262
uglevodorodlar izituzilmasining hosil bo‗lishiga olib keladi.
Gaz holatidagi
uglevodorodlar (С
1
-С
4
) chiqishining ko‗payishi reaktorda bosim ortishiga olib
keladi,
bosh
fraksiyalash
kolonnaning
sovutgich-kondensatorlarini,
kompressorlarini va quruq gazni tozalash absorberlarining ish sharoitini
yomonlashtiradi.
Reaktorda haroratning oshishi bilan bi- va politsiklik aromatik
uglevodorodlar yon zanjirlari parchalanishi tezlashadi (dealkillash reaksiyasi).
Bu yuqoriroq zichlikli va kamaytirilgan setan soniga ega bo‗lgan alkanlarga
taqqoslaganda, qisqa yon zanjirli aromatik uglevodorodlar hosil bo‗lishiga
imkon beradi. Ular yengil va og‗ir gazoyllarda (rektifikatsion
kolonna kub
mahsulotida) jamlanadi. Qurilmaning ishi davomida reaktorga harorat shunday
beriladiki, bunda benzinning belgilangan chiqishi va uning oktan sonini
ta‘minlaydi, uning doimiyligi esa reaktorga 650-750°С
haroratda
kelib
tushuvchi qayta tiklangan katalizator sarfi bilan avtomatik rostlab turiladi.
Shunday qilib, reaktordagi harorat jarayonning eng asosiy parametri
hisoblanadi, u berilgan xomashyoda, katalizator
va unumdorlikda belgilangan
oktan sonli benzinni optimal chiqishini belgilaydi. Jarayonning xomashyoda
katalizatorning ko‗pligi, katalizator va xomashyoning harorati 200 - 250°С, suv
bug‗i sarfi va shunga o‗xshash boshqa parametrlari reaktorda talab qilingan
haroratni o‗rnatish mumkin bo‗lgan qiymatda bo‗ladi.
Katalitik kreking jarayoni reaktor – kontur – reaktor va h.k. kontur
bo‗ylab uzluksiz aylanib turuvchi katalizator mavjudligida bajariladi.
Sirkulyatsiyaning massa tezligi (t/soat) shunday bo‗lishi kerakki, katalizator
quyidagi funksiyalarni bajara olsin:
–xomashyoni qizdirish va bug‗latish uchun va uning bug‗larini
reaksiya
haroratigacha qizdirish uchun reaktorga issiqlik berish;
–kreking endotermik reaksiyalarining bajarilishiga sarf bo‗lgan issiqlik
o‗rnini qoplash uchun reaktorga issiqlik berish;
–jarayon kimyoviy reaksiyalarining yuiori tezligini ta‘minlash;
–o‗zining zarrachalari ustida reaktordan koksni olib chiqish.
263
Katalizator sirkulyatsiyasi reaktorga beriladigan katalizator va xomashyo
massasi sarflari nisbatining ko‗pligi bilan tavsiflanadi.
Sanoat sharoitida
katalizator sirkulyatsiyasi massasi ko‗pligi odatda 4-7 ni tashkil qiladi va uning
sarfi kabi maxsus zulfin bilan reaktorda talab qilinadigan haroratga ko‗ra rostlab
turiladi. Reaktorga kelib tushadigan regeneratsiyalangan katalizator harorati
oshirilganida, uning sarfi kamayadi (reaktor barqaror haroratida). Bu ishlatilgan
katalizatorda koks miqdorining oshishiga olib keladi, u esa 1% dan oshmasligi
kerak. Koks miqdori katta bo‗lganida uning katalizator bo‗shliq tuzilmalariga
cho‗kishi sodir bo‗lib uglerodning yonib ketishini
qiyinlashtiradi va buning
natijasida regeneratsiya samaradorligi pasayadi, ya‘ni regeneratsiyalangan
katalizatorda qoldiq koks miqdori ortadi. Ishlatilgan katalizatorda koks
miqdorini kamaytirish uchun regeneratorda harorat kamaytiriladi va reaktorga
kelib tushayotgan regeneratsiyalangan katalizator ko‗taruvchisida
nordon suv
miqdori oshiriladi. Faollik pasayishining oldini olish uchun regeneratsiyalangan
katalizatorda qoldiq koks miqdori 0,02-0,03% dan oshmasligi kerak. ―Ishlatilgan
(kokslangan) katalizatorda koks miqdori‖ atamasi o‗rniga mutaxassislar
ko‗pincha qiymati quyidagi tenglama orqali hisoblanuvchi ―del‘ta koks‖
tushunchasidan foydalanishadi:
Dostları ilə paylaş: