Muammoning organilganlik darajasi. Tillarni qiyosiy-tipologik organishga oid koplab tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, E. D. Polivanov, V. V. Reshetov, J. B. Boronov, M. D. Jusupov, A. Mamatov, U. K. Yusupov, M. I. Umarxojayev, A. A. Abduazizova, M. T. Irisqulov, M. I. Rasulova, R. A. Alimardonov, G. Mahkamova, D. Xoshimova va boshqa olimlarning dissertatsiya izlanishlari shu muammoga bagishlangan. Maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji va oliy oquv yurtlarida tillarni organishning umumiy va dolzarb masalalari M. X. Toxtaxojayeva, V. I. Andriyanova, G. X. Bakiyeva, N. A. Ortiqov, T. K. Sattorov, D. D. Jalolov, S. Saydaliyev, E. Erkayev, S. Misirov, Sh.Ubaydullayev va boshqalar ishlarida organilgan.
Maktab va oliy oquv yurtlarida songgi yillarda rus tili darslarida oziga xos sozlarni orgatish muammosiga S. I. Kazakbayeva (2000), L. Yu. Akramova (2001) va boshqalarning dissertatsiya ishlarini misol qilsak, chet til talimida leksikani orgatish va tarjima mashqlaridan foydalanish masalalari E. Erkayev, D. Xoshimova, G. Maxkamova, S. Misirov, Sh. Ubaydullayev va boshqalar tomonidan nemis va ingliz tilini organish muammolariga oid bir qator dissertatsiya izlanishlari bajarilgan.
Bir madaniyat egasi tomonidan ikkinchi bir madaniyat badiiy asarini oqish va anglashda vujudga keladigan qiyinchiliklar bir qator mashhur lingvist, jamiyatshunos va metodistlarning izlanishlari obyekti bolgan (V. V. Vinogradov, A. A. Leontev, G. Tomaxin, E. M. Vereshagin, V. G. Kostomarov, G. Sh. Abdullayeva, O. Nurmatov, Z. Sodiqov, B. Xolmirzayev va boshqalar).
Tillarni organishning lingvomadaniyatshunoslik aspekti va madaniyatlararo muloqotga doir ilmiy izlanishlar Yu. E. Proxorov (2003), Yu. K. Vorobyov (2003), V. T. Maligin (2004), L. O. Ivanova (2004) larning tadqiqotlariga bagishlangan.
Biroq, hozirgi kunga qadar nemis va ozbek tillari lingvistikasi va metodikasini qiyosiy (kontrastiv) lingvometodologik talqini toliq oz aksini topmagan, yani nemis xalqi hayot tarzi, turmushi, tarixi, madaniyatini tasvirlovchi semantika madaniy komponenti aks etgan mashqlardan foydalanib madaniyatlararo muloqotga orgatish metodikasi yoq, chunki ozbek maktablarida nemis tilini muvaffaqiyatli organish leksikani yaxshi ozlashtirish bilan uzviy bogliqligi isbot talab etmaydigan haqiqatdir.
Mazkur bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi, bizning nuqtai-nazarimizda, ekstralingvistik omillar bilan ham asoslangan.
Yuqorida keltirilgan omillar mazkur izlanish mavzusini tanlash va uning dolzarbligiga sabab boldi.