135
3)
proteksionistik
tariflardan keng foydalangach, Fransiya
bojxona siyosatini tartibga solish bilan faol shug‘ullandi;
4)
manufaktura sanoati rivojlanishiga alohida e’tibor
bergan
holda, qishloq xo‘jaligining ancha orqada qolib ketishini keltirib
chiqardi, ayniqsa, mamlakatdan don olib chiqishni noto‘g‘ri man etishi
va mamlakatga erkin don olib kirishga
ruxsat berishi natijasida
dehqonchilikning qashshoqlashuviga olib keldi.
Angliya merkantilizmining ancha yirik vakili
Uilyam
Staffordning (1154–1612.)
hayot
faoliyati
to‘g‘risidagi ma’lumotlar juda kam. Uning
faqat
boy
savdogar
oilasidan
kelib
chiqqanligi va “Bizning vatandoshlarning
ba’zi bir shikoyatlarining qisqacha bayoni”
asarini
yozganligi
ma’lum.
Unda
U.Stafford merkantilizm
uchun xarakterli
bo‘lgan quyidagi g‘oyalarni ilgari surgan:
1)
muomalada buzilgan pullar emas,
balki to‘la qimmatli pullar bo‘lishi kerak,
chunki faqat ular tashqi tovar
aylanmasida
yaroqli hisoblanadi;
2)
chetga xomashyo chiqarishni man etishni taklif etadi (keyin
undan tayyor mahsulot ishlab chiqarilib yuqori bahoda Angliyaga qaytib
kelmasin);
3)
katta miqdordagi pulning chetga chiqib ketishiga yo‘l
qo‘ymaslik uchun qimmatli xorijiy tovarlarni (zeb-ziynat buyumlari)
iste’mol qilishni man etishni talab qilib chiqdi;
4)
Angliyada ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan tovarlarni
mamlakatga olib kirishni to‘liq man etishni tavsiya etdi.
Dostları ilə paylaş: