386
L.S.Shepli (1923-2016)
“O‘yinlar nazariyasi” Rot va Shepli umumiy ilmiy qiziqishlarining
asosini tashkil etadi. Shepli tadqiqotlari, resurslarni taqsimlashning turli
usullarini o‘rganishga qaratilgan. Shepli nomi bilan Geyl–Shepli (shu
jumladan, maryaj qurish) algoritmi bog‘liq. Jumladan,
u oilaviy
munosabatlarda va mehnat bozorida barqaror aloqalar paydo bo‘lishini
ilgari surgan. 1962--yilda Geyl va Shepli metodologiyasi asosida
Amerika Qo‘shma Shtatlarida tibbiyot xodimlarini tanlash tizimi qayta
ko‘rib chiqilib, yangidan tuzildi. U ish beruvchi hamda xodim talablarini
maksimal tarzda uyg‘unlashtirishni
nazarda tutgan.
O‘z navbatida, Rot mazkur tizim faqat oilaviy
bo‘lmagan shifokorlar uchun amal qilishini 1984-
yilda isbotlab berdi. 1999-yilda esa, u ushbu tizim
metodologiyasini oilasi bo‘lgan shifokorlar uchun
taklif qildi.
Nobel
mukofoti
bo‘yicha
qo‘mita
ta’kidlaganidek, Rot va Shepli ilmiy tadqiqotlari
turli iqtisodiy subyektlar o‘rtasida aloqalar o‘rnatish kabi muhim
muammolarga taalluqlidir. Maktab va o‘quvchilar
bir-birini tanlashi,
bemorlar muhtoj bo‘lgan va transplantatsiya qilinadigan inson
organizmi qismlari bo‘yicha donorlarni izlash kabi misollarda o‘z aksini
topishi mumkin. Nobel mukofoti bo‘yicha tashkiliy qo‘mita
hisoblaganidek, Rotning xizmati aynan “Geyl–Shepli algoritmi”
bo‘yicha amal qiladigan tizimlarni modernizatsiya qilish va ularni
hayotga tatbiq etishdan iboratdir.
Resurslarni taqsimlash nazariyasiga ko‘ra, ayrim aloqalar iqtisodiy
omil vazifasi bilan belgilanadi. Masalan, pul xodimlarni ish
haqi baland
bo‘lgan ish joylariga chorlaydi. Ammo bunday yondashuv gohida
ishlamay qolishi mumkin, ana shuning uchun ham resurslarni to‘g‘ri
taqsimlash va ularning boshqarishiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda shuningdek
donorlarning organlarini transplantatsiya qilish jarayoni ham kiradi. Rot
Tayfun Sonmez
va Utku Unver bilan birga, Angliyada jigarni
transplantatsiya qilish bo‘yicha dastur mualliflaridan biri bo‘ldi. Ushbu
tizim donorlar va retsipientlarning maqbul ikkilikni tanlashga qaratilgan.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, ko‘pchilik ekspertlarning fikriga
qaraganda, joriy yilda iqtisodiyot bo‘yicha Alfred Nobel xotirasi
387
P.Krugman (1953)
mukofotiga sazovor bo‘lgan ikkala Amerikalik olim Rot va Shepli fan
olamida tadqiqotlari amaliyotga qaratilganligi bilan mashhur bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: