Kislorod va uning xossalari Tabiatda uchrashi. K islorod — Yerda eng ko'p tarqalgan element. U yer po'stlog'i massasining 47,2% ini tashkil etadi. Uning havodagi miqdori hajm jihatdan 20,95% va massa jihatdan 23,15% ga teng. Kislorod suv, tog' jinslari, ko'pchilik minerallar va tuzlar tarkibiga kiradi, tirik organizmlarni tashkil etuvchi oqsillar, yogiar va uglevodlar boiadi.
Olinishi. Laboratoriya sharoitida kislorod natriy gidroksidning suvdagi eritmasini elektroliz qilish (nikel elektrodlar), bertole tuzi (kaliy xlorat)ni yoki kaliy perm anganatni qizdirib turib parchalash y o ii bilan olinadi. Kaliy xloratning parchalanishi marganes (IV) oksid M n 0 2 ishtirokida ancha tezlashadi:
2KC103=2KC1+302T
Juda toza kislorod kaliy permanganat parchalanganda olinadi:
2KMn04=K2M n04+ M n02+ 0 2t
S a n o a t d a kislorod suyuq havodan, shuningdek, suvni elektroliz qilishda vodorod bilan birga olinadi. Kislorod p o ia t ballonlarda 15 M Pa (megapaskal) bosim ostida saqlanadi va tashiladi.
Fizik xossalari. Kislorod — rangsiz, ta ’msiz va hidsiz gaz, havodan bir oz og'ir. Suvda kam eriydi (1 1 suvda 20 °C da 31 ml kislorod eriydi). — 183 °C temperatura va 101,325 kPa bosimda kislorod suyuq holatga o'tadi. Suyuq kislorod havorang tusli boiadi, magnit maydoniga tortiladi. Tabiiy kislorod tarkibida uchta izotop: ;60(99,76%), g70(0,04%) ва '80(0,20%) boiadi.
Kimyoviy xossalari. Tashqi elektron pog'onasini to id irish uchun kislorodga ikki elektron yetishmaydi. Kislorod ularni shiddat bilan biriktirib olib, — 2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Lekin ftor bilan hosil qilgan birikmalarida (O F2 va 0 2F 2) umumiy elektronlar jufti elektrmanfiyroq elem ent b o ig an ftorga tom on siljigan. Bu holda kislorodning oksidlanish darajasi mos ravishda + 2 va +1 ga, ftorniki esa - 1 ga teng.
Kislorod molekulasi ikki atom dan tarkib topgan 0 2. Unda kimyoviy bog'lanish — kovalent qutbsiz.
Ozon molekulasi kislorodning uchta atom idan tarkib topgan 0 ?. Ozon — bu kislorod elementining allotropik shakl o'zgarishidir. Kislorod bilan ozon bitta elementning o'zidan hosil boiganligiga qaramay, ularning xossalari turlicha bo'ladi. Ozon — o'ziga xos hidli gaz. Organik moddalarni yemiradi, ko'pchilik metallarni, shu jum ladan, oltin va platinani ham oksidlaydi. U kislorodga nisbatan kuchli oksidlovchidir. Masalan, u kaliy yodid eritmasidan yodni ajratib chiqaradi, kislorod bilan esa bunday reaksiya sodir bo'lmaydi:
2K J + 0 3°+H20 = J2° + 2K OH + 0 2
2J‘ - 2e = J2 1
0 3 + 2ё = 0 2 + О2’ 1
Ozon oqartiruvchi va dezinfeksiyalovchi ta ’sirga ega.
Kislorodning eng muhim kimyoviy xossasi — deyarli barcha elementlar bilan oksidlar hosil qilish xususiyatidir (dastlabki uchta nodir gazning oksidlari olinmagan). Bunda ko'pchilik moddalar bilan kislorod bevosita, ayniqsa, qizdirilganda reaksiyaga kirishadi. Masalan:
2Ca+02=2Ca0
Kislorod galogenlar, oltin va platina bilan bevosita reaksiyaga kirishmaydi, ularning oksidlari bilvosita yo'llar bilan olinadi. M urakkab m oddalar muayyan sharoitlarda kislorod bilan o'zaro ta’sirlashadi. Bunda oksidlar, ayrim hollarda esa — oksidlar va oddiy moddalar hosil boiadi. Masalan:
2C2H2+ 502=4C 02+2H20
4NH3+ 302=6H20+2N 2