NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI
Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo’nalishi 2-kurs AAT/6-guruh talabasi
KAMOLBOYEV SHAXZOD MURODULLO O‘G‘LIning
Oliy matematika fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Vektorlar ustidagi chiziqli amallar
Tuzdi:Sh.Kamolboyev
Qabul qildi: G’.Abduraxmonov
2023 yil
Vektorlar. Asosiy tushunchalar. Vektor ustida chiziqli amallar. Chiziqli bog’liq va chiziqli erkli vektorlar tizimi. Bazis. Vektorni chiziqli ortogonal vektorlar sistemasi bo’yicha yoyilmasi.
Reja
1. Vektor haqida tushuncha.
2. Vektorlar ustida chiziqli amallar.
3. Vektorlarning chiziqli bog’liqligi.
4. Bazis.
Tayanch so’z va iboralar
vektor, vektor moduli, birlik vektor, kollinear, komplanar vektor, teng vektorlar, qarama-qarshi vektorlar, vektorlar ustida chiziqli amallar, qo’shish xossalari, vektorni songa ko’paytirish xassalari, vektor fazo, chiziqli bog’liq va chiziqli bog’liq bo’lmagan vektorlar.
Analitik geometriya oliy matematikaning asosiy bo’limlaridan biri bo’lib, bu bo’limda geometriya shakllar algebraik taxlil yordamida tekshiriladi. Analitik geometriyaning vazifasi: birinchidan geometrik obrazlari nuqtalarining geometrik o’rni deb qarab, shu obrazning xossalariga asosan ularning tenglamalarini tuzish va ikkinchidan, tenglamalarning geometrik ma’nosini aniqlab, bu tenglamalar bilan ifodalangan geometrik obrazlarning shaklini, xossalarini, ham tekislikda, ham fazoda joylashishni o’rganishdan iborat.
Analitik geomtriyada nuqtaning chiziqdagi, tekislikdagi va fazodagi o’rni sonlar yordamida aniqlanadi. Nuqtaning o’rnini aniqlovchi sonlar uning koordinatalari deyiladi. Geometrik shakllarning o’rnini aniqlash usuli yoki metodi deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |