554
tayyorlash; reaktorni tayyorlash; tutish; granullash; yig‗ish va chiqindilarni
utilizatsiya qilish. Xomashyoni tayyorlash bo‗linmasida qabul qilish, saqlash,
ishchi aralashmalarni tayyorlash, suvsizlantirish, mexanik aralashmalardan
tozalash, kerakli haroratgacha qizdirish va xomashyoga qo‗shmalarni qo‗shish
(aparatlar: markazdan qochma nasoslar, bug‗li qizdirgichlar, ko‗pik ajratgichli
namni bug‗lantirgich, pech va fil‘tr).
Reaktor bo‗linmasida texnik uglerodni hosil qilish uchun yoqiladigan
mahsulotlarni yuqori haroratli oqimda yoyish sodir bo‗ladi hamda gaz
aralashmasi qurumlarini (apparatlar: reaktor, havoni qizdirib beruvchi, kollektor,
muzlatgich-sug‗orgich) sovutadi.
Tutqich bo‗linmasida gazsimon mahsulotlarni reaksiyasidan ajralib
chiqqan (apparatlar: siklonlar, yengli fil‘trlar, kalorifer, shamollatgichlar) texnik
uglerod ajralib chiqadi. Granullash bo‗linmasida texnik uglerodni begona
qo‗shimchalardan tozalash, uni zichlashtirish va granullash (apparatlar:
aralashtiruvchi-granullagich, qurituvchi baraban elevator, konveyr, ajratgich)
ishlari amalga oshiriladi. Qurilmaning texnologik sxemasi 14.13-rasmda
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: