Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Takror ishlab chiqarish nazariyasi. 
Iqtisodiy ta’limotlarning 
rivojlanishida F.Kenening mashhur «Iqtisodiy jadval» asarining o‘rni 
beqiyos. Bu asarda 
ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni birinchi 
marta makroiqtisodiy darajada tahlil qilindi
. F.Kene jamiyatdagi uchta 
ijtimoiy guruhlar-sinflar o‘rtasida mahsulot va pulning ayirboshlanish 
jarayonini ko‘rsatib berdi. Takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil 
qilishda baholarning o‘zgarmasligi asos qilib olinadi. (Bunda almashuv 
ekvivalentlik tamoyili asosida ro‘y bermoqda deb faraz qilinadi.) Bu 
jarayon tashqi bozor ta’sirisiz, ya’ni faqat ichki bozor sharoitida yuz 
bermoqda deb qaraladi. 
«Jadvaldagi» 
takror ishlab chiqarishning boshlang‘ich nuqtasi 
yaratilgan bir yillik mahsulot hisoblanadi. F.Kene statistik hisob- 
kitoblarga asoslangan holda, Fransiya dehqonchiligidagi yalpi mahsulot 
qiymatini 5 mlrd. livrga (livr – o‘sha paytdagi Fransiya pul birligi) 
baholadi (oziq-ovqat 4 mlrd. livrni, xomashyo 1 mlrd. livrni tashkil 
etadi). Bu mahsulotdan tashqari fermerlar o‘tgan yilgi hosilni sotishdan 
olgan 2 mlrd. livrga ega. Bu pulni ular mulkdorlarga ijara haqi sifatida 
yer uchun to‘laydilar. Unumsiz yoki «hosilsiz» sinf 2 mlrd. livrlik 
sanoat mahsulotiga ega. Jami ijtimoiy mahsulot, F.Kene hisobi bo‘yicha, 
7 mlrd. livrni tashkil etadi. Mulkdorlar (yer egalari) hosilni yig‘ishtirib 
olgandan keyin fermerlardan 2 mlrd. livr ijara haqi olganlar. 
Bu yerda barcha yaratilgan mahsulot realizatsiyasi va aylanish 
jarayoni qanday amalga oshadi? 
«Iqtisodiy jadval»
ning shartlariga ko‘ra 
bu jarayon besh aktdan iborat bo‘lib, uning har birida 1 mlrd. livrga teng 
mahsulot realizatsiyasi amalga oshiriladi. 
1.
Mulkdorlar «unumli sinf» dan 1 mlrd. livrlik oziq-ovqat 
mahsulotlarini sotib oladilar. Buning natijasida qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarining 1/5 qismi realizatsiya qilinadi. Mahsulotning bu qismi 
muomala sohasidan iste’mol sohasiga (yer egalariga) o‘tadi. 
2.
Mulkdorlar «unumsiz sinf»dan 1 mlrd. livrlik sanoat 
mahsulotlarni sotib oladilar. «Unumsiz sinf» shu bilan o‘z mahsulotining 
yarmini realizatsiya qiladi. 
3.
«Unumsiz sinf» mulkdorlardan olgan puliga «unumli sinf»dan 
iste’mol buyumlarni sotib oladi. Shu bilan qishloq xo‘jaligi 
mahsulotining yana 1/5 qismi realizatsiya qilinadi. 
4.
«Unumli sinf» «unumsiz sinfdan» olgan 1 mlrd. livrga uning 


157 
o‘zidan («unumsiz sinf»dan ) shuncha pulga ishlab chiqarish qurollarni 
oladi (ular asosiy kapitalning yeyilgan, ishdan chiqqan qismini qayta 
tiklashga ishlatiladi). Buning natijasida sanoat mahsulotlarining ikkinchi 
yarmi realizatsiya qilinadi. 
5.
Aylanish jarayonining beshinchi, yakunlovchi aktida «unumsiz 
sinf» «unumli sinf»dan 1 mlrd. livrlik qishloq xo‘jaligi xom ashyosini 
xarid qiladi. 
 
Oxirida jami ijtimoiy mahsulotning butun aylanish jarayoni 
natijasida sinflar o‘rtasida 3 mlrd. livrlik qishloq xo‘jalik mahsulotlari 
va 2 mlrd. livrlik sanoat buyumlari realizatsiya qilindi. «Unumli sinf» 
ixtiyorida qolgan 2 mlrd. livrlik mahsulot barcha sinflar o‘rtasidagi 
umumiy aylanishda qatnashmaydi, u faqat o‘z sinfi doirasida aylanadi 
(jadvalda bunday aylanish berilmagan). Bu mahsulot qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarish jarayonida sarflangan urug‘lik va oziq-ovqat 
mahsulotlari o‘rnini qoplaydi. «Unumli sinf» tomonidan sotib olingan 
sanoat tovarlari asosiy kapitalning eskirgan qismini qoplash uchun 
112
Гукасьян Г.М., Нинциева Г.В. История экономической мысли. – СПб.: Питер, 2008. C.44. 


158 
Ann Rober Jak Tyurgo 
(1727–1781yy.) 
ishlatiladi. Naqd pul (2 mlrd.) muomala (aylanish) natijasida «unumli 
sinf» qo‘liga kelib tushadi, ammo keyingi muddat uchun ijara haqi 
to‘lash natijasida bu pul yana yer egalari ixtiyoriga o‘tadi. Shunday qilib, 
yangi ishlab chiqarish siklini boshlash uchun, ya’ni oldingi hajmdagi 
ishlab chiqarishni, oddiy takror ishlab chiqarishni davom ettirish uchun 
zarur shart-sharoitlar yaratiladi. 
Karl Marks fikri bo‘yicha “Iqtisodiy jadval – bu klassik iqtisodiy 
maktabning ilk tahlili, lekin shu davr uchun yuqori darajada ishlangan 
porloq jadvalidir”
113
. «Iqtisodiy jadval»da takror ishlab chiqarishni tahlil 
qilish asosida olingan muhim ilmiy xulosa shundaki, unda ayrim oldi-
sotdi aktlari qarab chiqilmaydi, balki juda ko‘p bunday yakka muomala 
aktlari sinflar o‘rtasidagi muomalada mujassamlashadi. Ana shu sinflar 
o‘rtasidagi muomala F.Kene tadqiqotining predmeti hisoblanadi. 
Ayniqsa, uning muomalani takror ishlab chiqarish jarayonining atigi bir 
shakli sifatida, pul muomalasini esa kapitalning faqat aylanish momenti 
sifatida ko‘rsatib berishga qilgan harakati samarali bo‘ldi. 
Ammo F.Kenening takror ishlab chiqarish 
to‘g‘risidagi 
ta’limotida bir qator kamchiliklar mavjud. «Iqtisodiy jadval»dagi sinflar 
tushunchasida izchillik, ilmiylik yetishmaydi. Sanoatchilarni ishlab 
chiqarish vositalaridan mahrum etgan holda (ular o‘z mahsulotlarining 
hammasini sotib yuboradi), F.Kene ularni ishlab chiqarish jarayonini 
qaytadan boshlash imkoniyatidan ham mahrum etadi. Yer egalarining 
mahsulot realizatsiya 
qilishda markaziy o‘ringa o‘tib qolishi 
noto‘g‘ri 
bo‘lgan. 
Ammo 
undagi 
kamchiliklar mazkur asarning qimmatini 
tushirmaydi. Unda iqtisodiy fikrlar tarixida 
birinchi 
marta 
milliy 
iqtisodiyot 
makroiqtisodiy darajada tahlil qilindi va 
undagi 
g‘oyalar 
bo‘lajak 
iqtisodiy 
modellarning kurtagi bo‘lib qoldi. 
F.Kenening g‘oyalari 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin