Til va madaniyat. Tilshunoslikda lisoniy va nutqiy jihatlarni farqlashga intilish ushbu fan bilan tengqurdir. Tilshunoslikda lison va nutqni izchil farqlab o`rganish avvalo tilshunoslar V. fon Humboldt va F. de Sossyur nomi bilan bogliq. Lison va nutqning farqlanishi, tilga tizim sifatida yondashuv XX asr jahon tilshunosligida inqilobga teng hodisa sifatida baholanadi. Chunki bu hodisa tilshunoslikdagi mavjud qarashlarni tubdan o`zgartirib yubordi. Tilga, xususan, o`zbek tiliga sistema sifatida yondashuvning dastlabki yillarida lison o`rnida til atamasi qo`llanilib, u ko`p ma`nolilik tabiatiga ega bo`lganligi sababli, ayrim chalkashliklarni keltirib chiqarar edi. Chunonchi, insonning nutq so`zlash qobiliyati ham, nutqi ham ushbu atama bilan yuritilar edi. Atamalarga esa bir manolilik xos bo`lib, ko`p ma`nolilik ilmiy aniqlikka putur yetkazadi.
Lison deyilganda ma`lum bir jamiyatning barcha a`zolari uchun avvaldan (oldingi avlodlar tomonidan) tayyor holga keltirib qo`yilgan, hamma uchun umumiy va majburiy, fikrni ifodalash va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladigan birliklar hamda bu birliklarning o`zaro birikish qonuniyatlari yigindisi tushuniladi.
Demak, lisonda birliklar va birikish qonuniyatlari farqlanadi. Har qanday lisoniy birlik psixofizik tabiatli bo`ladi. Shu bilan birga ular ikki tomonning bir butunligidan iborat bo`ladi:
a) lisoniy birlikning shakliy, tashqi tomoni;
b) lisoniy birlikning ma`lum bir vazifasi, ma`noviy qiymati.
Lison va nutq munosabatiga dialektik, dialektika kategoriyalari nuqtai nazaridan yondashilganida, u haqdagi tasavvur va bilimlarimiz to`laqonli bo`ladi.
Lison va nutq munosabatiga dialektikaning umumiylik va yakkalik, mohiyat va hodisa, imkoniyat va voqelik, sabab va oqibat munosabati asosida yondashilsa, masala yanada ravshanlashadi:
BORLIQ
TIL
LISON NUTQ
umumiylik yakkalik
mohiyat xodisa
imkoniyat voqelik
sabab oqibat
Lison bilan nutqning o`zaro munosabatini yaxshi anglamoq uchun, avvalo, lisonning o`zini, uning qanday qurilma ekanligini aniq tasavvur etmoq lozim bo`ladi.
Psixologik tadqiqotlardan ma`lumki, shaxs faoliyatda va muloqotda shakllanadi, o`rgatish/o`rganish obyekti esa nutqiy faoliyat hisoblanadi. Ta`lim jarayonida bir paytning o`zida til va madaniyatni o`zlashtirish kommunikativ metodikaning asosiy metodologik kontsepsiyasidir. Chet tilda nutqiy muloqotning samarali usuli ishtirokchilarning teng huquqli hamkorlar darajasida mashgulot olib borishdir.
Til va madaniyat munosabati murakkab, juda qiyin va ko`p tomonlama muhokama talab qiladigan masala hisoblanadi. Til va madaniyatni tadqiq etish, ehtiyotkorlik bilan yondashishni talab etadi. Ular tadqiqiga e`tiborsizlik, bu ikki turdagi semantik tizimni yagona qolipga tushurib qo`yishi mumkin. Biroq, bu ikki tizimning o`zaro o`xshash, umumiylik tomonlari mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. V. N. Teliya bunday umumiylikni quyidagilarda ko`radi:
1) madaniyat, xuddi til singari, inson dunyoqarashini o`zida aks ettiruvchi ong shaklidir;
2) til va madaniyat o`zaro munosabatda, muloqotda bo`ladi;
3) til va madaniyatning subyekti bu doimo individ yoki ijtimoiy guruh jamoa shaxs yoki jamiyat;
4) me`yoriylik (norma) til va madaniyat uchun umumiy xususiyatdir;
5) tarixiylik til va madaniyatning muxim xususiyatidir;
6) til va madaniyatga dinamika va statika qarama-qarshiligi bir xilda xosdir (Teliya V.N. Russkaya frazeologiya. M.: 1996. 226 s.).
Til va madaniyat o`rtasidagi umumiylik, o`xshashlik qanchalik darajada bo`lmasin, ularni farqlovchi xususiyatlar ham yetarlidir.
Madaniyat ham belgilar tizimidir, ammo ushbu sistema til tizimidan farqli tarzda, o`z-o`zidan tartiblashish, tizimlashish xususiyatiga ega emas.
Til barcha uchun bir xil vazifa bajaruvchi jamoaviy adresatli hodisa bo`lsa, madaniyatda esa ko`proq elitarlik (saralik) namoyon bo`ladi ( Safarov SH. Kognitiv tilshunoslik. Sangzor nashriyoti. 2006.B. 62.).
Bizning fikrimizcha, til va madaniyat o`rtasidagi munosabat aynanlik (izomorflik)dan ko`ra ko`proq hamomorflik, ya`ni strukturaviy o`xshashlikdan iborat deyish to`griroq bo`ladi.
Til va madaniyat o`rtasidagi o`zaro aloqa, munosabat ko`plab olimlarning tadqiqot obyekti bo`lib kelgan (V. Gumboldt, O. Espersen, E. M. Vereshagin, V. G. Kostomarov, T. D. Tomaxin, V. A. Maslova, S. G. Ter–Minasova, V. N. Teliya, D. G. Maltsova). Til va madaniyat haqida gap ketar ekan, avvalo madaniyat va muloqot atamalari xususida fikr yuritishga jazm etdik.
«Madaniyat» atamasi ko`p qirrali va ta`riflash qiyin bo`lgan tushunchalardan biridir. U ifodalaydigan tushunchalar miqdori ko`p.
A. Kreber va K. Klakxonlarning 1952 yildagi ma`lumotlariga ko`ra madaniyat atamasiga berilgan ta`rif uch yuztaga yaqin bo`lsa, bugunga kelib bu raqamlar soni ikki mingdan oshib ketdi.
Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko`rsatadiki, nemischa «Kultur» va ruscha «kultura» atamasi lotincha «culture» so`zidan olingan bo`lib «ishlov berish», «parvarish qilish» ma`nolarida qo`llansa [162: 272], o`zbekcha «madaniyat» atamasi arabcha «madaniy» kalimasidan olingan bo`lib, «shaharlik» degan ma`noni anglatadi (167:372]. Kultura, Kultur va «madaniyat» atamalari bir xil tushunchani, ya`ni ma`naviy hayotda erishilgan yutuq, xalqning qo`lga kiritgan taraqqiyoti ma`nolarini bildiradi.
Madaniyat kishilik jamiyatining ijtimoiy faolligi hosilasi sifatida tarixiy ahamiyatga moyil bo`lib, inson shaxsini shakllanishida katta rol o`ynaydi.
Madaniyat atamasiga izohli lugatlarda shunday ta`rif beriladi:
1. Jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma`naviy hayotida qo`lga kiritgan yutuqlari majmui.
2. Biror bir guruh, xalqning ma`lum davrda qo`lga kiritgan taraqqiyotining darajasi, biror xo`jalik yoki aqliy mehnat sohasi rivojlanganlik darajasi.
3. Jamiyatdagi bilim, mezon, qadriyatlar yigindisi, o`qimishlilik, ta`lim-tarbiya ko`rganlik, ziyolilik, ma`rifatlik yigindisi (167: 336).
Biz tadqiqot davomida ko`proq uchinchi ta’rifga e’tibor qaratdik.
Olimlar madaniyat tushunchasini turlicha talqin qiladalar, bu borada ularning fikrlari, qarashlari xilma-xildir. Ulardan birida, madaniyat- genetik bo`lmay, u har bir xalq tomonidan barpo etilishi va tarixiy jarayonda rivojlanishi, insonlar o`z hayoti va faoliyati jarayonida moddiy va ma`naviy madaniyatlarini aql-zakovatlari bilan yaratishlari aytib o`tiladi (Lixachev D.S.). Ba`zan madaniyatga ta`lim-tarbiya, xulq-odob normasi sifatida qaraladi (Sisoev P.V, Barishnikov N.V, Borelli YU.).
Taniqli sotsiolingvistlar G.Hoydjer, B.A.Vinogradov, I.K.Koval va V.YA.Parxomovskiylar tomonidan til va madaniyat muammolariga oid olib borilgan tadqiqotlarda, madaniyat qamroviga insonni bir muayyan jamiyat a`zosi sifatida, ma’naviy sohada qo`lga kiritgan yutuqlari, urf-odat, san’atni kashf etishdagi bilimlari”ni kiritish mumkin deb hisoblanadi.
V. Panfilov va B. Malinovskiylar madaniyat va til o`rtasidagi bogliqlik, aloqani ma`lum xulq-odob normalarini bilishda”, - deb biladilar.
A. A. Leontev nutq (til)ni ijtimoiy xulq-odob sifatida emas, balki kommunikativ xulq-odob komponenti nuqtai nazardan o`rganilsa to`gri bo`ladi deb hisoblaydi. Psixologning fikricha muloqot jarayonida til nutqning so`z ishtirokisiz ya`ni nutqsiz vositalarning muqobili bilan almashishi mumkin (84.108.).
Biroq, til madaniyatning bir shakli ham elementi ham emas, “til jamoatchilik faoliyati hosilasining bir shakli emas, til tajriba va bilimlar asosida yigilgan fikrni shakllantirish va uzatish vositasidir. Usiz madaniy rivojlanish bo`lmaydi” – degan fikrlar ham mavjud [13:91].
Bu fikrga zid tarzda K. Klakxon, B. Uorf, B. Malikovskiy, A. D. Shveytserlar til madaniyatning bir elementidir” degan goyani ilgari suradilar. Olimlarning fikriga qo`shilgan holda shuni aytish mumkinki, til va madaniyat, tarbiya, o`qimishlilikgina insonni hayvondan ajratib turadi.
Sotsiolingvistlar turli xalqlar o`rtasidagi nutqiy muloqot jarayoniga ta`sir etadigan ijtimoiy omillarni ilmiy tomondan o`rgar ekanlar, til va madaniyat xalqdan ajralmasligini agar, til va madaniyat xalqdan ajralib qolsa yo`qolib ketishi, tanazzulga yuz tutishi mumkinligini e`tirof etadilar [35:120].
Kishining ko`pmadaniyatli jamiyatda o`sishi etnografiyada akkulturatsiya nomi bilan yuritiladi. Akkulturatsiya deganda a madaniyat sohibi b madaniyat elemetlarini o`zida mujassamlashtirish ko`zda tutiladi.
Jadvaldan ko`rinib turibdiki, ikki mamlakatning madaniyatida, ya`ni urf-odat, san`at, tarixida o`ziga xos xususiyatga ega bo`lsa-da, ularda o`xshashlik tomonlari ham mavjudligi ko`zga tashlanadi.