Neft va gazni qayta ishlash operatori


O’quv dasturi umumiy talablari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə72/105
tarix26.06.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#135178
növüУчебная программа
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   105
40720602 NUD to`plam NGQI

1. O’quv dasturi umumiy talablari

Dastur nomi

Neft va gaz kimyoviy sintezi texnologiyasi

Ajratilgan soat

180

Mavzular soni

30

Dasturning maqsadi

Neft va gazni qayta ishlash kasbning asosiy maqsadi, neftni qayta ishlash texnologiyasi jarayonlarini boshqarish va to’xtovsiz ishlashini ta’minlash.

O’zlashtirish (o’qitish) natijalari

  • uglevodorodli gazlarni absobsion va adsorbsion usulda nordon komponentlardan tozalay oladi;

  • tabiiy gazlarni namsizlantirishni amalga oshira oladi;

  • tabiiy gazlarni fraksiyaga ajratish;

  • neft moylarini ishlab chiqarish usulini biladi;

  • neft moylarini selektiv tozalash turlarini biladi;

  • neft va gazni qayta ishlashda termodistruksion jarayonlarini biladi;

Bilimlar



  • -neft mahsulotlariniyig’ish va qayta ishlashga tayyorlash usullari;

  • -neft va neft mahsulotlarining asosiy xususiyatlari;

  • -neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish turlari;

  • - neftni barqarorlashtirish usullari;

  • -neft va gaz kondensatini xaydash turlari;

  • - neftni vakuumli xaydash usulini;

  • -katalitik jarayonlar umumiy tavsifi;

  • -katalitik riforming texnologik tizimi;

  • -neftni qayta ishlashda gidrogenizatson jarayonlardan foydalanishni;

Ko’nikmalar



  • neft qayta ishlash jarayoni loyihasini tuzish,kerakli ma’lumotlarni to’plash,

  • neft va gaz, suvni yig’ish tozalash va haydashning turlari va ularning avfzalliklari,kamchiliklari,konlarda neft va gazni tayyorlash texnologik jarayonlari,asosiy asbob uskunalar,ularning vazifasi va texnologik ish tartibi bajarish;

  • -termik kreking jarayoni va sanoatdagi termik kreking qurilmalaridan foydanish;

  • -katalitik kreking jarayonga ta’sir qiluvchi omillarini eti’borga olish;

  • -katalitik kreking sanoat qurilmalari ishlatish;

  • -tabiiy gazlarni ajratish tizimlaridan foydalanish;

O’quv rejasiga muvofiq o’zaro bog’liq bo’lgan fanning nomi

“Neft va gaz kimyoviy sintezi texnologiyasi” dasturi

O’qitishni tashkiliy shakli

N – Nazariy ta’lim;
A – Amaliy ta’lim;
NA – Nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi;
MX – Maxsus xonada o’tkaziladigan mashg’ulot.

Dasturga qo’yilgan talab

Majburiy

O’qitish tili

Guruhda belgilangan o’qitish tili asosida

Baholash tartibi

Baholash bo’yicha amaldagi tartib asosida

O’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini baholash

Yozma, og’zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin