1-sxema. Muloqot jarayonida madaniyatni tushunish
Маданиятлараро мулоқот
Madaniyatlararo muloqot jarayonida akkulturatsiya sodir bo`lishi:
«Sayyoh»
«Hodim»
«Immigrant»
«Fuqaro»
Bunda madaniyatlararo muloqotga o`rgatishning maqsadi ishtirokchi shaxslarning turli shaxsiy xususiyatlarini shakllantirish:
kognitiv: ularni yaqindan bilmoqchiman
affektiv: ularni yaxshi tushunaman
xulq-odob: o`zimni ulardek tutaman
Endi ularning bilim darajasini va muloqot qila olish qobilyatini aniqlash jadvalini ko`rib chiqamiz:
|
«Sayyoh»
|
«Xodim»
|
«Immigrant»
|
«Fuqaro»
|
Maqsad
|
Kognitiv
|
|
xulq-odob ,
|
Kognitiv,
xulq-odob affektiv
|
Mazmuni
|
Madaniy xususiyat
(kim, nima qachon)
|
Madaniy xususiyat
(kim, nima qachon, qayerda)
|
Madaniy xususiyat
(kim, nima qachon, qayerda, qanday)
|
Madaniy xususiyat
(kim, nima qachon, qayerda, qanday, nima uchun)
|
Talim jarayoni va metodlari
|
Maruza, prezentatsiya
|
Maruza, prezentatsiya, tavsiyalar
|
Rolli o’yinlar, madaniyatlar o’rtasidagi farqlarni qiyoslab o’rgatish treninglari
|
Chet til o’qitish metodikasidagi ilg’or metodlarda foydalanib mashg’ulotlar olib borish
|
Lingvomamlakatshunoslik uchun tilning uchtasi muhim sanaladi. Birinchidan, til muomala vositasi, fikrlarni ifodalash quroli bo`lganligi bois jamiyatda kommunikativ jarayonni boshqaradi [42:11].
Ikkinchidan, til sirlarga boydir. U axborot yetkazish bilan bir vaqtda uni o`zida saqlab qoladi. Tildagi mavjud sirlar bu, insonlarning, millatlarning, xalqlarning siridir. Til tilsimini ochish orqali ko`plab yangi bilimlar egallanadi [137:64].
Uchinchidan, til nafaqat insonning ma`naviy madaniyatini rivojlantirishga, shu bilan birga ishlab chiqarishni yaxshilashga, mehnat faoliyatini o`sishga ham ta`sir etadi. Til insonlarni ijtimoiy munosabatlari bilan ham uzviy bogliqdir. Til muloqot vositasi hisoblanadi. SHu jihatlarini oladigan bo`lsak til ma`naviy madaniyatning asosidagi hodisa ekanligi kuzatiladi. Til madaniy mazmun kasb etuvchi, axborotlarni yiguvchi va o`zida saqlovchi (kumulyativ) vazifani bajaradi [Rayxshteyn A.D. Lingvistika i stranovedcheskiy aspekt v prepodavanii inostrannogo yazika // IYASH, 1982, –№6. –S.14-15]. O`quvchilar tili o`rganilayotgan mamlakatlar madaniyati, san`ati, tarixi, adabiyoti, urf-odati, an`analarinidan xabardor bo`lishi, xalq madaniyati xazinasi sifatida tilning kumulyativ vazifasidan voqif bo`lish imkonini beradi.
Lingvomamlaktshunoslik tillarni qiyoslash imkonini beradi va uning quyidagi xususiyatlari chet til o`qitish uchun muhimdir: (a) o`quvchilarni tili o`rganilayotgan mamlakat(lar)ning turmush tarzi, milliy-madaniyati bilan tanishtirish; (b) tarixiy yodgorliklari, diqqatga sazovar joylari to`grisida ma`lumot berish; (v) tili o`rganilayotgan mamlakat(lar)ning nutq madaniyati, kundalik so`zlashuv nutqi bilan yaqindan tanishish [70;141;173];
CHet til kommunikativ xususiyatga egadir. O`quvchilar o`rganilayotgan xorijiy tilning kommunikativ vazifasini o`zlashtirish jarayonida chet til ko`zgusida o`z ona tilini ko`rish baxtiga muyassar bo`ladilar.
Dostları ilə paylaş: |