2012- yilda neft qazib chiqarish bo’yicha jahondagi yetakchi davlatlar davlatlar mln.t. Saudiya Arabistoni -425 AQSh-385 Rossiya-350 Eron-190 Venesuela-180 Meksika-150 Xitoy-165 O’zbekiston-7 Jahon bo’yicha-3790
Neft qazib chiqaruvchi davlatlar soni tez ko’paydi. Hozirgi paytda jahonning 80 dan ortiq mamlakatlarida neft qazib chiqarilmoqda. Muhim tomoni shundaki, jahon neft zaxiralarining 86 foizi va qazib chiqarilayotgan neftning salkam 52 foizi rivojlanayotgan davlatlar hissasiga to’g’ri keladi. Jahonda neftni qazib chiqarish va eksport qilishda OPEK (neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti, unga Jazoyir, Liviya, Iroq, Quvayt, Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA, Indoneziya, Nigeriya, Gabon, Venesuela, Ekvador davlatlari a’zo) mamlakatlari muhim rol o’ynamoqda. Hozirgi paytda bu mamlakatlar guruhi jahonda aniqlangan neft zaxiralarining salkam 80 foiziga qazib chiqarilayotgan neftning esa salkam 50 foizdan ortiq qismiga foiziga egalik qilmoqda. Jahonda neftga eng boy hudud Fors qo’ltig’i sohillarida joylashgan mamlakatlar hisoblanadi. Faqat ana shu davlatlar yer qa’rida jahon neft zaxiralarining 2/3 qismidan ko’prog’i to’plangan va ular qazib chiqarilayotgan neftning 1/4 qismidan ko’prog’ini bermoqda. Hozirgi vaqtda jahonda jami qazib chiqarilayotgan neftning 26 foizga yaqini dengiz sayozliklaridan qazib chiqarilmoqda. Shu yo’l bilan neft qazib chiqarayotgan davlatlar soni 50 tadir. Ayrim mintaqa va davlatlarda dengiz neftining hissasi ayniqsa yuqori, jumladan, bu ko’rsatkich G’arbiy Yevropada 90 % ni, Lotin Amerikasida 50 % dan ko’prog’ini tashkil qiladi.