Nazariy mashgulotlar mazmuni


Ma’muriy- xo„jalik xarajatlariga



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə46/56
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#168653
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56
Axborot-kutubxona menejmnti uslubiy qo`llanma

Ma’muriy- xo„jalik xarajatlariga xodimlarni ish haqi, xizmat safarlari uchun xarajatlar, binoni saqlash va boshqa xo„jalik ehtiyojlariga qilinadigan xarajatlar kiradi.
Nomustaqil kutubxonalar (mablag„ ajratilishiga ko„ra) xizmat ko„rsatiladigan muassasa yoki korxona har yili smeta xarajatlarini tuzayotganda kutubxona ham o„zi uchun zarur buyurtmalarni beradi. Unda sotib olish mo„ljallanayotgan adabiyotlar va ular uchun talab qilinadigan pul miqdori, gazeta va jurnallar hamda boshqa obuna nashrlari uchun mablag„, kutubxona uchun zarur bo„lgan jixozlar va ularni qiymati ko„rsatib o„tiladi.
Kutubxona mudiri buyurtmalarni xisobga olinishini kuzatib boradi va yuqori tashkilotlar tomonidan muassasa smetasi tasdiqlangandan keyin esa kutubxona ehtiyojlari uchun qancha mablag„ ajratilganligini buxgalteriyadan aniqlaydi. Shuningdek, u adabiyotlarni o„z vaqtida sotib olish, vaqtli nashrlarga obunani rasmiylashtirish va ularni sotib olishni tashkil qiladi. Naqd pul tarzida olingan avans xarajatlari bo„yicha xisobot va isbotlovchi xujjatlar topshiradi, avansning foydalanilmagan qismini kassaga qaytaradi. Pul mablag„lari xarakati va ularning sarflanish xisobi esa muassasa buxgalteriyasida olib boriladi.
Mustaqil byudjetli kutubxonalar smeta loyixasini tuzadi va asoslab beradi. Berilgan kreditlardan maqsadga muvofiq foydalanish va xarajatlarni o„z vaqtida to„lashni kuzatib boradi, belgilangan qoidaga muvofiq daromad va xarajatlar xisobini olib boradi hamda moliyaviy xisobotlar tuzadi. Xisob va moliyaviy xisobotni buxgalteriya xodimlari olib boradi. Kutubxona rahbari ularni nazorat qiladi.
Davlat kutubxonalariga Respublika yoki maxalliy byudjetlardan mablag„ ajratiladi. Byudjet bo„lim,paragraf va moddalarga bo„linadi. Ajratmalar uz maqsadlariga qarab xarajat moddalari bo„yicha taqsimlanadi.
Smeta xisoblari va tejamkorlikka rioya qilishni unifikatsiyalash (bir xillika olib kelish) uchun ish yoki xizmat ko„rsatish birligiga bo„lgan xarajatlar hajmini belgilaydigan ko„pgina chiqimlarga normalar belgilangan. Normalar natural birliklarda (tonna ko„mir, kubometr o„tin, kilovatt elektrenergiya va x.k.) moddiy hamda pul xisobida ifodalangan moliyaviy bo„lishi mumkin. Normalar davlat tomonidan belgilanadigan majburiy (shtatlar, ish haqi stavkalari, komandirovka chiqimlari haqi) hamda mahalliy sharoitlarni xisobga olgan xolda reja va moliya organlari tomonidan ishlab chiqilgan fakultativga (isitish, yoritish va shu kabilar uchun) ajratiladi. Smeta tuzilganda davlat narxlari va tariflar, shuningdek moddiy va pul normalari bilan tasdiqlangan amaldagi qonunlarga rioya qilinadi.
Mavzu bo„yicha asosiy tushuncha va atamalar

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin