Kasbiy tanlov va saralash – kasbiy faoliyatning alohida turlariga yaroqlilik darajasini aniqlashga yo’naltirilgan shaxsning psixofiziologik xususiyatlari (tanlash) yoki aniq bir kasbga bo’lgan psixofiziologik me’yoriy talablar (saralash) asosida shaxsni har tomonlama o’rganish tizimidir.
Kasbiy moslashish – ishlab chiqarishda kasbiy faoliyatning ijtimoiy-psixologik va tashkiliy-texnik sharoitlariga shaxsni moslashtirishga, uni muvofaqqiyatli ravishda kasbni egallashi uchun shart-sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan choralarning majmuaviy tizimidir.
Professiografiya (axborot, tashxis, korreksiyalovchi, shakllantiruvchi) va kasbiy tashxis (shaxsni o’rganishning psixologik, psixofiziologik, tibbiy va boshqa usullarining majmui) kasbga yo’naltirishning axborot uslubiy ketma-ketligining asosi hisoblanadi.
Kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini rivojlantirishning asosiy bosqichlari. Kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini rivojlantirishning asosiy bosqichlari quyidagicha:
Birinchi bosqich (maktabgacha ta’lim yoshi) – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda (katta guruh) mehnat bilan band bo’ladigan insonlarga, ularning mashg’ulotlariga, shuningdek, qo’llaridan keladigan faoliyat turlari bo’yicha dastlabki mehant ko’nikmalarini ijobiy, hissiy-ta’sirchan shakllantirish;
Ikkinchi bosqich (1-4 sinflar) – kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda bilishga oid va o’yin ko’rinishidagi ijtimoiy-foydali mehnat faoliyatini amalga tatbiq qilish orqali, mehnatga hurmat, uning inson hayotida va jamiyatda tutgan o’rnini anglashini, ota-onalarining kasblariga hamda ommaviy kasblarga bo’lgan qiziqishini rivojlantirish;
Uchinchi bosqich (5-7 sinflar) – o’smirlar kasbiy yo’naltirilganlik bo’yicha kasb tanlash va jamiyatdagi o’z o’rnini topish bilan bog’liq bo’lgan qiziqishi, qobiliyati, ijtimoiy qadriyatlarning izlanuvchan – sinchkov ko’rinishlarini shakllantirish;
To’rtinchi bosqich (8-9 sinflar) – o’quvchilarda kasbiy o’zlikni anglashni shakllanish davri, ya’ni o’quvchilarni aniq bir kasbni tanlashning shaxsiy ma’noga egaligini tushunib yetishi, qadriyatlar to’g’risidagi o’z tasavvurlarini, faoliyat sohasini tanlashning jamiyat maqsadlari bilan qiyoslay olshini shakllantirish davri;