154
umumiy manfaatidan ajralgan bo‘lishi mumkin emas
.
Bu esa erkinlik
hukmronlik qilgan sharoitda bo‘ladi. Ana shunda dunyo o‘z-o‘zidan
harakatlanadi. Shu bilan birga, F.Kene ogohlantirib aytishicha, «yuqori
hokimiyat» oqsuyaklardan yoki yirik yer egalari vakillaridan tashkil
topishi mumkin emas; ular birga qo‘shilib qonunning o‘zidan ancha
kuchli hokimiyat tashkil etishi, millatni qul qilishi, adolatsizlikni keltirib
chiqarishi, yirtqichlarcha zulm o‘tkazishi va o‘ta
ketgan beboshlikni
keltirib chiqarishi mumkin.
U, yuqori davlat hokimiyati davlat
boshqaruvini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan – tabiiy tartib-
qonunlarini yaxshi biladigan, o‘qimishli bir shaxs qo‘lida bo‘lishini
maqsadga muvofiq deb hisoblagan.
Sof mahsulot to‘g‘risidagi ta’limot.
F.Kenening nazariy merosida
uning
sof mahsulot
(hozir uni milliy daromad deb atashadi)
to‘g‘risidagi
ta’limoti muhim o‘rin egallaydi
. Uning fikriga ko‘ra, sof mahsulotning
manbayi yer va unga sarflangan qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishida
band bo‘lgan kishilarning mehnati hisoblanadi. Demak, boylikning (sof
mahsulot) ko‘payishi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan bog‘liq
bo‘lgan «yer in’omidir». Shu bois, davlat sanoatni emas, balki qishloq
xo‘jaligini rag‘batlantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi kerak. F.Kene:
«Dehqonlar kambag‘al bo‘lsa, qirollik kambag‘al bo‘ladi, qirollik
Dostları ilə paylaş: