155
davlatning boyishi pul kapitalining o‘sishga emas, balki qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishining rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Sinflar nazariyasi.
F.Kene o‘zi ishlab chiqqan unumlilik qoidasiga
asoslangan holda jamiyatni uch sinfga ajratib ko‘rsatadi:
unumli sinf,
unumsiz sinf, mulkdorlar sinfi
. Unumli sinf bu – qishloq xo‘jaligida ish
bilan band bo‘lgan barcha kishilar, dehqon va fermerlar kiradi. Ular sof
mahsulot yaratadilar. Unumsiz
sinf bular hunarmandlar, ishchilar,
savdogarlar, xizmatkorlar, to‘ralar, ya’ni
dehqonchilikdan boshqa
sohada ish bilan band bo‘lgan kishilar. Ular faqat o‘zlarini
ta’minlaydilar, o‘z iste’moliga qancha mahsulot kerak bo‘lsa,
shunchalik mahsulot yaratadilar. Ular jamiyat uchun foydali; ammo
o‘zining ham, jamiyatning ham boyligini ko‘paytirmaydi, shu ma’noda
unumsizdir. Mulkdorlar sinfi yer egalari, unga qirol va ruhoniylar ham
kiradi. Mulkdorlar sinfi sof foydani olishga haqli, negaki ular o‘z paytida
yerlarni o‘zlashtirgan, yerning unumdorligini oshirgan. Mulkdorlar
tomonidan olinadigan daromad bu – ularning oldin
qilgan xarajatlari
uchun in’om. Albatta, jamiyatning sinflarga bunday bo‘linishi noto‘g‘ri.
A.Smit fiziokratlarning bu boradagi qarashini kinoyali ravishda shunday
deydi: “Agar ularning mantig‘iga amal qilsak, unda faqat ikki farzand
ko‘radigan har qanday nikohni unumsiz deb tan olish kerak bo‘ladi”.
Kapital nazariyasi. Iqtisodiy fikrlar tarixida kapital to‘g‘risidagi
birinchi chuqur nazariy tushunchani
F.Kene ilgari surdi. Merkantilistlar
kapitalni pul bilan bir narsa deb hisoblagan bo‘lsalar, F.Kene fikriga
ko‘ra, pul unumsiz boylik bo‘lib, u hech narsa ishlab chiqarmaydi. Uning
atamasi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi
qurollari, qurilishlari, mollari,
hayvonlari va dehqonchilikda bir necha ishlab chiqarish sikllarida
foydalaniladigan barcha narsalar
«dastlabki avanslar»
deyiladi (Hozirgi
zamon atamasi bo‘yicha – asosiy kapital). Bir
ishlab chiqarish siklida
ishlatiladigan urug‘lik, yem-xashak, ishchilarning mehnat haqi va
boshqalarni u
«har yilgi avanslar»
ga kiritdi (Hozirgi
zamon atamasi
bo‘yicha – aylanma kapital). Ammo F.Kenening xizmati faqat kapitalni
ishlab chiqarishdagi mavqeiga ko‘ra asosiy va aylanma kapitallarga
bo‘lishdangina iborat emas. Bundan tashqari, u
aylanma kapital bilan
birga asosiy kapital ham harakatda bo‘lishini
ishonarli tarzda isbotlab
berdi.