Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

15.5.
 
O‘YINLAR NAZARIYASI TADQIQOTCHISI 
 
Amerikalik iqtisodchi olim 
Jon Xarsani 
asli vengriyalik bo‘lib, 
uning ilmiy ishlari o‘yinlar nazariyasiga bag‘ishlangan (nokooperativ 
o‘yinlar, to‘la bo‘lmagan axborotlar sharoitidagi o‘yinlar). “Axborot 
iqtisodiyoti” asoschisi, 1994-yilgi Nobel mukofoti 
sovrindori. 
Jon Xarsani 1920-yil 29-mayda Vengriyada, 
Budapesht shahrida tug‘ildi. U shahardagi 
Lyuteran gimnaziyasida tahsil oldi. Olimning 
aytishicha, gimnaziya Vengriyaning eng yaxshi 
maktablaridan bo‘lib, bu yerdagi ta’lim tartibi 
unga juda yoqqan. Maktabni bitirish pallasida
ya’ni 1937-yilda Jon Xarsani maktab o‘quvchilari 
uchun matematikadan har yili o‘tkaziladigan musobaqadan birinchi 
o‘rinni egallaydi. 
Uning ota-onasi dorixonaga egalik qilishar, bu ular uchun yagona 
daromad manbayi bo‘lib, mo‘maygina foyda keltirardi. Xarsani oilada 
yolg‘iz farzand bo‘lgani uchun ota-onasi uni oilaviy biznesga – 
farmatsevt kasbiga tayyorlaydi. Jon falsafa va matematikaga qiziqishiga 
qaramay, ota-onasining gapini ikki qilmaydi, ular istagini inobatga olib, 
dorixonada ishlashni boshlaydi. 
190
Найт Ф. Х. Риск, неопределенность и прибыль / пер. с англ. - М.: Дело, 2003. - 360 с. 
191
Вечканов Г.С. Экономическая теория. 2-е издание. – СПб.; Питер, 2010 г. Ст.195-197. 
Jon Xarsani (1920 y) 


376 
“O‘sha paytda Gitler Germaniyada hokimiyat boshqaruvida edi va 
Vengriyada uning ta’siri tobora oshib borardi. Men bu sohani 
tanlashimga yana bir sabab shuki, farmatsevt talabalar harbiy xizmatdan 
ozod etilardi. Dorixonani tanlamaganimda, millatim yahudiy bo‘lgani 
uchun meni Vengriya armiyasiga majburiy mehnat bo‘limiga xizmatga 
chaqirib olishar edi”, – deydi Xarsani. 
Dorixonada Jon 1944-yil may oyigacha tinch faoliyat yuritadi, keyin 
esa nemis qo‘shinlari Vengriyani bosib olishadi. U maydan to noyabr 
oyigacha ishchi guruh tarkibida xizmat qilishga majbur bo‘ldi. Noyabrda 
esa fashistlar Budapeshtni ishg‘ol qilib, bu guruhni Avstriyadagi 
konslagerga jo‘natadi. U yerda Jonning aksariyat tanishlari halok 
bo‘lishgan. Xarsani esa Budapesht temir yo‘l vokzalidan, poyezd 
Avstriyaga jo‘nab ketmasidan avval qochadi va tanishi bo‘lmish Iezuit 
rohibi faoliyat yuritgan ibodatxona yerto‘lasiga yashirinadi. 
Urush 
tugagandan 
so‘ng, 1946-yilda Xarsani Budapesht 
universitetiga o‘qishga kiradi va doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi. 
1947-yil sentabrdan to 1948-yil iyun oyigacha u Sotsiologiya institutida 
kichik o‘qituvchi sifatida ishlaydi. U yerda o‘zi dars bergan talaba Anna 
Klauber bilan yaqindan tanishadi va kelajakda ular turmush qurishadi. 
Jon marksizmga ochiqchasiga qarshi chiqadi, bu siyosiy qarashi u 
ishlayotgan institut siyosatiga tamomila zid edi, shuning uchun u 
institutdan ketishga majbur bo‘ladi. 
Anna institutda qolib, o‘qishni davom ettiradi, biroq kommunist 
kursdoshlari uni tazyiq ostiga olib, Jon bilan munosabatlarini uzishni 
talab qilishadi. U bu ishni qilmaydi, ammo biroz vaqt o‘tib, Vengriyada 
sotsializm tuzumi to‘laligicha o‘rnatilgandan keyin, 
1950-yil 
aprel oyida Jon bilan birga mamlakatni tark etishga majbur bo‘ladi. 
Ikki yosh pinhona, kam qo‘riqlanadigan serbotqoq hududdagi 
chegaradan hayotlarini xavf ostiga solib mamlakatdan qochishadi. Ular 
Avstriyaga yetib borishadi va Avstraliyaga ketish uchun ruxsatnomani 
oylab kutishadi. Nihoyat 1950-yil 30-dekabr kuni Sidney shahriga yetib 
kelishadi. 1951-yil 2-yanvarda Jon va Anna turmush qurishadi. 
“Annaning ruhiy holati, amaliy ko‘magi va raso aqli menga doimo dalda 
bo‘lgan”, – deb eslaydi Jon Xarsani. 


377 
Jonning diplomlari va ilmiy unvonlari Avstraliyada tan olinmaydi. 
Ingliz tilini yaxshi bilmagani uchun u o‘ziga mos ish topa olmaydi va 
avvaliga fabrikada oddiy ishchi sifatida mehnat qilishga majbur bo‘ladi. 
Ammo Jon taqdirga tan bermaydi, Sidney universiteti kechki bo‘limi 
iqtisodiyot kursiga o‘qishga kirib, u yerda 1953-yilda magistr darajasini 
egallaydi. 
1954-yilda Jon Brisbendagi Kvinslend universitetida iqtisodiyot 
bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiy boshlaydi. Jon Xarsaniga bu gal ham omad 
kulib boqadi: u 1956 yilda Rokfeller stipendiyasiga sazovor bo‘ladi va 
bu imkoniyat tufayli Anna bilan birgalikda AQSHdagi Stenford 
universitetida ikki yil davomida tahsil oladi. Natijada u iqtisodiyot 
yo‘nalishi bo‘yicha PhD – falsafa doktori ilmiy darajasiga, Anna esa 
psixologiya magistri darajasiga erishadi. Stenford universitetida unga 
Kennet Yerrou ilmiy rahbarlik qiladi va buni Jon katta muvaffaqiyat deb 
biladi: “Men Yerrou bilan iqtisodiyot nazariyasini ikir- chikirlarigacha 
muhokama qilardim va bu mashg‘ulot menga katta zavq keltirardi. 
Uning maslahatiga kirib, men Stenforddagi o‘qish mobaynida 
vaqtimning salmoqli qismini matematika va statistikani o‘zlashtirishga 
sarfladim. Bu tadqiqotlarim menga keyinchalik o‘yin nazariyasi bilan 
bog‘liq ilmiy ishlarimda katta foyda keltirdi”. 
1958-yilda Jon oilasi bilan Avstraliyaga qaytib keladi va 
Kanberradagi Avstraliya milliy universitetiga ishga kiradi. Jonning 
ilmiy ishi, ya’ni o‘yin nazariyasi ustida olib borgan tadqiqoti 
Avstraliyada deyarli ma’lum bo‘lmagani uchun u Kennet Yerrouga 
murojaat qiladi. Natijada K.Yerrou va J.Tobinning yordami bilan 
Detroytdagi (AQSH) Ueyn davlat universitetiga iqtisodiyot professori 
etib tayinlanadi. Keyinchalik 1964-yili Jon Xarsani Berklidagi 
Kaliforniya universiteti biznes maktabida ishlaydi. Uning yakkayu 
yolg‘iz Tom ismli o‘g‘li shu yerda, Berklida tug‘iladi. 
1950-yillar 
boshida 
Xarsani 
fon 
Neyman-Morgenshtyern 
funksiyasining farovonlik iqtisodiyotida qo‘llanilishi haqida maqolalar 
chop etadi. Jon Neshning 1950–53-yillar davomida nashr qilingan to‘rtta 
mashhur asari ta’siri ostida Jonda o‘yin nazariyasining tor ma’nodagi 
tushunchalariga nisbatan qiziqish paydo bo‘ladi. Aniqrog‘i, kooperativ 
va nokooperativ o‘yinlar, ustun strategiyali muvozanat, Nesh bo‘yicha 
muvozanat kabi mavzular ustida ish boshlaydi. 


378 
1956-yilda Jon Seyten va Nesh modellarining matematik 
ekvivalentliligini ko‘rsatib o‘tadi va optimal xavf strategiyalar uchun 
algebraik mezonlarni ishlab chiqadi. 
1967–68-yillar davomida chop etgan uch qismli asarida ma’lumoti 
to‘liq berilmagan o‘yinni yaxlit, biroq nomukammal o‘yinga aylantirish 
yo‘lini ko‘rsatib beradi. Bu ilmiy ish nazariy-o‘yinli tahlil uchun muhim 
sanaladi. 
1973-yilda olim Nesh muvozanati aralash strategiyalarining deyarli 
barchasi yutuq funksiyalari tasodifiy tebranishli tegishli o‘yinning toza 
strategik muvozanati sifatida qabul qilinishi mumkinligini isbotlab beradi. 
Bundan tashqari, Jon utilitar etika bo‘yicha qator kitoblarni chop etadi. 
Shuningdek, 1977-yilda uning “Ratsional xatti-harakat hamda o‘yinlardagi 
muzokaralar va ijtimoiy holatlardagi muvozanat”, 1976-yilda “Etika, 
ijtimoiy xatti-harakat va ilmiy tushunchalar bo‘yicha esse”, 1982-yilda 
“O‘yinlar nazariyasidan maqolalar” va 1988-yilda Reynxard Selten bilan 
hamkorlikda yozilgan “O‘yinlarda muvozanatni tanlash umumiy 
nazariyasi” deb nomlangan kitoblari chop etiladi. 1994- yilga kelib 
“nokooperativ o‘yinlar” nazariyasidagi muvozanatni birinchi bor tahlil 
qilib chiqqanligi uchun iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga Jon Xarsani 
bilan birga yana ikki tadqiqotchi – Reynxard Selten (Germaniya) va Jon 
Nesh (AQSH) sazovor bo‘ldilar. 
Ushbu tadqiqot usulining o‘ziga xos asosiy belgilari ichida 
quyidagilarni ajratish lozim: 
1)
o‘yinlar nazariyasi individlarning o‘zaro shartlashilgan xatti- 
harakatlari vaziyatini tahlil qilish bilan shug‘ullanadi: har bir shartning 
hal etilishi o‘zaro hamkorlik natijasiga va, o‘z navbatida, qolgan 
individlarning qarorlariga ta’sir ko‘rsatadi. Individ o‘z harakatlari 
masalasini hal etayotib, o‘zini kontragentlar o‘rniga qo‘yib ko‘rishi kerak; 
2)
o‘yinlar nazariyasi, mukammal kalkulyator sifatidagi individdan 
tortib to robot sifatidagi individgacha qator modellardan foydalangan 
holda, individlarning to‘liq ratsionalligini talab qilmaydi; 
3)
o‘yinlar nazariyasi o‘zaro hamkorliklardagi muvozanatning 
mavjudligi, yagonaligi va Pareto optimalligini nazarda tutmaydi. 
Ushbu sabablar o‘yinlar nazariyasi yordamida qurilgan institutlarning 
formal modellariga bo‘lgan qiziqishni orttiradi
192

192
Biznes-ekpert jurnali. №8, 2018-y. 


379 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin