246
Radiant
zmeyevikning
uzunligi
bo‗yicha
temperaturalarning
taqsimlanishi, piroliz natijalari uchun, katta ahamiyatga ega. Temperatura egri
chizig‗ining shakli, reaksiyaga kirishuvchi oqimning piroliz zonasining so‗nggi
(oqim yo‗nalishi bo‗yicha) uchdan bir qismi davomidagi temperaturalar
farqining, umumiy piroliz zonasidagi temperaturalar farqiga nisbati sifatida
qabul qilinadigan, profil omili bilan tavsiflanadi.Temperatura egri chizig‗ining
to‗g‗ri chiziqli shakli uchun profil omili 0,33 ga teng, botiq egri chiziq uchun u
bu qiymatdan ortiq, qabariq egri chiziq uchun u bu qiymatdan kam bo‗ladi.
Boshqa sharoitlar birxil bo‗lganda, temperatura egri chizig‗ining qabariq
shakli etilen va aromatik uglevodorodlar chiqishining ortishiga, botiq shakli esa,
odatda, nisbatan yuqori molekulyar olefinlar – propilen, butilen, butadiyen
chiqishining ortishiga yordam beradi.
Temperatura profilini tartibga solish yordamida, ma‘lum chegaralarda
piroliz mahsulotlari tarkibini o‗zgartirish mumkin (zonalar bo‗yicha tartibga
solish).
Vertikal joylashgan piroliz zmeyeviklari uchun pirolizning temperatura
egri chizig‗ining bir tekis ortib borishi va reaksiya rejimining keskin
o‗zgarishining oldini olishni ta‘minlash uchun, bir quvurning yuqori va quyi
nuqtalari orasida metalning tashqi yuzasi temperaturalar farqining ruxsat etilgan
qiymati belgilanadi, SRT-VI turdagi zmeyeviklar uchun u 60
о
С dan ortiq
bo‗lmasligi lozim.
Dostları ilə paylaş: