O’quvchi:
Boychechak bahor darakchisidir. Shu-ning uchun Sharq xalqlari bu gulning ochilishini ko’klam nishonasi deb bilishadi.
O’quvchi:
Erta bahorda bolalar to’da-to’da bo’lishib qir-adirlardan boychechak terishadi. Kim birinchi bo’lib boychechakni topsa, uni baxtli deb hisoblashgan. Bolalar topib olingan boychechakni berkitib, xovlima-xovli yurishib qo’shiq aytishgan.
Xo’r. “Boychechak”
Xalq o’yini (o’g’il bolalar) “Kim oladi shu ginani”
Davrani 4 boshlovchi davom ettiradi.
1-Boshlovchi:
Istiqlol tongida gullar to’lg’ondi,
Yuraklar to’lg’ondi, gullar uyg’ondi,
Navro’z navolari jonni yangratib
Ona yurt uyg’ondi, gulga cho’lg’ondi.
2-Boshlovchi:
Dimoqqa yalpizlar nafasi urar,
Yurakka muattar chechaklar kular,
Bir suluv kelinchak salomga kelar,
Ostonaga bosh ur aziz mehmonim
Navro’zni muborak, O’zbekistonim.
3-Boshlovchi:
Yurtim kuylayotgan dalalarinda
Sumalakning xushtam bo’ylari kezar
Go’daklarga aytgan allalaringda
Momolarning kuylari kezar
Ertadan umidvor boshi osmonim
Boshing omon bo’lsin, O’zbekistonim
4-Boshlovchi:
Eng avval tinch bo’lsin
Ko’ksingda vijdon
Tinch bo’lsin elu-yurt
Vatan jonajon
G’uborga cho’lg’onmay
Shu yeru-osmon
Tinch o’tgan har kuning
Albatta bayram
-Sumalak, ko’k somsa, patir, chuchvara taqdim etiladi.
Boshlovchilar:
Oh qandayin go’zal bu diyor
Mustaqillik-buyuk iftixor
Har kurtakda ipak istiqlol
Xalqim kuylar o’lanu yor-yor
Yana keldi yasanib bahor
Doshqozonda qaynar sumalak,
Tovlanadi misli kamalak.
Sochlarimga taqib jamalak,
Samolarga uchgim keladi,
Navro’zimni quchgim keladi.
Aziz ustozlar, muhtaramma aziz mehmonlar, sinfdoshlar kirib kelayotgan ulug’ ayyomingiz – Navro’z bayramingiz muborak bo’lsin. Har kuningiz Navro’z bo’lsin, bayramingiz bilan tabriklaymiz.
Dostları ilə paylaş: |