166
1764-yili A.Smit hayotida keskin o‘zgarish bo‘ldi: u kafedrani tark
etdi va o‘sha davrda ko‘zga ko‘ringan siyosiy arbob –
gersog
Baklning o‘g‘li yosh lordning xorijga qiladigan sayohatida unga
hamrohlik qilish to‘g‘risidagi taklifni qabul qildi. Bu sayohatdan A.Smit
katta moddiy manfaatdorlik ko‘rar edi, ya’ni umrining oxirigacha unga
har oyda 800 funt sterling kafolatlangan edi. Bu uning professorlik
gonoraridan ancha ko‘p bo‘lgan. Sayohat chog‘ida
u Shveysariyada
Valter, Fransiyada fiziokratlar F.Kene, A.Tyurgo, D.Alamber va boshqa
atoqli olimlar bilan uchrashdi, ularning ishlari bilan tanishdi. Bu
uchrashuvlar A.Smit dunyoqarashining shakllanishiga katta ta’sir
ko‘rsatdi.
1766-yilda u o‘z yurtiga qaytib keldi va «Xalqlar boyligining tabiati
va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» nomli asosiy asarini yozishga kirishdi.
Bu asar 1776-yil martda chop etildi. Asarda insoniyat tomonidan oldin
yaratilgan iqtisodiy bilimlar umumlashtirdi va umumiy nazariy tamoyil
asosida iqtisodiy fan tizimiga aylandi.
A.Smitning bu asari besh qismdan (kitobdan) iborat bo‘lib, birinchi
qismida qiymat va qo‘shimcha daromad
muammolari tadqiq etildi,
ikkinchisida – kapital jamg‘arilishi va uning funksional shakllari,
uchinchisida – kapitalizm rivojlanishining tarixiy shart-sharoitlari
ko‘rsatib berildi, to‘rtinchisida – merkantilizm va fiziokratlar ta’limotiga
bo‘lgan o‘zining
munosabatlari aks etildi, beshinchi qismida davlat
moliyasi savollari ko‘rib chiqildi. Bu asar A.Smit hayot paytidayoq to‘rt
marta, uning o‘limidan keyin asr oxirigacha yana uch marta qayta nashr
etildi.
U nafaqat Angliyada, balki chet ellarda ham zo‘r qiziqish
uyg‘otdi. A.Smitning bu buyuk asari dunyodagi barcha keyingi iqtisodiy
ta’limotlarining rivojlanishiga va ko‘pchilik davlatlarning iqtisodiy
siyosatiga o‘zining katta ta’sirini ko‘rsatdi.
Dostları ilə paylaş: