘zgarishga uchraydi. Shunday
qilib, o‘tish davri iqtisodiyoti eski va yangi asoslarning mavjudligi bilan
bir qatorda, iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning turli
xil shakllari mavjudligi bilan tavsiflanadi.
3.
O‘tish davri iqtisodiyoti nobarqaror rivojlanish holati bilan
ajralib turadi, chunki eski munosabatlarning o‘zgarishi yangi institutlar
va qoidalar yo‘q bo‘lgan sharoitda amalga oshadi, buning oqibatida esa
eski va yangi iqtisodiy manfaatlar to‘qnashishuvi sodir bo‘ladi.
4.
O‘tish davri ancha vaqtni talab qiladi, bu esa bir necha omillar
bilan izohlanadi:
•
o‘zgarishlarning murakkabligi va mos kelmasligi;
•
tabiiy omillar;
•
bir vaqtning o‘zida texnologik bazani qayta tiklash, iqtisodiyotni
o‘zgartirish, yangi iqtisodiy institutlarni shakllantirish imkoniyati.
Bu o‘rinda aytish lozimki, o‘tish va aralash iqtisodiyotlar umumiy
xususiyatga ega:
♦
bozorni o‘zini o‘zi tartibga solish va davlat orqali tartibga solish
usullarining mavjudligi;
♦
kapitalistik shakl va iqtisodiy rivojlanishning ijtimoiy
yo‘naltirilganligi birga kelishi va boshqalar.
Biroq, bu turdagi iqtisodlar ham sifat jihatidan farq qiladi. Ulardan
ba’zilariga e’tibor beramiz.
Birinchidan, aralash iqtisodiyot – bu bozorni va hukumatni
birgalikda tartibga solishni amalga oshishi, iqtisodiyotni bir butun
sifatida rivojlantirishni birlashtirgan zamonaviy iqtisodiy tizimdir.
Ikkinchidan, aralash iqtisodiyot dunyodagi eng rivojlangan
mamlakatlarda zamonaviy tizim sifatida mavjuddir.
O‘tish iqtisodiyotiga kelsak, u:
♦
o‘z iqtisodiy asoslarini qayta takomillashtirilmaydi, biroq u bir
iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga o‘tish uchun asos rolini o‘taydi;
430
♦
aralashgan iqtisodiyotdan farqli o‘laroq, u beqarorlik bilan
tavsiflanadi;
♦
o‘tish iqtisodiyoti nisbatan kichik vaqtni qamrab oladi, aralash
iqtisodiyot esa iqtisodiy tizimning doimiy holati bilan tavsiflanadi.
O‘tish iqtisodiyotining bir necha turi mavjud, ular:
1.
Kapitalizmdan sotsializmga o‘tish davridagi iqtisod (Sovet
ittifoqida u 1917-yil 1930-yillarning Buyuk oktabr sotsialistik
inqilobidan tortib 1930-yillarga qadar).
2.
Bir xil iqtisodiy tizimga ega davlatlarda muvofiqlashtirish
usullari turlicha, har biri o‘z asoslari va iqtisodiy siyosatiga qarab
amalga oshadi. O‘tish davrida iqtisodiyotining bunday turlari eski
institutlarni muqarrar o‘zgarishi, tartibga solishning yangi uslublarini
ishlab
chiqilishi
va
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning
yangi
nazariyalarini tanlashni o‘z ichiga oladi.
3.
Ayrim davlatlarning iqtisodiy tizimi xalqaro iqtisodiy va siyosiy
munosabatlar tizimida muayyan mamlakatning o‘rnini o‘zgartirish
orqali kechadi. Ushbu o‘zgarishlar sobiq mustamlakachi mamlakatlar
iqtisodidagi kamchiliklarni bartaraf etish zarurati bilan bog‘liq.
4.
Davlatlarning beqaror iqtisodiy holati uzoq vaqt davomida
kechadi. Misol uchun, Lotin Amerika davlatlari, ularda 20 yildan ortiq
vaqt davomida iqtisodiy o‘sishning past darajasi, tashqi qarzdorlikni
ortishi, uy xo‘jaliklari daromadlarining keskin pasayishi, yuqori
inflyatsiya darajasi va boshqalar kuzatilgan.
5.
Sobiq Sovet Ittifoqi respublikalari va boshqa sotsialistik
mamlakatlar o‘tish iqtisodiyoti. Ushbu o‘tish iqtisodiyotining o‘ziga
xos xususiyati shundaki, sotsialistik iqtisodiy tizimdan kapitalistik
iqtisodiy tizimga o‘tish, "sof" iqtisodiy tizimdan aralash tizimga o‘tish
bilan amalga oshgan.
Zamonaviy aralash iqtisodiyotda davlat quyidagi funksiyalarni
bajarishi kerak:
1)
tadbirkorlik subyektlari faoliyatining institutsional va huquqiy
asoslarini ta’minlash (mulk huquqini va mulk shakllarini aniqlash,
shartnoma tuzish va bajarish shartlari, kasaba uyushmalari va ish
beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlar, tashqi iqtisodiy faoliyatning
umumiy prinsiplari va boshqalar);
2)
bozor munosabatlardagi salbiy oqibatlarini bartaraf etish yoki
bozor amalga oshira olmaydigan jarayonlar – aholini asosiy tovarlarga
431
ehtiyojlarini qondirish; milliy mudofaa, ekologiya, ta’lim, fan,
sog‘liqni saqlash va boshqa masalalarni hal qilish;
3)
iqtisodiy siyosatni amalga oshirishga qaratilgan yo‘nalishlar:
−
bozor mexanizmlarining ishlashini ta’minlash;
−
davriy o‘zgarishlarni yumshatish;
−
iqtisodiy shoklarning oqibatlarini bartaraf etish;
−
uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishning shart-sharoitlarini ta’minlash
(ayniqsa, moliya, pul va qurilish siyosatida);
4)
faol monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish;
5)
mavjud daromadlarni qayta taqsimlash orqali jamiyatda
barqaror ijtimoiy muhitni saqlab qolish;
6)
makroiqtisodiy muvozanatni tiklash va saqlashga qaratilgan
(xususan, to‘liq bandlik, barqaror narx darajasi) davlatning
barqarorlashtirish siyosatini olib borish. Iqtisodiyotda rasmiy va real
barqarorlik mavjud. Rasmiy barqarorlik – makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
(inflyatsiya, ishsizlik, yalpi ichki daromadning o‘zgarishi) bo‘yicha
barqaror holatga erishishdir. Real barqarorlik nafaqat ishsizlikning
pasayishi, balki ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlarni ham mavjudligini
anglatadi.
Real
barqarorlikka
o‘tish
hukumatning talabini,
investitsiyalarni, narx va daromadni qattiq nazorat qilishni bildiradi
194
.
Dostları ilə paylaş: |