Neft quduqlarini ishlatishda yuzaga keladigan asosiy asoratlar va ulani joriy ta’mirlash ishlari


Quduqlarni ishlatishda tuz yotqiziqlari hosil bo‘lishi



Yüklə 434,74 Kb.
səhifə3/5
tarix19.05.2023
ölçüsü434,74 Kb.
#117196
1   2   3   4   5
Neft quduqlarini ishlatishda yuzaga keladigan asosiy asoratlar va ulani joriy ta’mirlash ishlari

1.4 Quduqlarni ishlatishda tuz yotqiziqlari hosil bo‘lishi
Tuz yotqiziqlari-qatlamda, quduqda, quvur uzatmalarida va neft tayyorlash uchkunasi jihozlarida suv harakatining deyarli butun yonalishi davomida hosil bo‘lishi mumkin.
Asosan tuz yotqiziqlari kontur ichra suv bostirishda hamda chuchuk suvlar bilan suv bostirishda kuzatiladi, chunki haydalgan suv qoldiq suvlar bilan tutashganda sulfatlarga to‘yinishi va minerallarning erishi kuzatiladi:
a) turli xil gorizontlardan yoki qatlamchalardan quduqqa kelayotgan suvlarning kimyoviy nomutanosibligi.
б) termodinamik sharoitning o‘zgarishida suv-tuzli tizimning o‘ta to‘yinishi.
Tuz yotqiziqlari neft qazib olish sur’atining pasayishiga, quduq ishida ta’mirlash aro davrlarining qisqarishiga olib keladi. Tuzlarning asosiy komponentlari bo‘lib, gips yoki kalsiy karbonatlari va magniy karbonatlari hisoblanadi. Uning tarkibiga shu bilan birgalikda kremniy диоксиди, темирнинг oksidli birikmalari, organik jinslar (parafin, asfaltenlar, mumlar) va hokozolar kiradi.
Cho‘kindilar zich yoki bo‘shoq bo‘lishi mumkin, metall bilan tutashmasining mustahkamligi qatlam chuqurligiga qarab ortadi.
Yotqiziqlar tarkibining va tarkibining va tuzilishining har xilligi ularga qarshi kurashda har bir konda xususiy yondoshishni talab etadi.
Qatlamni va quduqlarni muddatdan oldin suvlanishining oldini olish uchun, ishlash jarayonida qo‘yidagi boshqarish usullari qo‘llaniladi. Quduqlar ishining texnologik tizimlarini optimallashtirish bilan suvlarning til va konus hosil qilishini kamaytirishga erishiladi, ko‘p qatlamli konning yuqori o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan qatlamlaridagi suvning ildamlanish harakatini bartaraf etish uchun esa bir vaqtda – ajratib ishlatish usuli qo‘llaniladi.
Neftni suv bilan siqib chiqarish sharoitida neft konlarini ishlashda qatlamdan qatlamdan olinayotgan suyuqlikning 98% suvlanishiga qadar kuzatiladi. Shuning uchun suv yo‘lini berkitishdagi ta’mirlov ishlarini amalga oshirish faqatgina quduq muddatidan oldin suvlanish paytida maqsadga muvofiq. Ajratish – ta’mirlash ishlarining asosiy maqsadli loyihaviy neft bera oluvchanlik koeffitsiyentiga erishish uchun qatlamni ishlatishni optimal sharoitini yaratishdan iborat.
Quduqlarning suvlanish yo‘llarini ochiq – oydin tasavvur etish bilan ajratish ishlarining maqsadini, tanlangan usulni va uni amalga oshiruvchi texnologiyani asoslashni aniq ifodalash mumkin. Suvning kirib kelish yo‘llarini o‘rganishda kon geofizikasi tadqiqot usullari qo‘llaniladi:
Mustahkamlanmagan quduqlarda esa radiaktiv indikator haydash usuli, termometriya, impulsli neytron – neytronli karotaj (INNK), azot va boshqa usullar qo‘llaniladi.
Biroq bu usullar har doim ham ishonchli emas. Shuning uchun suv oqimi yo‘lini ajratish bilan bog‘liq masalalarni adratish ishlarini natijalariga asoslangan holda sinalgan yo‘l bilan hal etish kerak.

Yüklə 434,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin