|
Sentyabr: Men esa sentyabrman. Menda O’zbekistonimizning mustaqillik kuni
tantanali nishonlanadi.
Oktyabr
|
səhifə | 40/56 | tarix | 07.01.2024 | ölçüsü | 0,65 Mb. | | #207702 |
| 21 mart Navro\'z bayrami ssenariylari
Sentyabr: Men esa sentyabrman. Menda O’zbekistonimizning mustaqillik kuni
tantanali nishonlanadi.
Oktyabr: Men oktyabrman. Menda “O’qituvchi , murabbiyalar” va “Davlat
tili” bayramlari nishonlanadi.
Noyabr: Men noyabr bo’laman. Menda Davlatimiz bayrog’i qabul qilingan
kun nishonlanadi.
Dekabr: Men esa dekabr bo’laman. Menda “ Qomusimiz” va “Archa “
bayramlari nishonlanadi.
Oymomo: Raxmat sizlarga oylar. Mana oylar ham to’plandi. Endi bugun
Fevral o’z o’rnini Martga topshiradi.
/Fevral qo’lidagi hassasini Mart oyiga uzatadi.Musika ostida//
Mart: Qushlar juft-juft sayrasin
Bog’ dala gulga to’lsin.
Dehqonning baxti kulsin,
Yurtda mo’lchilik bo’lsin./ deb hassasini yerga uradi./
Qizlar “ Xakkalakam “ raqsini ijro etib beradilar .
Boshlovchi: Salqin saharlarda bodom gulida
Binafsha labida yerlarda baxor
Kushlarning parvozi yellarning nozi
Bahmal vodiylarda qirlada bahor.
Aziz bolajonlar va mehmonlar davramizga go’zal Bahoroy tashrif buyuryapti. Kani Baxoroyni karsaklar bilan kutib olaylik.
«BAXOR VALSI» musiqasi ostida sahnaga Bahoroy kirib keladi.
Baxoroy:Salom aziz bolalar, mehribon onajonlar.
Bilimga qalbi to’la, mehrigo’yo ustozlar.
Bayram bilan tabriklab salom keltirdim sizga!
Boshlovchi: Rahmat senga Bahoroy !
Bahoroy: Azizlar bugun Navro’z bayrami! Keling go’zal Navro’zoyni qarshi olaylik.
/Musiqa ostida boshiga gulchambar kiygan, qo’lida guldasta bilan Navro’zoy kirib keladi./
Boshlovchi: Salom senga Navro’zoy! Fasli bahor elchisi.
Xush kelibsan davraga tabiat darakchisi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|