Nazorat-o’lchov asboblari va yordamchi jixozlar Reja
Akkumulyator batareyasini zaryad rejimini nazorat kilish asboblari. Akkumulyator batareyasini zaryadlash rejimini nazorat kilish bir vaktning uzida generator va rele-rostlagichning texnik xolatini xam nazorat kilish imkoniyatini beradi. Zaryad-lash rejimini nazorat kilish ampermetr, voltmetr yoki signal lampa yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ampermetr zaryadlash zanjiriga ketma-ket, ya’ni akkumu-lyator va generatorning musbat kutblari orasiga ulanadi. Avtomobil ampermetrlari elektromexanik asboblar turkumiga mansub bulib ularning elektromagnitli yoki magnitoelektr turlari mavjud.
Elektromagnitli yoki kuzgalmas magnitli ampermetrlar sodda tuzilishiga ega bulganligi sababli kengrok tatbik topgan. Ampermetr (118-rasm) asos 4, doimiy magnit 3, jezdan tayyorlangan utkazgich 1, yakorcha 5 va strelka 2 dan iborat. Asbob zanjirida tok bulmaganda yakorcha 5 doimiy magnit yunalishi buylab gorizontal xolda buladi va strelka kursatkich shkalasining urtasida, ya’ni 0 belgisi ruparasida turadi. Asos 4 va jez utkazgich 1 orkali tok uta boshlasa, uning atrofida xosil bulgan magnit maydoni ta’sirida yakorcha 6 va u bilan birga strelka 1 tok yunalishiga kura u yoki bu tomonga oga boshlaydi. Agar strelka ung tomonga ogsa zaryadlanish, chap tomonga ogsa razryadlanish jarayonini kursatadi. Utayotgan tokning kiymati kanchalik katta bulsa, strelkaning burilish burchagi shunchalik kup buladi.
Generator kurilmasi xaydovchi kabinasidan uzokrok joylashgan bulsa (masalan LAZ avtobuslari) yoki generatorlarning kuvvati va ulchanadigan tok kiymati katta bulgan xollarda, kesim yuzasi katta bulgan simlarni kamrok ishlatish maksadida magnitoelektr tizimga mansub, kuzgaluvchi magnitli ampermetrlar kullaniladi. Bu turdagi ampermetrlarning tuzilishi logometrik kursatkichlarning (107-rasm) tuzilishiga juda uxshash.