477
moysizlantirishda samaralidir.
Berilgan haroratda qayta ishlanadigan moyning qotishi va past haroratli
parafinsizlashtirish qurilmasi ishini tavsiflovchi qurilmaning xomashyo bo‗yicha
o‗tkazish ko‗rsatgichlariga quyidagilar mansubdir: moyni olish chuqurligi (%
massasi, xomashyodan), fil‘trlash tezligi, gachdagi moyning tarkibi (yoki
petrolatumda). Ishlatish sarfini oldindan aniqlaydigan muhim ko‗rsatgichlardan
biri eritgichning xomashyoga karraligi hisoblanadi.
Zavodlar amaliyotida ikki pog‗onali fil‘trlash qurilmalari keng
qo‗llaniladi, bu yerda ikkinchi pog‗ona gachdagi moyning miqdorini
kamaytirish hamda parafinsizlashtirilgan moylarni chiqishi kuchaytirish uchun
mo‗ljallangan. Ba‘zi bir qurilmalarda uch pog‗onali fil‘trlab ikki maqsadli
mahsulotlar olinadi: parafinsizlashtirilgan rafinat va texnik parafin; qo‗shimcha
mahsulot slop-voks hisoblanadi.
Gachdan parafin-xomashyosi, petrolatumdan-serezin-xomashyosi ishlab
chiqarishda qo‗llaniladigan moysizlashtirish qurilmalarida amalda qayta
kristallashtirish (birinchi pog‗ona) va yuvish usullaridan foydalaniladi (ikkinchi
pog‗ona). Taqdim etilgan parafinsizlashtirish sxemalarida suspenziyani sovutish
ammiak va etan yordamida olib boriladi; ammiakni o‗rniga propan qo‗llaniladi.
Parafinsizlashtirish harorat gradiyentini hisobga olib suspenziyani sovutish
chuqurligi olib boriladi va tovar moyning qotish haroratidan foydalaniladigan
eritgichga bog‗liqligi aniqlanadi.
Parafinsizlashtirish qurilmasi inert gazining yopiq nafas olish tizimi orqali
ta‘minlanadi. Parafinsizlashtirish qurilmasidagi eritgichlar joylashtirilgan
hamma qabul qilgichlar hamda fil‘trlarni gazli fazolari inert gazlari bilan
to‗ldiriladi. Bunday sharoit eritgich bilan havoni aralashmasini portlash xavfini
oldini oladi va eritgichning sarfini kamaytiradi. Inert gaz to‗xtovsiz ta‘sir
etuvchi baraban turidagi vakuum fil‘trlardagi fil‘tr to‗qimalaridagi o‗tirib qolgan
qattiq cho‗kindilarni quritish va shamollatish uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: