103
Yo‘llarni o‘g‘rilardan muhofaza qilish ichki va ayniqsa tashqi
savdo (eksport-import)ni ta’minlash va qo‘llab-quvvatlashning
o‘zginasidir. Bu yerda savdoning xalq xo‘jaligi uchun ustuvor
ahamiyati to‘g‘risida gap yuritiladi.
Yusuf Xos Hojib barcha imtiyozlardan mahrum kambag‘al
tabaqalar ahvoliga achinish hissini izhor qiladi. Donishmand
hokimlarni quyi tabaqa vakillarini ularga nisbatan mehr shafqatli,
insof-adolatli, marhamatli bo‘lishiga, ayni paytda raiyatni hokimlarga
bo‘ysunuvchi, sadoqatli bo‘lishiga chaqiradi. Mana shunday
kelishtirish yo‘li bilan osoyishta hayotga erishishga umid bildiriladi
(bu esa iqtisodiy rivoj uchun ham zaruriy shartdir).
Kitobdagi g‘oyalar dunyodagi barcha ishlarda qo‘l keladi. Unda
mulk tutishning siru-asrorlari, mamlakatni idora qilish tartibi, sharti,
shuningdek, molu-mulk, el-yurtning mangu qolishi, gullab-yashnashi
va uning xarob bo‘lish belgilari berilgan. Mutafakkir ayniqsa kasb-
hunar ahlining faoliyatini yuqori baholaydi. «Bir yigitga qirq hunar
oz» bobi xuddi shu masalaga bag‘ishlangan. Vazir, qo‘mondon, elchi
va boshqa hukmdorlarning faoliyat mezonlari diqqatga sazovordir.
Masalan, «Vazir ko‘zining to‘q bo‘lishi uni har xil mol-mulk
oldida suqlanishdan asraydi. Ko‘zi och odam bor olamga ham
to‘maydi», deydi olim. Dehqon, savdogar, chorvador, oddiy
mehnatkash ahli to‘g‘risida nodir fikrlar bildiriladi. «Bular bilan yaqin
bo‘lgin hamisha, to tomoq tashvishin bilmasdan yasha», deb aytiladi.
Ayniqsa, bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta e’tibor
beriladi. «Odamzod naslining ulug‘ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli
ne-ne tugunlarni yechishga qodir», deb yozadi alloma.
Aql-idrok egalarining nafi har doim ko‘pchilikka tegib turadi.
Bilim egalari esa elda aziz bo‘ladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar
o‘quv-idrok bilan amalga oshadi. Barcha murakkab ishlar bilish bilan
hal etiladi.
Dostları ilə paylaş: