Nazariy mashgulotlar mazmuni


-kutubxonalarning aniq tipi va turi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə43/56
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#168653
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56
Axborot-kutubxona menejmnti uslubiy qo`llanma

-kutubxonalarning aniq tipi va turi bo‘yicha vazifa va faoliyatlarini belgilovchi;
-biron bir yirik kutubxona -uning faoliyati, rivojlantirish istiqbollari va boshqalar.
Sanab o‘tilgan darajalarning har birida faqat ob’ekt va uning to‘la hajmdagi faoliyatigina emas, balki ma’lum bir faoliyatlari yoki aspekti, mas alan axborot faoliyati ham istikbolni belgilash predmeti bo‘lishi mumkin.
Istiqbolni belgilash- ko‘p pog‘onali jarayon. Unga: maqsadning qo‘yilishi; tadqiqot qilinayotgan xodisaning uzoq muddatli retrospektiv o‘rganilishi; hozirgi ahvolini baholash va taxlil qilish; istiqbolni belgilash va oldindan ko‘rishni amalga oshirish ehtimoli kiradi.
Funktsional nuqtai nazardan istiqbolni belgilash tadqiqot va dasturiy jixatidan farq qilinadi. Tadqiqotlar orqali istiqbolni belgilash yo‘nalishlar va qonuniyatlarga, shu soxada to‘plangan tajribaga tayanib, rivojlantirishning mumkin bo‘lgan variantlarini aniqlaydi. Istiqbolni belgilashning bu turi ob’ektning muayyan vaqt- kelajakdagi xolatining manzarasini yaratadi.
Istiqbolni belgilashning dasturiy yo‘nalishi- maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan yo‘llar, tadbirlar, sharoitlar dasurini aniqlaydi.
Rejalashtirish hamda amaldagi rejalarga isloxatlar kiritishda istiqbolni belgilashlar vaqt intervaliga ko‘ra qisqa muddatli (3-7 yilga), o‘rtacha muddatli (7- 15 yilga) va uzoq muddatli (15 yildan ortiq) bo‘ladi.
Istiqbolni belgilashning ko‘plab usullari mavjud bo‘lib, u uch sinfga tabaqalanadi: ekstrapolyatsiya, ekspertiza va modellash.
Ekstrapolyatsiya usuli ( yoki to‘g‘ri usul) statistikadan keng foydalanishga asoslanadi va o‘tgan vaqtning qator ko‘rsatkichlari bo‘yicha ularning keyingi davrdagi qiymatini xisobga olishdan iborat bo‘ladi. Ekstrapolyatsiya rivojlanishning vujudga kelgan tendentsiyalaridan kelib chiqadi va ularning ayrim vaqt oralig‘i davomidagi muayyan parametrlari doimiyligini shart qilib qo‘yadi. Bu metod bilan turli xil ko‘rsatkichlarning o‘sish suriati xisoblanadi. Amaliy xisoblar uchun o‘sish suriatini, o‘sish belgisini va kupayish davrlari sonini ko‘rsatadigan diagrammalardan foydalanish qulaydir. Bunday usulni barometr usuli deb ham aytiladi.
Ekstrapolyatsiyaning ishonchliligi o‘rganilayotgan xodisaning kelajakdagi o‘zgarishi to‘g‘risidagi gipoteza sifatiga, ya’ni o‘zaro aloqadorlik xarakteri to‘g‘risida yoki bu xodisani belgilaydigan sabablar to‘g‘risidagi taxminlaming ilmiy asoslanganligiga bog‘liq.Faqat amaldagi faktorlarni xisobga olish bilan chegaralanib bo‘lmaydi. Bunda bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi faktorlar va mavjud vaziyatlardan chetga chiqishlar hamda yangi qoidalar vujudga kelishi ehtimolini ham xisobga olish kerak.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin