Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

17.5.
 
BOZOR IQTISODIYOTIGA O‘TISHNING 
RIVOJLANGAN DAVLATLAR TAJRIBASI 
 
Yaponiyada Dodj – Shoup “Qaytar kurs” islohoti
199

2-sentabr 
1945-yil Yaponiyaning urush davridagi harakati tufayli AQSH 
boshqaruvi ihtiyoriga o‘tdi. Uning milliy iqtisodiyoti bu davrda 
depressiya holatiga tushgan edi. O‘zini tiklash dasturlari Yaponiya 
uchun ishlab chiqilmagan, hamda u tashqi ko‘mak ham olmas edi. 
Yaponiya iqtisodiy inqiroz holatidan chiqishi uchun DJ.Dodj va 
K.Shoup tomonidan “Qaytar kurs” deb nom olgan va o‘z resurslari 
hisobiga shakllantirilgan islohot dasturi ishlab chiqildi. “Qaytar kurs” 
rejasiga ko‘ra ishlab chiqarishni faol rivojlantirish ichki kapital 
hisobiga amalga oshirilishi ko‘zda tutildi. Dodj-Shoupning “Qaytar 
kurs” dasturi yo‘nalishi quyidagilarni o‘z ichiga oldi: 
199
А.Н.Кошилев. Краткий курс по истории мировой экономики: учебное пособие. – М.: 
издательство “Окей-книга” , 2008, стр. 120-121 


438 

tashqi boshqaruvga ega bo‘lgan AQSH tizimini Yaponiya iqtisodiy 
islohotga aralashuvini sekin-asta pasaytirish. Iqtisodiyot va savdo bilan 
bog‘liq barcha boshqaruvni milliy hukumatga topshirish; 

iqtisodiyotda erkin raqobat va kichik tadbirkorlikni faol 
rivojlantirishga qaratilgan shart-sharoitlarni yaratish. Iqtisodiyot 
boshqaruvi bir qo‘lda to‘planishiga qarshi chora-tadbirlar ko‘rish; 

mavjud korxonalar negizida yangi, samaradorlik darajasi yuqori 
bo‘lgan korxonalarni yaratish nazarda tutildi; 

qishloq xo‘jaliginii qayta tiklash, bunda davlat tomonidan yerlarni 
sotib olishi va mayda agrobiznes bilan shug‘ullanuvchilarga ijaraga 
berish masalasi qo‘yildi; 

budjet islohotini o‘tkazish, bunda valutani olib-sotish o‘rnatilgan 
(fiksirlangan) kurs bo‘yicha olib borish, pul emissiyasini o‘tkazish, 
budjet xarajatlarini qayta ko‘rib chiqish, davlat harbiy korxonalarini 
yopish. Pul emissiyasi asosida aholi qo‘lidagi pulni davlatga musodara 
qilish jarayoni amalga oshirildi. Yangi soliq tizimi joriy etildi, bunda 
aholining 65% daromadi budjetga yo‘naltirildi. Davlat narxlarni va oylik 
maoshni o‘rnatish, tashqi savdoda davlat monopoliyasini o‘rnatish bilan 
shug‘ullandi. 
Islohotlar rejasiga ko‘ra ekvivalent fond tashkil etildi, uning vazifasi 
Amerika tovarlarini Yaponiyada sotishdan tushgan daromadlarni 
o‘zlashtirish kirdi. Yaponiyada sanoat ishlab chiqarishning ko‘tarilishi 
Koreyadagi urush davriga to‘g‘ri kelib, bunda sanoat o‘z ehtiyojlari 
uchun ishlab chiqarishni yanada kengaytirildi. 
Islohotlarning asosiy maqsadi Yaponiyada mavjud hukumat 
tizimini yo‘q qilishga qaratildi. Uning katta qismi kichik ishlab 
chiqaruvchilarga berildi, kapitalning katta hajmi xususiy shaxslar va 
banklarda to‘plandi. Shu asosda ishlab chiqarishning kuchli ilmiy va 
texnologik asosi shakllantirildi. Yaponiyaning cheklangan resurslarga 
egaligini hisobga olgan holda, uning ishlab chiqarishi ilmiy izlanishlarni 
talab qiluvchi (elektronika, kompyuter, biopreparat) ishlab chiqarishga 
yo‘naltirildi. 
Dodj-Shoup islohotlari natijasida Yaponiya ishlab 
chiqarish 
kuchini ko‘tardi, kapitalning katta qismini davlat ichida saqlanib qoldi, 
xalqaro savdo hajmi bir necha bor ko‘payishiga erishdi. Undan tashqari 
iqtisodning ilmiy yo‘nalgan turi shakllandi. 


439 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin