Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


F.Kidlan va E.Preskottlarning makroiqtisodiy dinamika



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

F.Kidlan va E.Preskottlarning makroiqtisodiy dinamika 
nazariyasi. 
2004-yili Shved Qirollik akademiyasi 
“makroiqtisodiy dinamikaning rivojlanishiga qo‘shgan 
hissasi va iqtisodiy siyosatni biznes sikllari bilan 
bog‘laganlari uchun” ikki Amerikalik Finn I.Kidland 
va Edvard S.Preskottga makroiqtisodiy sohasidagi 
tadqiqoti uchun Nobel mukofotini topshirdi. 
Kidland 
Finn 
Irling 
(1943-yil 
tug‘ilgan) 
Norvegiya fuqarosi, AQSHda doimiy yashaydi, 
Karnegi-Mellon 
universiteti 
iqtisodiyot 
bo‘yicha 
professori (Pitsburg, AQSH) va Santa-Barbara universiteti (Kaliforniya, 
AQSH), Dallas va Klivland federal rezerv banklarining maslahatchisi. 
F.Kidland (1943 y) 


382 
1968-yili Norvegiya iqtisodiyot va menedjment maktabida taxsil 
olgan. 1973-yili falsafa doktori unvonini olgan. AQSH va turli 
davlatlarda 50 dan ortiq iqtisodiy jurnallarda maqolalari mavjud, 1966- 
yildan “Macroeconomic Dynamics” jurnalining hay’at a’zosi, 1992- 
yildan AQSH davlatining Ekonometrik jamiyati a’zosi, 1982–1983- 
yillarda Guver instituti tadqiqot grantini olgan, 1973-yili Aleksandr 
Xenderson mukofoti sovrindori. 
F.Kidland dinamik makroiqtisodiyot, iqtisodiy siyosat, biznes-sikl 
nazariyasi, iqtisodiy o‘sishga, moliya, pul-kredit va soliq siyosatiga o‘z 
xissasini qo‘shgan. 
Preskott Edvard 
(1940-yil tug‘ilgan) AQSH fuqarosi, Arizona 
universiteti iqtisodiyot bo‘yicha professori, Minniapolis federal rezerv 
bank yetakchi tahlilchisi. 
Keys universitetida ta’lim olgan (1963), falsafa doktorligini 1967 
yil yoqlagan. AQSH va boshqa davlatlarning etakchi jurnallarida 80 
dan ortiq maqolalar muallifi, “Boylik topish yo‘lida chegaralar” 
monografiyasi 
hammuallifi, 
1991-yildan 
“Economic 
theory” 
jurnalining muharriri, 1976–1990-yillar orasida bir necha ilmiy jurnallar 
muxarrirlar a’zosi, 1980-yildn AQSH iqtisodiyot jamiyati a’zosi, 1992 
yildan esa Amerika fanlar akademiyasi a’zosi, 1969–1970- yillar va 
1974–1975-yillarda Bruklin fondi va Guggenzaym fondidan tadqiqot 
grantlarini olgan, 2002-yil Yervin Pleyn Nammers nomidagi iqtisodiyot 
bo‘yicha mukofot sohibi, 2002-yildan Rim (Italiya) universiteti 
iqtisodiyot bo‘yicha professori sifatida tan olingan. 
E.Preskot makroiqtisodiyot muammolari tadqiqotiga fundamental 
hissa qo‘shgan: ular qatorida iqtisodiy sikllarni vujudga kelishi tahlili, 
iqtisodiy siyosat, moliyaviy, pul-kredit va soliq siyosatidagi ishlanmalar. 
Kidland va Preskot ilmiy yangiliklarini umumiy ko‘rinishi 
quyidagicha: 

makroiqtisodiyot fan sifatida shakllanishida iqtisodiy siyosat va 
iqtisodiy sikllar genezisi (kelib chiqishi) ishlanmasi; 

ishbilarmon sikllar nazariyasining iqtisodiy o‘sish nazariyasi 
ta’siri ostida o‘zgarishi; 

davlat amalga oshirayotgan iqtisodiy siyosat asosida aholi va 
iqtisodiy subyektlarning kafolati mavjud bo‘lishi tezisini asoslanishi; 


383 

texnologiyalarni notekis rivojlanishi tufayli iqtisodiyotda qiqsa 
muddatli turg‘unlikllar mavjud bo‘lishini asoslanishi; 

mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga tayangan davlatning iqtisodiy 
siyosatining yuritish algoritmini yaratilishi; 

nazariy va amaliy makroiqtisodiy siyosatning bog‘liqligini 
aniqlash; 

iqtisodiy subyektlarning kutishini iqtisodiy siyosatning ko‘p 
omillarini qo‘llagan holda prognozlash; 

ratsional 
kutishlar 
konsepsiyasini 
rivojlantirish 
orqali 
makroiqtisodiy darajada yechimlarni topishga yordamlashish. 
E.Preskot va F.Kidlandning mazkur konsepsiyalari ularni birgalikda 
yozgan ikkita maqolalari asosiy tayanch bo‘ldi. Ular “Ehtiyotkorlik 
o‘rniga qoidalar: maqbul rejalarning nomuvofiqligi” (1977) maqolasida 
iqtisodiy siyosatning turli ko‘rinishlari (moliyaviy, pul-kredit, soliq va 
boshqalar) ko‘rib chiqdilar. Bu maqolaning asosiy mohiyati davlatning 
iqtisodiy qarori vaqt omili bilan qarama- qarshilikda rivojlanishida 
ekanligida. Davlatning samaradorlikni ko‘tarishga bo‘lgan intilishi, 
mualliflarning fikricha, real vaziyatni yanada yomonlashishiga, davlat 
va aholi o‘rtasidagi munosabatni shikastlanishiga, xususiy sektor 
faoliyatini to‘xtatib turishiga sababchi bo‘ladi. Aholiga davlat 
tomonidan berilgan va‘dalari va real holat o‘rtasidagi tafovut iqtisodiy 
subyektlarning ishonch holatini yanada qiyinlashtiradi. Buni yechimi 
sifatida mualliflar, subyektlarning erkin harakatiga asoslangan modelni 
tashkil etishni taklif qilishadi. Bu o‘rinda o‘yin ishtirokchisi boshqa 
ishtirokchilarning mumkin bo‘lgan harakatini aniqlab, o‘zini faoliyatini 
shunga mos harakat qilinishini ko‘rsatadi. Kidland va Preskot fikricha 
agar davlat faqat makroiqtisodiy ko‘rsatkichga tayanib ishni amalga 
oshirsa, unda hech qanday natijaga erisha olmaydi, ammo agar iqtisodiy 
subyektlar bilan hamkorlikda amalga oshirilsa, unda natija yuqori 
bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatishadi. 
Aytish lozimki, ularning ishlari makroiqtisodiy nazariyaga yaxshi 
ta’sir ko‘rsatdi, jumladan, stagflyasiya kabi yangi atamani kirib kelishiga 
sabab bo‘ldi. Mualliflar, yuqori darajadagi inflyatsiya pul- kredit 
siyosatining noto‘g‘ri qo‘llanilishidan deb bilishdi. Bu o‘rinda qarorlani 
qabul qilishni emas, balki iqtisodiy siyosat ta’siri ostida bo‘lgan 
iqtisodiy institutlar faoliyati bilan muvofiq harakat qilish 


384 
lozimligini aytishadi. Kidland va Preskot g‘oyalari XX asrning 90-
yillarida markaziy bank islohotlarida keng qo‘llanildi, va natijada 
Yevropa va Shimoliy Amerikada inflatsiya darajasi pasayishiga sabab 
bo‘ldi. 
Kidland va Preskotning ikkinchi maqolasi bu “Tebranishlarni 
yaratish va qurish uchun vaqt” (1982) bo‘lib, u iqtisodiy sikllar 
konsepsiyasiga bag‘ishlangan. Bu konsepsiyaning ajralib turuvchi 
xususiyati bu uzoq muddatli va qisqa muddatli makroiqtisodiy inqiroz 
va o‘sishlarni tahlilida bo‘ldi. Ular tomonidan ilgari surilgan asosiy 
g‘oya shunda bo‘ldiki, unga ko‘ra ilmiy-texnik taraqqiyot aholini 
yashash darajasini oshishiga sabab bo‘ladigan omil deb baholanildi. 
Lekin, ular o‘z qarashlarida ijtimoiy omillardan yiroq bo‘ldilar. Ularning 
nazariyasi nafaqat talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat, balki 
mikroiqtisodiy mexanizmlar (narx, oylk maosh, iste’mol talabi)ni ham 
chetga chiqaradilar, bu bilan bozor muvozanatini ta’minlash holatini 
o‘ylamasligini ko‘rsatdilar. Ularning fikricha, iqtisodiyotning o‘sishini 
pasayishi – bu bozor muammosi emas, balki ishlab chiqarishning 
texnologik o‘zgarishlari pastligidir. Mualliflar fikricha makroiqtisodiy 
o‘zgarishlarni faqat texnologik shoklarni amalga oshiribgina erishish 
mumkin. 
F.Kidland va E.Preskotning mazkur ishi metodologik nuqtayi 
nazardan judayam muhimdir. Ularning tadqiqotida iqtisodiy sikllar 
holatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan makroiqtisodiy omillarni 
qamrab oladi. Ularning yondashuvi bozor jarayonlarida yuzaga kelishi 
mumkin bo‘lgan savolga, yani kutilayotgan inflyatsiya holatida 
iste’molchilar, savdogarlar iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda davlatning 
iqtisodiy siyosatida maqbul bo‘ladimi degan savolga javob bermadilar. 
Kidland va Preskot tadqiqotlari iqtisodiy sikllar haqida yangi ilmiy 
metodologik ishlanmalarni yaratilishiga turtki bo‘ldi. Ularning 
tadqiqotlari Amerika va Yevropa kabi rivojlangan bozor holati asosida 
yaratilgan bo‘lsa ham, rivojlanayotgan mamlakatlar ham ulardan 
foydalanish ehtimoli kuchlidir. 
Har ikkala maqolada makroiqtisodiyot dinamik tizim sifatida 
qaralib, xususiy sektor va davlat ratsional iqtisodiy tanlovni amalga 
oshiradi deb olingan. Mualliflar davlat institutlarining iqtisodiy 


385 
E.Rot (1951) 
siyosatini qayta ko‘rib chiqishni va o‘z ishiga mas’uliyatning oshishiga 
undaydi. 
Bu maqolalardan tashqari iqtisodiy sikllar, iqtisodiy o‘sish, 
iqtisodiy siyosat (moliyaviy, pul kredit va soliq) ga doir 130 dan ortiq 
ishlar mavjud. Ular ichida asosiy o‘rinni, shuningdek, E.Preskot va 
S.Parente bilan birgalikda yozilgan “Boylik topish yo‘lidagi chegaralar” 
monografiyasi ham o‘ynaydi. 
Mazkur monografiyada mualliflar AQSH kabi boshqa davlatlar 
nimaga boy emas? degan savolga javob izlashga urinishadi. Bu savolga 
javob, ularning fikricha kapital qo‘yilmalarni to‘g‘ri yo‘naltira 
olmaganligida. Ularning fikricha iqtisodiy o‘sish va aholi turmush 
darajasi o‘rtasidagi nomuvofiqlik ishlab chiqarishda texnologik 
samaradorlikni ishlata olmaganligida, bunday korxonalar tashqi 
raqobatdan o‘zini himoyalayman deb qayta texnologiyalashtirishni 
unitib qo‘yganligida. Agar ularni ishlata olganlarida unda hatto kam 
rivojlangan davlatlar ham boy bo‘lishi ehtimoli mavjud bo‘lar edi. 
F.Kidland va E.Preskot makroiqtisodiy fandagi yutug‘i birinchi 
navbatda iqtisodiy va moliyaviy siyosat sohasida, qilgan ishlarida deb 
bilsak bo‘ladi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin