O’quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Energetika yo’nalishlari bo’yicha O’quv-metodik birlashmasining 2023-yil 23-avgustdagi 3-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchilar:
H.Ostonova
A.R Xafizov
Buxoro neft va gaz sanoati kolleji ingliz tili o’qituvchisi
Buxoro neft va gaz sanoati kolleji o’quv tarbiyaviy ishlari bo’yicha direktor muovini
Taqrizchilar:
D.I.Xodjaeva
M.N.Hikmatova
Buxoro davlat universiteti, Xorijiy tillar fakulteti tabiiy yo’nalishlarda chet tili kafedrasi mudiri PhD.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti gumanitar yo’nalishlarda chet tili kafedrasi mudiri f.f.n,dotsent.
X.R.Latipov
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi bosh
texnologi o’rinbosari
1. O’quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Kasbiy faoliyatda chet tili
Ajratilgan soat
100
O’qituvchining mashg’ulotida qatnashib o’zlashtirilishi lozim bo’lgan mavzular soni
50
Dasturning maqsadi
Chet tili kommunikativ kompetensiyasi – o’rganilayotgan chet tili bo’yicha egallagan bilim, ko’nikma va malakalarni muloqot jarayonida qo’llash qobiliyatni rivojlantirish O’quvchilarning kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun chet tilida kommunikativ kompetetsiyasini shakllantirish.
Chet el korxonalari bilan bitimga kelishuv, ishga kirish va faoliyat jarayonida ingliz tili bilim va ko’nikmalarini qo’llab biladi.
3.Ingliz tilida yozish hamda ma’lumotlar manbalari bilan ishlay oladi va kasbiy sohaga oid ma’lumotlarni taqdimotini qilib biladi.
4. Neft va gaz sohasiga oid bo’lgan terminlarni muloqot jarayonida qo’llay oladi.
Bilimlar
Sohaga doir tinglab tushunish, gapirish, o’qish va yozishga doir umumiy bilimlarga ega bo’lish.
Dialog olib borish.
Muloqotni olib borishda lug’atdan keng foydalana olish.
Rezyume va tavsiya xatlar haqida umumiy tasavvurga ega bo’lish.
Maxsus rasmiy va norasmiy noma/xatlar to’ldirilishini bilish.
O’tilgan grammatik material (fe’l zamonlari, modal fe’llar, sifat va ravishlarning qiyosiy darajalari, predloglar va hokazo)ni kundalik, ilmiy va sohaviy kontekstlarda to’g’ri qo’llay olish;
Neft maxsulotlarini tashish va saqlash haqida ingliz tilida ma’lumot bera olish.
Ko’nikmalar
Akademik ko’nikmalar-tinglab tushunish, gapirish, o’qish va yozish ko’nikmasiga doir mashqlarni bajarish;
Dialog olib borish;
Rezyume va tavsiya xatlarini yozish;
Maxsus rasmiy va norasmiy noma/xatlar yozish;
Tildan foydalanish ko’nikmalari, jumladan, grammatika, so’z boyligi va talaffuz shakllantirish.
O’tilgan grammatik material (fe’l zamonlari, modal fe’llar, sifat va ravishlarning qiyosiy darajalari, predloglar va hokazo)ni kundalik, ilmiy va sohaviy kontekstlarda to’g’ri qo’llay olish;
Neft va gaz sohasiga oid bo’lgan termilarni og’zaki va yozma nutqda qo’llay olish.