Bola: Oymomojon ! Bizni shu 12 oy oldiga boshlagin biz juda ham ularni ko’rgimiz kelyapti.
Oymomo:Bizgabo’lmasam hozir gullar yo’lni topishda yordam beradilar.
Bolalar “Bog’ ichida” raqsini ijro etib beradilar.
/Davraga musiqa ostida quyoncha kirib keladi./
Quyon: Yordam beringlar ,yordam beringlar! O’rmon sehrgari O’rmon hayvonchalari rosa to’polon qilganliklari uchun chidolmay ularni muzlatib qo’ydilar.
/Davraga muzlab qolgan o’rmon hayvonchalar musiqa ostida kirib kelib qator turadilar./
Oymomo: Shoshma quyoncha , qani bir o’zinga kelib olchi. Hozir biz sehrgarni chaqiramiz.
Hamma:Sehrgar, sehrgar o’rmondagi afsungar. Oldimizga chiqaqol!
(Musiqa ostida sehrgar kirib keladi)
Sehrgar:Salom bolalar. Yana nima to’polon ! Axir bayram odob bor joyga
keladi-ku!
Bola: Assalomu alaykum O’rmon sehrgari. Bizga o’rmon
hayvonchalarini sehrdan ozod etib bering.
Sehrgar: Juda yaxshi! Agar sen mening topishmoqlarimni topsang men ularni jodudan ozod qilaman, topolmasang seni ham singling bilan birgalikda muzlatib qo’yaman.
Bola: Menga bog’chamiz bolalari yordam berishadi.
Sehrgar: TOPIShMOKLAR.
1.Toshu qumlarni surib tog’dan kelar yugurib. (Suv)
2.Bahorda o’sib chiqdi yam-yashil bo’lib chikdi. (Maysa)
3.Nur sochar o’tli yashar boqay desang ko’z qamashar. (Kuyosh)
4.O’zi qizil go’zal biram, qirga yozar go’zal gilam. (Gullolalar).
5.Ko’lsiz oyoqsiz eshik ochar. (Shamol).
6.Utushganda dala - qir kuladiqiqir-qiqir. (Yomg’ir).
/Har-bir to’g’ri topishmoqda o’rmon hayvonlari eriy boshlaydilar./
Ayiqpolvon: Uxlabman rosa to’yib ovozingiz eshitib,
Sergak tortibman bir dam, bo’lingiz menga hamdam.
Qarasam kelib bahor, to’lib oqmoqda anhor,
Qani asal yalasam mazza qilib quvnasam.
Quyon: Men quyon uzun quloq, bahor keldi sol quloq,
O’tloqlarda chopqillab, sakrashamiz quvnoqlab.
Yalpiz hidlari jo’shar, atrofga hid taratar,
Aylanib muzlar suvga, shodlanib to’lib oqar.
Kapalak: Men kapalak, kapalak, qanotlarim ipakdek,
Doim shoshib uchaman, gulga o’tiray andek.
So’rib gullar atrini, zavqlanaman bahorda,
Uchratarsan har kuni meni go’zal bog’changda.
Olmaxon: Kutdim qish bo’y i seni, sakrab,sakrab daraxtga.
Bahor keldi o’rmonga, dalalaru bog’larga.
Yana sakrab shoxlardan yong’oqchalar teraman,
Qish g’amini yozda yeb, sizga sovg’a beraman.
Dostları ilə paylaş: |