Еб= 0,68 · Еғ =0,68*6889,84=4685,09 m3/gа. Novegetatsiya davridagi umumiy bug‘lanish miqdorini ma'lumotlardan (189 bet 2-ilovadan 10 ga ko‘paytirib) olamiz va yillik umumiy bug‘lanish miqdorini aniqlaymiz;
Еум = Евег+ Енв =5605,57+1370=6975,57 m3/gа. Aniqlangan qiymatlar asosida zovurga tushadigan yukning yillik miqdorini aniqlaymiz:
Д = Р +W – Е =3250+6937,41-6975,57=3211,84 m3/gа. Sizilish jadalligi qiymatlarini aniqlaymiz:
m/kun
Zovur moduli qiymatlarini aniqlaymiz:
l/s gа bu yerda: T-hisobiy davr yillik hisoblar uchun Т=365 kun deb olinadi.
SHO‘R YUVISH JARAYONI VA HISOBI.
Sho‘r yuvish – Tuproqning faol qatlamidagi zararli tuzlarni faol qatlamdan uzoqlashtirishda qo‘llaniladigan usul hisoblanadi.
Sho‘r yuvish joriy va asosli ko‘rinishlarda olib boriladi.
Joriy sho‘r yuvish- tuprog‘i hali sho‘rlanmagan, lekin sho‘rlanish xavfi bo‘lgan, sho‘rlangan yoki tuproq sho‘rlanib qolishining biror belgisi topilgan tuproqlarda qo‘llaniladi.
Asosli sho‘r yuvish-tashlandiq, quruq, cho‘l yerlarni o‘zlashtirishda va sho‘r yuvish me’yori 3000 m3/ga dan ko‘p bo‘lgan maydonlarda qo‘llaniladi.
Yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlashda nimalarga ahamiyat berish kerak: Yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlashdan avval, sug‘orish tarmoqlarini va ayniqsa, zovurlarni o‘simlik va loyqadan tozalash zarur.
Sho‘r yuvish uchun olingan pollar bir tekisda bo‘lishi kerak, bu bilan suvdan samarali foydalaniladi va sho‘r yuvish bir tekisda olib boriladi. Pollarning maksimal maydoni 0,5 gektardan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Sho‘r yuvish mе’yori deb, 1 ga maydonning ma'lum qalinlikdagi qatlamning chuchuklashtirish uchun kerak bo‘ladigan chuchuk suv xajmiga aytiladi. Bu qiymat tuproqning sho‘rlanish darajasi, sho‘rlanish xili, sho‘r yuvish qatlamining chuqurligi, tuproqning suv fizik xossalari va maydonning zovurlanganligiga bog‘liqdir.