Beshinchi bosqich (akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining birinchi kurs o’quvchilari) – ijtimoiy-kasbiy maqomni aniqlash, ya’ni aniq bir mehnat faoliyati sohasidagi bilim va ko’nikmalar haqida har taraflama tasavvurlarni shakllantirish, ularni o’zlashtirishga kirishish, ishlab chiqarish mehnat jamoasining tartib-qoida va qadriyatlariga qo’shilishni shakllantirish davri;
Oltinchi bosqich (kasb-hunar kollejlarining oxirgi kurs o’quvchilari, oliy o’quv yurtlari talabalari) – kasbiy faoliyatga kirishish. Bu kasbiy faoliyatga jiddiy tayyorgarlik hamda mehnat jamoasidagi ish va tajribaning shakllanish davri;
Ettinchi bosqich (katta yoshdagi mehnat bilan band bo’lgan odamlar, ishsizlar) – shaxsiy imkoniyatlar va oldingi kasbiy – ijtimoiy tajribalarni hisobga olgan holda, zarurat bo’lganda boshqa kasbiy faoliyatga qayta yo’naltirish.
Davlat kasb-hunarga yo’naltirish tizimi bilan bir qatorda fuqarolar va korxonalarga kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha pullik xizmat ko’rsata oladigan, jumladan, tijorat yo’nalishidagi byuro, agentliklar tuzilishi mumkin.
CHeklangan mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan shaxslarni kasb-hunarga yo’naltirish mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, sog’liqni saqlash vazirliklari zimmasiga yuklatiladi. Tizimning barcha boshqaruv bosqichlarida mazkur vazirliklar shu ish uchun mas’ul xodimlar ajratadi.
Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida turli patologiyalarga mansub nogironlarni kasbiy tayyorgarlik olishlari uchun maxsuslashtirilgan bo’linmalar tormog’i yaratilishi lozim.
Kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini umumiy ilmiy-metodik ta’minoti, tegishli toifali xodimlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ijitmoiy-iqtisodiy, psixologik-pedagogik va tibbiy-fiziologik muammolari bo’yicha ilmiy tekshirishlarni muvofiqlashtirish ishlarini O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining O’quvchilarini kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika Tashxis markazi amalga oshiradi.
2-asosiy savolning bayoni. 1997 yil 29 avgustda O’zbekistonda “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilidi.
Ushbu xujjatlarda kasbga tanlashga yo’llash haqida Prezidentimiz I.Karimov o’z nutqida quyidagilarga alohida e’tibor bergan:
Bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga ‘pue niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohatlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri – bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakli, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz.
SHu bilan birga, hammamiz yana bir haqiqatni anglab yetmoqdamiz. Faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qalriyatlarini, bir so’z bilan aytganda, o’zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib, obro’li o’rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin. Bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyotlash, ta’lim va bilim berish tizimi, hayotimizda, jamiyatimizda bo’layotgan islohot, yangilanish jaryonlari talablari bilan yaqindan bog’lanmaganligi har tomonlama sezilmoqda.
Ochiq tan olish kerak: maktablarning moddiy bazasi juda nochor. Bu masalada naqadar oqsoqligimizni, nochorligimizni, birinchi navbatda, qishloq joylaridagi ahvol-vaziyat misolida ochiq tan olishimiz kerak.
Ikkinchi masala, avval aytganimdek, tarbiyachi, ya’ni o’qituvchiga borib taqalyapti. Tarbiyachining o’ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo’lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirishdagi asosiy muammo ham mana shu yerda. O’qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o’zi ana shunday bilimga ega bo’lishi kerak. SHu bilan birga, o’qituvchi va murabbiylarning hayotiy talablarini qondirish, ularni rag’batlantirish, ularning o’z ishi, kasbidan mamnun bo’lishini ta’minlashimiz lozim. Albatta, bu masalani birdaniga yechish qiyin, lekin uni yechmasdan turib, kelajak avlod tarbiyasi to’g’risida gapirishning o’zi mutlaqo nomaqbuldir.
Norasida bolaning miyasi, ongi nimani o’ziga singdira oladi, nimani qabul qilmaydi? Afsuski, bu haqda hech kim bosh qotirayotgani yo’q. SHu masalalar bilan shug’ullanishi kerak bo’lgan mutasaddi institut va markazlarimiz yetarli. Xulosa shundayki, bugungi umumta’lim jarayonidagi uch bosqichdan hech qaysisida o’ziga yarasha talab yo’q. Boshqacha aytganda, har qanday o’quv bosqichiga aniq talablar standart darajasida rasmiylashtirilgani yo’q.
SHunga qarab, o’quv jarayoni, mazmuni, o’qitiladigan darsliklar sonini, qanaqa sinfda qanday bilim va tarbiya berish kerakligini aniqlash mumkin bo’ladi.
Misol uchun, umumta’lim maktablarida o’qitilayotgan fanlarning soni 20 ga yetadi. Lekin, afsuski, o’quv rejalarida yoshlarga axloq va odob, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy bilimlar asoslarini o’rgatadigan fanlar yetarli o’rni olgan emas. Mavjud fanlar esa tarkiban eski holida saqlanib qolmoqda. Bu esa mustaqillik va bozor iqtisodiyoti sharoitida yuzaga chiqqan davlat milliy ehtiyojlarni qondirishga to’sqinlik qilmoqda. Hammamizga ayonki, ta’lim darslikdan boshlanadi. Achchiq bo’lsa ham tan olishga majburmiz: deyarli barcha sohada darsliklarimiz ahvoli bugungi va ertangi kun talablari darajasida emas. Bir e’tibor bering: pedagogika tajribasida “bitiruvchi”, degan ibora bor. Bu iboraga izoh berib o’tirishning hojati yo’q. YA’niki, bola maktabni bitirsa bas, uning bilim va tarbiyasi haqida gapirmasa ham bo’laveradi. Ta’lim-tarbiya islohoti haqida gapirar ekanmiz, uning mazmunini lo’nda qilib ifoda etish mumkin: bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko’rgan shaxslar kerak. SHu joyda yana bir og’ir savolga duch kelamiz: bolalar qaysi sinfdan boshlab mustaqil fikr yuritishga o’rgatiladimi? Aminmanki, o’rgatilmaydi. Mabodo biror o’quv o’qituvchiga e’tiroz bildirsa, ertaga u hech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktablardagi jarayonda o’qituvchi hukmron. U boladan faqat o’zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi. Prinsip ham tayyor: “Mening aytganim-aytgan, deganim-degan”. O’qituvchi va o’quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o’rnini ongli intizom egallashi juda qiyin kechayapti. O’qituvchining bosh vazifasi o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko’pincha yaxshi tushunamiz, lekin, afsuski, amalda, tajribamizda unga rioya qilmaymiz.