Maktabgacha ta’lim tashkiloti ishchi guruhi a’zolari: Maktabgacha ta’lim tashkiloti
mudiri_______________
Maktabgacha ta’lim
tashkiloti metodisti______________
Maktabgacha ta’lim tashkiloti
psixologi _______________
Maktabgacha ta’lim tashkiloti
tarbiyachisi ________________
Maktabgacha ta’lim tashkiloti
ma’naviy-ma’rifiy ishlar uchun ma’sul ________________
__________tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi ______sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti maktabga tayyorlov guruhida o‘tkazilgan yalpi nazorat natijalari
Guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviy yondashgan holda tashkil etilishi.
3
Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar.
4
Bolalarning rivojlanishi va maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasi.
5
Guruhning sanitar-gigienik hamda moddiy-texnik bazasi.
6
Ota-onalar hamda Kuzatuv kengashi bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlarning holati.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ishchi guruhi a’zolari:
Maktabgacha ta’lim tashkiloti
mudiri_______________
Maktabgacha ta’lim
tashkiloti metodisti______________
Maktabgacha ta’lim tashkiloti
psixologi _______________
Maktabgacha ta’lim tashkiloti
tarbiyachisi ________________
Maktabgacha ta’lim tashkiloti
ma’naviy-ma’rifiy ishlar uchun ma’sul ________________
Mavzuli nazorat- tarbiyachining rejada belgilangan mavzu asosida ta’lim-tarbiya jarayoniga yondoshuvini o‘rganishni nazarda tutadi. Ishchi guruh ma’lum bir yo‘nalish bo‘yicha ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish sifatini bajarilishi nazorat qiladi. Masalan: Maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi o‘quv yiliga tayyorliginitashkil etish bo‘yicha o‘rganish rejalashtirilganda quyidagi masalalarga aniqlik kiritish nazarda tutiladi.
Mavzuli nazorat maktabgacha ta’lim tashkilotlarda eng keng tarqalgan turidir. Mavzuli nazorat tarbiyachining ish tizimini dasturda ko‘rsatilgan ma’lum mavzu yoki yillik vazifa doirasida o‘rganishni nazarda tutadi. Metodist nazorat uchun mezonlar ishlab chiqadi. Mazkur mezonlar asosida tarbiyachining ishi tekshiriladi.
Masalan, metodist ma’lum yo‘nalish bo‘yicha dastur qanday bajarilayotganligini; tarbiyachi mashg‘ulotlar o‘tkazish metodikasini egallagan-egallamaganligini bolalarda madaniy-gigienik va mehnat malakalarining darajasi qandayligini; bolalar o‘yinida tarbiyachining roli qandayligini; sayrlardan tabiat va tevarak-atrof bilan tanishtirish maqsadlarida foydalanilayotganligi yoki yo‘qligini; bolalarni maktabda o‘qishga psixologik tayyorlash sifati qandayligini va shu kabilarni tekshiradi.
Tajribali, pedagoglik mahorati yuqori bo‘lgan tarbiyachilar ishlaydigan guruhlarda metodist mavzuli nazoratni bu tarbiyachilarning ish tizimini o‘rganish va ilg‘or tajribani yoyish maqsadlarida o‘tkazadi.
Nazoratning istalgan turi agarda metodist unga jiddiy hamda puxta tayyorgarlik ko‘rgan holdagina samarali bo‘lishi mumkin.
Eng avvalo tekshirish maqsadini aniq belgilash lozim. Masalan, kichik guruhda bolalarning kun davomidagi xilma-xil faoliyatlari uchun sharoitlarning yaratilishini kuzatish; katta guruhda bolalarning o‘yin va mehnatidagi o‘zaro munosabatlarini kuzatish (ular inoq o‘ynay oladilarmi va hamjihatlik bilan mehnat qila oladilarmi); o‘rta guruhda nutqni o‘stirishga doir dastur vazifalarining o‘zlashtirilishini tekshirish. Maqsadni belgilab, metodist tarbiyachining rejasi bilan uni «Ilk qadam» Davlat o‘quv dasturi talablariga solishtirib tanishadi, oldingi tekshiruv natijalari tahlilning yozuvlari bilan tanishadi, bolalarning ishlarini o‘rganadi, oldindan tarbiyachi va bolalar bilan suhbatlashadi, metodik adabiyot yangiliklari, ilg‘or pedagogik tajribani umumlashtirish materiallari va tadqiqotlar ma’lumotlari bilan tanishadi va nihoyat, tekshirish jarayonida javob olmoqchi bo‘lgan savollarni mo‘ljallab tekshirishniig qisqa, ammo aniq rejasini ishlab chiqadi.