TAQRIZ Fizika yo’nalishi 4-bosqich talabasi Xoldaraliyev Valijonning “Ko’p fotonli jarayonlar” kurs ishini yozilishining rasmiylashtirish ishlari kurs ishi talabnomasiga to’liq mos keladi. Kurs ishi reja asosida yozilgan bo’lib u kirish, 2 ta bob, ilmiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar jumladan internet ma’lumotlaridan foydalanilganligi bajarilgan kurs ishida ko’rinib turibdi.
Ushbu kurs ishini bayon etishda davlatimizni Oliy ta’lim sohasini rivojlantirishdagi bir qancha muommoli masalalarni hal etishda ko’rsatilgan yo’l yo’rug’lar 2017-2021-yillar mobaynida ILM ZIYO ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshiruvchi iqtidorli bakalavr talabalarni tarbiyalashda ularga chuqur bilim berish bilan jahon andozlariga mos bo’lgan yetuk kadr etib tayyorlashda ilmiy tadqiqot mavzularini mukammallik bilan bajarish hamda olingan muxim ilmiy natijalarni OAK ro’yhatidagi - xorijiy, MDH respublika jurnallarida nashr etish, Xorijiy Simpozium anjumanlarda ishtirok etishiga ko’maklashish va ularni komil inson bo’lib yetishiga hissa qo’shish to’g’risida va yangi ta’lim qonunlari ustivorligi haqida kurs ishining kirish qismida bayon etilgan.
Kurs ishining birinchi bobida I BOB Ko‘p fotonli jarayonlar, Nochiziqli optika. 1.1 Lazer texnologiyasi, Nochiziqli optika,Ko‘p fotonli jarayonlar 1.2 Yoqutli lazer nurlanishi benzol. 1.3 Ko'p fotonli so'rish. 1.4-.Bobga oid xulosa lazerlar to’g’risida juda yaxshi ma’lumotlar bayon etilgan ya’ni eng qiziqarlisi to’lqin vektori formulasini yangi usul bilan keltirib chiqarilishi adabiyotlar sharxiga berilgan urg’udir.
Kurs ishining ikkinchi bobida to’g’risida nazariy II BOB Ko’p fotonli jarayonlar, Geliy va neon lazerning prinsipial chizmasi. 2.1 Ko’p fotonli jarayonlar 2.2 Geliy va neon lazerning prinsipial chizmasi 2.3 Lazer nurlarining quvvati 2.4-.Bobga oid xulosa va umumiy xulosalar foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, keltirilgan va taxlilini bajargan.
Farg’ona davlat universiteti, Fizika-matematika fakulteti, Fizika kafedrasining 2022 yil 14 dekabrdagi navbatdan tashqari yig’ilishi