248
Nazorat savollari
1.Avtomobil benzinlarini qanday turlari bor?
2.Reaktiv dvigatellari uchun qaysi turdagi yoqilg‗ilar ishlab chiqariladi?
3.Tovar moylari qanday tayyorlanadi?
4.Plastik surkov moylari qanday tayyorlanadi?
5.A-72 benzin qanday tayyorlanadi?
6.A-76 benzin qanday tayyorlanadi?
7.AI-93 benzin qanday tayyorlanadi?
8.AI-98 benzin qanday tayyorlanadi?
9.Aviatsion benzin B-70 qanday olinadi?
10.Dizel yoqilg‗isi fraksion tarkibi nechaga teng?
11.Katalitik krekingdan kanday mahsulotlar olinadi?
12.Krekning sxemasi qanday tuzilgan?
13.Chuqur kreking uchun qanday fraksiya xomashyo xisoblanadi?
14.Termik kreking jarayoniga beriladigan
xomashyo va olinadigan
mahsulot?
15.Termik kreking jarayonida neftning uglevodorodlari qanday o‗zgaradi?
16.Termik kreking jarayonlaridan olinadigan
mahsulotlarning sifatiga
jarayonning bosimi qanday ta‘sir ko‗rsatadi?
17.Xomashyo pechlarga qanday uskuna orqali uzatiladi?
18.Tindirish kolonnadan chiqqan gazlar qanday qurilmalarga beriladi?
19.Kreking qoldiqdan gazoyl bilan aralashtirib
qanday mahsulot
tayyorlash mumkin?
20.AGFU qurilmaning qanday vazifani bajaradi?
249
VI bob. TERMIK-KATALITIK JARAYONLAR VA QURILMALARI
6.1. Katalitik riforming jarayonning asosiy reaksiyalari va katalizatorlari
Riforming jarayonida past benzindan yuqori oktan sonli sifatli benzinning
komponentini olish hisoblanadi. Bu jarayonda asosan
aromatik uglevodorodlar
hosil bo‗ladi, parafin uglevodorodlari izomerlanishga uchraydi. AVT
qurilmalarida neftdan benzin olinadi (16-20 %). Bu benzinlarni oktan soni 45-55
ga teng. Riformingdan so‗ng oktan soni 80-90 (i.m) yoki 90-100 (i.m.)
gacha
ko‗tariladi.
Riforming jarayonining ikkinchi vazifasi-benzin
fraksiyalaridan aromatik
uglevodorodlar (
benzol, toluol, ksilol, etilbenzol
) olish hisoblanadi.
Bu jarayonda tannarxi arzon bo‗lgan vodorod qo‗shimcha mahsulot sifatida
hosil bo‗ladi. Vodorod gidrogenizatsiyalash jarayonlar uchun zarur qo‗shimcha
mahsulot hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: