105
5-mavzu. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDAGI
IQTISODIY G‘OYALAR VA IQTISODIY SIYOSAT
(2 soat)
5.1.
A.TEMURNING IJTIMOIY-IQTISODIY QARASHLARI
Amir Temur va Temuriylar davri tarixda uyg‘onish davri sifatida
XIV–XV asr Markaziy Osiyo tarixida “oltin asr” deb ataladi. Buyuk
sohibqiron Amir Temur dunyodagi eng kuchli va katta saltanatlardan
birini barpo etgan bo‘lib, u harbiy san’ati, davlatni qanday asoslarga
tayanib boshqarganligi, shuningdek, o‘z raiyatining farovonligi yo‘lida
olib borgan islohotlari davrlar osha tadqiqotchilar hamda siyosatchi,
arboblarning diqqat-e’tiborini tortib kelgan. Bugungi kungacha Amir
Temurga bag‘ishlab yaratilgan jiddiy asarlar soni Yevropa tillarida 700
dan ziyod, sharq tillarida esa 900 dan ko‘pdir. Bu asarlarda Amir Temur
shaxsi va saltanatining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayoti
alohida qiziqish bilan o‘rganilgan
63
.
Dostları ilə paylaş: