Neft quduqlarini ishlatishda yuzaga keladigan asosiy asoratlar va ulani joriy ta’mirlash ishlari


Qatlam suvlaridan muhofaza qilish – izolyatsiya ishlari



Yüklə 434,74 Kb.
səhifə4/5
tarix19.05.2023
ölçüsü434,74 Kb.
#117196
1   2   3   4   5
Neft quduqlarini ishlatishda yuzaga keladigan asosiy asoratlar va ulani joriy ta’mirlash ishlari

2. Qatlam suvlaridan muhofaza qilish – izolyatsiya ishlari
Barcha ajratish – ta’mirlash ishlarini maqsadga muvofiq holda uch ko‘rinishda bajarish mmukin : mustahkamlovchi quvurlar birikmasini va sement halqasini nogermetikligini bartaraf etish; alohida qatlamlarni o‘chirish; qatlamning alohida suvlangan oraliqlarini, qalinlik bo‘yicha joylashish o‘rni va suvlanish tavsifidan qat’iy nazar uchirish, shu bilan birga quduqlarda suv haydash hamda kesmasini boshqarish.
G‘ovaklar, yoriqlar, g‘ovaklar va boshqa turli o‘lchamdagi kanallar suv oqimining yo‘llari bo‘lishi mumkin. Oqimni ajratish usulini va suv qabul qilish kesmini boshqarishni texnologik nuqtai nazardan ajratuvchi materiallarning dispersiyalanish boschiqiga qarab qo‘yidagi guruhlarga bo‘lanadi:
1). Tamponlovchi eritmani qatlam g‘ovaklariga sizilishi;
2). Ingichka – dispergatsiyali tamponlovchi materiallar suspenziyasi;
3). Donalangan tamponlovchi materiallar suspenziyasi;
4). Mexanik moslanmalar va qurilmalar.
Zarralarning g‘ovaklarga kirishi g‘ovak (d,) va zarralarning (d,) o‘lchamlariga bog‘liq. Agar d,>10d bo‘lsa, bunda sochilgan (dispersiyali) zarralar g‘ovak kanallari buylab erkin harakatlanadi. d,<3d da o‘tish bo‘lmaydi; 3< d,/ d,<10 bo‘lganda d,/5d, ko‘proq yuz beradigan suyuqliklar sizilishidagi kolmatatsiasi sodir bo‘ladi. Agar yoriqning kengligi d zarra diametridan ikki barobar ortiq bo‘lsa d >2d dan, zarralar yoriqlar bo‘yicha erkin harakatlanadi deb hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki g‘ovaklar uchun 3 >d/d>10 yoriqlar uchun 1< d/ d<2 bo‘lgan ingichka dispersli materiallar kiradi. Hozirgi vaqtda ko‘pgina turli xil tamponlovchi materiallar taklif etilgan. Tamponlovchi to‘siqlarni yaratish mexanizmini fizik hodisalar va kimyoviy reaksiyalarga asoslangan. Tamponlovchi materiallarini turli xil mumlar (SD-9, S-10) polimer eritmalari (gipan, SFM, metas, tampakril va hokazolar), organik birikmalar (qovushqoq gazsizlantirilgan neft; karbonsuvli erituvchilar, mazut, bitum va parafinga to‘yintirilgan; neft empulsiyalari, neft oltingugurt kislotalari aralashmalari va hokazolar), kremniyli birikmalar (selikagel) va boshqa noorganik jismlar (natriy silikati, kalsiylangan soda va boshqalar) asosida yaratish mumkin.
Zarrali eritmalarni sochilish muhiti bo‘lib, suvlar yoki karbon suvchillar asosidagi suyuqliklar va shular qatorida g‘ovaklarda siziluvchi tamponlovchi materiallar ham xizmat qiladi. Dispersion faza sifatida sement, gil, parafin, yuqori oksidlangan mum, rubraksa, yong‘oq po‘chog‘i poliolefinlar (polimerlar), magniy, yog‘och qipig‘i, teri, asbest, so‘ndirilgan ohak, qum, graviy, burg‘ilovchi eritmaning og‘irlagichlari, rezina va neylon sharchalarni qo‘llash taklif etiladi.
Mexanik moslamalar va uskunalarga quvurlar, xvostovik yoki kichik diametrli qo‘shimcha quvurlar birikmasini misol qilish mumkin.
G‘ovak muhitni jipslab berkitish mexanizmi bo‘yicha bu usullar saralangan va saralanmagan usullarga bo‘linadi. Saralab ajratish usuli ikki guruhga ajratiladi:
1). Suvda erimaydigan va neftda eriydigan, materiallarning g‘ovak bo‘shlig‘ini jipslab berkitishni hosil qiluvchi saralangan ajatuvchi rayegentlar;
2). Qatlam neftiga ta’sir etmaydigan va qatlam suvi bilan aralashganda materiallar g‘ovak bo‘shlig‘ini jipslab berkitishni hosil qiluvchi saralangan ta’sirdagi ajratuvchi reagentlar.
Bir yoki bir necha ta’mirlov – ajratish ishlarini bajarganda, har bir ajratish usuli o‘zining samarali qo‘llash doirasiga ega. Uni mahsuldor qatlam yoki suvlantiruvchi qatlamning geologik – fizik xususiyatlariga, quduq konstruksiyasiga, gidrodinamik sharoitlarga, berilgan kondagi ta’mirlovchi ajratish ishlarini o‘tkazish tajribasiga, materillar va texnika bilan jihozlanganligiga bog‘liq holda tanlanadi. Juda keng ko‘lamda sement suspenziyasi va SD-9 mum tarkibi qo‘llaniladi.

Yüklə 434,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin